QASHQADARYO SOHILI

QASHQADARYO SOHILI

1139

“QASHQADARYO SOHILI” sanatoriysi Qarshi shahrida, Qashqadaryo vohasidagi so’lim joylardan biri bo’lgan Qashqadaryo daryosining soxilida, dengiz satxidan 600 metr balandlikda joylashgan, iqlimiy balneologik sihatgohdir.

Musaffo havo surunkali buyrak, yurak, qon-tomir, tayanch-harakat a’zolari, asab, ovqat xazm qilish a’zolari va ginekologik kasalliklarni davolashda muhim omildir.

Tashxis qo’yishda zamonaviy kompyuterli ultra tovush tekshiruvi, kompyuterli EKG, endoskopiya, klinik va bioximik laboratoriya, nevropatolog, gastroentrolog, kardiolog, stomatolog, ginekolog, okulist, urolog shifokorlari faoliyat ko’rsatadilar.

Davolashda musaffo havo, quyosh vannalari, shifobaxsh balchiq, ozokerit-parafin, madanlivannalar, dushlar, basseyn, sauna, davolash jismoniy tarbiya, igna-refleksoterapiya, uqalash, psixoterapiya, yuqori va past kuchlanishli toklar, lazeroterapiya, duodenal zondlash va ichaklarni yuvosh, parhez ovqatlanish kabi usullardan foydalaniladi.

1100-1130 metr chuqurlikdan termal kam minerallashgan, tarkibida xlorid-sulfat kaltsiy natriyli organik moddalarga boy suv davolash jarayonida keng qo’llaniladi.

Manzil: “Qashqadaryo soxili sanatoriyasi” 180104
Qarshi shahri, N.Mirzayev ko’chasi, 12-uy
Telefon: (8-37522) 6-17-26 (Qarshi)

SHARE

Komment qoldirish