Bilganingiz foyda

Bilganingiz foyda

6878
1

Agar sochingiz erta oqarayotgan bo’lsa, unga tut, tok va qora anjir barglari aralashmasini yomg’ir suvida qaynatib boshingizni yuving.

Sochingiz nimjonlanib qolgan bulsa, soch ildiziga 1-2 piyola zaytun yog’ini paxta yordamida surtiladi. Yarim soatdan so’ng shampun bilan yuvib tashlanadi.

Qazg’oqni oldini olish uchun ikkita oddiy qoidaga rioya qilish kerak:

Quyosh vannalarini qabul qiling, chunki kam miqdordagi ultrabinafsha nurlari teri uchun juda foydali; Hayotga xushnudlik bilan qarang. Chunki arzimagan narsaga asabiylashish ham qazg’oq ko’payishiga sabab bo’ladi.

Moychechak o’tidan 4 osh qoshiq olib, ustidan 6 piyola suv quyib, 10 daqiqa past olovda qaynatiladi. Bir soat dimlab qo’yilgach, dokadan o’tkaziladi. Sovigach, boshni ushbu damlama bilan ho’llab bosh terisi uqalanadi.

Boshdagi yog’ bezlari faoliyatini yaxshilash uchun bir siqim ko’katni yanchib, sirka va asal qo’shib aralashtiring. Aralashmani boshga surtib bir soatdan keyin yuvib tashlasangiz qazg’oqlar keskin kamayadi.

Burishib qolgan olmalarni asl holiga qaytarish uchun bir necha soatga sovuq suvga solib qo’ying.

Somsa, piroglarni sopol idishga solib, ustidan salfetka yopgan holda saqlasangiz uzoq muddat yumshoqligini yo’qotmaydi.

Suniy charmdan tikilgan kiyimlarni benzin yoki spirt bilan artib bo’lmaydi, ularni faqat sovunli suv bilan artish lozim.

Manba: "Begoyim" gazetasi

13 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: