ABU ALI IBN SINO

ABU ALI IBN SINO

1565

“ABU ALI IBN SINO” sanatoriysi – qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning Nurobod tumanida joylashgan. Bu sanatoriy asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-xarakat, teri kasalliklariga duchor bo’lgan bemorlarni davolaydi.

Sanatoriyning asosiy xosiyati rodonli suvidir. Termal (37-43o C), tarkibi tabiiy rodonli (20-25 mKiG`p), xlorid-sulfat? Natriyli? Kam ishqorli (pH-8,1) va azot gazli suvidir. Xususiyatiga ko’ra, u mashxur Sxaltuba suviga o’xshash. Sanatoriyning davolash va diagnostika xonalari zamonaviy tibbiyot apparatlari va uskunalari bilan jihozlangan.

Bemorlarni davolashda fizioterapiya, davolash fizkulturasi, massaj, paraffin, balchiq va igna bilan davolash, o’t-giyohlardan damlamalar tayyorlash, ichaklarni yuvish, ingalyatsiya usullaridan foydalaniladi. Sanatoriyda parhezli ovqatlanish yaxshi yo’lga qo’yilgan.

Dam oluvchilar qulay ikki qavatli yotoqxona binosiga bir hamda ikki kishilik xonalarga joylashtiriladi. Yozgi va qishki klub, diskoteka, sport maydonchasi, xhoyxona dam oluvchilar xizmatida.

Sayohat paytida sizga jahonning barcha mamlakatlaridan minglab sayyohlarni jalb etgan qadimiy Samarqandning so’nmas obidalarini ko’rsatishadi.

Manzil: “Abu Ali Ibn Sino sanatoriyasi” MCHJ 104244
Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq qo’rg’oni.
Telefon: (8-3662) 29-47-09 (Samarqand)
(8-36663) 3-18-09 (Nurobod)

SHARE

Komment qoldirish