Shifo.uz Sihatgohlar XONQA

XONQA

XONQA

“XONQA” sanatoriyasi zamonaviy arxitektura yutuqlari asosida bunyod qilingan, Amudaryo qirg’og’iga yaqinjoylashgan balneologik kurort.

Uch qavatdan iborat bo’lgan yotoq, davolash va oshxona majmuasi bir-biriga tutashgan bo’lib, davolanuvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.

Yurak qon-tomir, asab tizimi, ginekologik, tayanch-harakat a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlar uchun shifobaxsh tabiiy omillar mavjud.
Yod, brom va boshqa ko’pgina minerallarga boy madanli suvlar ichish va vannalar berish uchun qo’llaniladi.
Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar, fizioterapiya, lazeroterapiya, davolash jismoniy tarbiya, uqalash, ignarefleksoterapiya va parhez ovqatlanish sizning sog’ligingizni tiklash uchun qo’llaniladi.

Alohida loyiha bo’yicha bunyod qilingan qishki bog’da turli xil subtropik gullar va daraxtlar atrofga anvoyi xidlar taratib, tovlanib turipti. Bunday xolat dam oluvhcilarni o’ziga maftun etadi va kayfiyatni ko’taradi.

Sizning xizmatingizda katta va yorug’ oshxona, kutubxona, sport maydonchasi, pochta. Qadimiy Xiva shahriga sayohatlar uyushtiriladi.

Manzil: “Xonqa sanatoriyasi” MCHJ 220810
Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qirqyop qishlog’i
Telefon: (8-36239) 91-5-86