CHIMYON

CHIMYON

1446

“CHIMYON” sanatoriyasi Farg’ona shahridan 32 km masofada, Katran-Tau tog’ tizmasi yon bag’rida, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, Oltinsoy daryosi vodiysida joylashgan balneologik kurort.

Shifobaxsh omillardan – minerallashganligi turlicha bo’lgan serovodorodli ma’danli suvlardan vannalar, chayishlar maqsadida va dush usulida, shuningdek sulfat-gidrokarbonat-natriyli, kuchsizmineral suvdan ichish uchun foydalaniladi. Baliqli ko’lining shifobaxsh balchig’I esa applikatsiya va galvano-balchiq usulida beriladi. Davolash uchun ko’rsatmalar: asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-harakata’zolari kasalliklari va ginekologik, urologic kasalliklar.

Yotoq binolari bir va ikki o’rinli shinam xonalardan iborat.

Alohida binoda bolalar ota-onalari bilan birga davolanishlari uchun sharoit yaratilgan.

Sanatoriyada bugungi kunning talablariga javob beradigan davolash-tashxislash xonalari, fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi, uqalash, psixoterapiya, lazeroterapiya, parafin-ozokerit, fitoterapiya va parhez ovqatlanish sog’ligingizni tiklash maqsadlarida qo’llaniladi.

Sizning xizmatingizda oshxona, madaniyat saroyi, kutubxona, raqs va sport maydonchalari, aloqa bo’limi, sartaroshxona ishlab turadi. Ekskursiyalar uyushtiriladi.

Manzil: “Chimyon sanatoriyasi” MCHJ 113808
Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani, Chimyon qishlog’i
Telefon: (8-37335) 235-61 (Farg’ona)

SHARE

Komment qoldirish