Kartoshka va sabzavotlarni saqlash rejimlari

Kartoshka va sabzavotlarni saqlash rejimlari

7886
0

Kartoshka. Periderma to‘qimasi hosil qilish uchun harorat 7°C dan past bo‘lmasligi va havo deyarli sernam bo‘lishi lozim. Kartoshka o‘z muddatida yig‘ishtirilishi va dastlab ikki-uch hafta davomida saqlashda havo harorati 10°C - 18°C va nisbiy namiik 90—95 foiz, shuningdek, yaxshi shamollatib turilganda, yangi periderma to‘qimasi tez hosil bo‘ladi.
Dastlabki kunlarda mahsulotni 12(tC -18°C da tutib, shamollatib turish lozim. Kartoshka saqlashdagi davolanish - bitish davri 10-18 kun davom etadi. So‘ngra omborxonaning harorati pasaytirilib, bir kecha-kunduzda asta-sekin 0,5°C- 1°C dan sovitishga erishiladi.
Yetilgan va po‘sti qotmagan, yig‘ishtirish vaqtida biroz shikastlangan kartoshka tuganaklari uchun davolanish unchalik cho‘zilmaydi. Ammo hosil namgarchilik sharoitida kavlangan bo‘lsa, uni loyli tuproqdan tozalash va ozroq quritish kerak. Yaxshi yetilgan, po‘stit qotmagan va uringan tuganaklarning davolash davri bir muncha cho‘ziladi. Davolash davridan so‘ng harorat kartoshka naviga qarab taxminan 2°C-4°C gacha pasaytirilsa, tuganaklarda modda almashinishi keskin susayadi.
Tashqi harorat 40°C -42°C gacha va undan yuqori ko‘tariladigan bahor va yozda sun’iy sovitiladigan omborlarda muqobil saqlash sharoiti yaratilib, kerakli haroratni yuzaga keltirish mumkin.
Harorat va nisbiy namlik kuniga ikki marta shamollatish oldidan yoki tamomlagandan keyin 30-40 daqiqa o‘tgach o‘lchanadi. Uyumlardagi harorat qayd qilib boriladi. Omborda havoning nisbiy namligi 85-95 foiz va harorat 2°C - 3°C atrofida bo‘lishi kerak.
Piyoz va sarimsoq. Havo namligini past bo‘lishi - nafaqat piyoz va sarimsoq saqlashning zarur sharti bo‘libgina qolmay, balki uning yetilishini tezlashtirishi tinim holatiga o‘tkazish mumkin bo‘ladigan muhim vosita hamdir. Saqlashdan oldin hosilni yoyib,quritib olish, uning saqlanish muddatini uzaytirishi qadimdan ma’lum. Saqlash vaqtida past, sovuq haroratga bardosh bera olishi piyoz boshlarining muhim xususiyatidir.
Piyoz muzlab qolganda ham xaridorgirlik va hatto ko‘karish xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Lekin muzlagan piyoz asli holiga asta-sekin borishi kerak. Piyoz bardosh beradigan past haroratning chegarasi - 4°C dir. Shuning uchun uni 3°C dan past bo‘lmagan haroratda saqlash kerak. Saqlash vaqtida piyoz muzlab qolsa, keyinchalik o‘z holiga qaytadi, deyishadi. Muzlash darajasi — 3°C dan oshmagan holda piyoz qavatidagi muzlagan to‘qima devorlari zararlanmaydi va o‘z holiga keladi.
Sovitgichlarda saqlanayotgan piyozning haroratini asta-sekin ko‘tarish va ilitishga alohida e’tibor berish lozim. Savdoga mo‘ljallangan mahsulotning harorati sekinlik bilan har kuni 3°C -5°C oshirilib, tashqi muhit haroratiga moslashguncha kutib turiladi. Harorat birdaniga o‘zgartirilsa, ya’ni sovitgich kamerasidan issiq havo o‘tkazilsa, piyoz dastlabki holatiga qaytmasligi va to‘qimalar shaklini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Bundan tashqari sovuq piyoz