OLTINSOY

OLTINSOY

982

“OLTINSOY” sanatoriysi Navoiy shahridan 80 km shimoliy-sharqda Oqtog’ yon-bag’rida joylashgan. Hududning balandligi dengiz sathidan 400m yuqorida, havo harorati yil davomida yanvar oyida -13C dan iyul oyida +27.5C gacha, o’rtacha 13.1C ni tashkil etadi.

Bu yerda davolash uchun ishlatiladigan mineral suv 1979 yilda Sirdaryo gidrogeologiya ekspeditsiyasi tomonidan ichimlik suvini izlash vaqtida topilgan.

Oltinsoy sanatoriysida bemorlarni davolash uchun 1p va 2n skvajinalaridan olinbadigan mineral suvlar ishlatiladi.

Terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy tekshirish institute va “GIDROINGEO” GP labaratoriyalarida bajarilgan analiz natijalariga ko’ra mazkur suvlar kam minerallashganazotli yuqori haroratli kremniyli natriy sulfat + xloridli, kuchsiz ishqoriy yumshoq suvlar turkumiga kirib, 2l/s debit bilan chiqadi. Suv tarkibida quyidagi spetsefik komponentlar va mikroelementlar mavjud: radon, ftor, mishyak, selen, mis, rux va boshqalar meyordan kam miqdorda.

Mazkur suvlar yurak-qon tomir sistemasi, asab sistemasi, tayanch-harakat sistemasi, endokrin sistemasi, siydik ayirish sistemasi, ginekologik va teri kasalliklarida vanna ko’rinishida davolashga hamda oshqozon-ichak kasalliklarida davolovchi-oshxona suvi sifatida ishlatishga tavsiya etiladi.

Sanatoriyda bemorlarga malakali shifokorlar ginekolog, kardiolog, terapevt, nevropatolog, stomatolog xizmat ko’rsatishadi. EKG, UTT va klinik-bioximik laboratoriya tekshirishlari bajariladi.

Manzil: “Oltinsoy sanatoriyasi” 

Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Oltinsoy j/x, Chilash qishlog’i

Telefon: (+998 93) 435-42-02, (+998 93) 556-00-75

SHARE

Komment qoldirish