issiq joyda tez terlaydi, bu esa uni mikrobiologik aynishiga yo‘l ochishi mumkin. Saqlash muddatini mumkin qadar uzoqroq bo‘lishini ta’minlash lozim. Oziq-ovqat maqsadida ishlatiladigan piyozni ikki xil haroratda 18°C -22°C va sovuq 1°C - 3°C da saqlanadi. Piyoz saqlashda havoning namlik darajasi 70 —80 foiz bo‘lishi kerak. Iliq sharoitda bunga oson erishiladi. Ammo sovitib saqlashda havoning namligi ko‘tarilib ketadi. Shunday paytda piyozning terlashiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yetilgan sog‘lom piyoz va sarimsoq 90— 95 foizli havo namligida ham saqlanadi.
Piyozning holatini muntazam nazorat qilib turish kerak. Uning aynishi va o‘sishi kuzatilsa, harorat - 3°C ga pasaytirilib, darhol ombordagi havoning nisbiy namligini tushirish zarur. Sarimsoq ikki usulda, ya’ni sovuq sharoitda va iliq omborlarda saqlanadi. Sovuq sharoitda saqlanganda harorat 1°C - 3°C, havoning nisbiy namligi 70-80 foiz, iliq sharoitda saqlanganda 18°C - 20°C, nisbiy namlik 70 foiz bo‘lishi kerak. Saqlashning chuqur tinim davrida nuqtasidagi kurtaklarning tabaqalanishi keskin susayib, o‘smaydi.
Biroq ishlab chiqarish sharoitlarida sarimsoqni sovitilgan va ilitilgan usullarda saqlash imkoni hamma vaqt ham mavjud bo‘lavermaydi. Shu sababli mahalliy aholi sarimsoq saqlashning juda qulay usulidan foydalanadi.
Karam. Oziq-ovqatga ishlatiladigan karamni saqlash uchun harorat 1°C - 0°C va havoning nisbiy namligi 90 -98 foiz bo‘lishi qulay sharoit hisoblanadi. Karam saqlashda havoning nisbiy namligi juda yuqori bo‘lmasligi kerak. Taxtlardagi karamlar orasining namligi 97 -98 foizga yaqinlashadi, ombor havosining tarkibida esa 93 -96 foiz bo‘ladi. Shunday namlikda karam boshlari yaxshi saqlanib, vaznini ko‘p yo‘qotmaydi.
Sabzi. Oziq-ovqatga mo‘ljallangan sabzi 0°C haroratda yaxshi saqlanadi. Shunda havoning nisbiy namligi 90-95 foiz bo‘lishi kerak. Harorat 1°C dan pasaytirilsa, ildiz meva to‘qimalari zararlanadi va ijobiy darajadan chiqqandan keyin kasallanadi. Agar harorat 2°C dan ko‘tarilsa, sabzi ko‘kara boshlagani bilan kasallanadi. Ombor havosi tarkibidagi CO2 ning konsentratsiyasini (3 -5 foizdan) oshirish ijobiy ta’sir etadi. Shunday muhitda mikroorganizmlarning rivojlanishi to‘xtaydi, nafas olish va boshqa modda almashinishi jarayonlari susayadi. Natijada, majburiy tinim davri muddati cho‘ziladi va sabzi o‘sib ketmaydi.
Biroq CO2 konsentratsiyasi haddan tashqari oshib ketsa, mahsulotning nafas olishi izdan chiqadi. Urug‘lik sabzini saqlash rejimi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash rejasidan keskin farq qiladi. Urug‘lik uchun haroratni 0 -1°C dan pasaytirmaslik kerak. Harorat 0° ga yaqinlashganida sabzidagi kurtaklarning tabaqalanishi to‘xtashi yoki butunlay nobud bo‘lishi mumkin, chunki ular ildiz mevaning yuzasida joylashib, himoyalanmagan bo‘ladi. Urug‘lik sabzi nav xususiyatiga qarab, mo‘tadil harorat 0,5°C - 1,5°C va havoning nisbiy namligi 95 foizga yaqin bo‘lganda yaxshi saqlanadi.

Manba: Oziq-ovqat.uz

4 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: