Televizor ko’rish qoidalari

Televizor ko’rish qoidalari

6409
1

Bizga ma’lumki: “Ko’z harakatlangandagina ko’rish vazifasini bajaradi”. Agar ko’zlar harakatlanmasa siz na film, na teleko’rsatuvlarni ko’ra olasiz. Shunday qilib, agar qoidalarga amal qilsangiz bu ko’z uchun foydali, xatto ko’rish qobilyatini yaxshilashi ham mumkin.

Xakslining “Ko’rish san’ati” kitobida bir qator foydali maslahatlar keltirib o’tilgan. Ya’ni, yozuvchi ta’kidlaydiki, tomoshabin va televizor o’rtasidagi masofa o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. To’g’ri o’tirish, boshni holati, umurtqa pog’ona bilan tik tutish lozim. Ko’p odamlar TV ning uzoqlik masofasiga ahamiyat berishmaydi. Ular ko’proq, xonaning kattaligi, mebellarning joylashuviga e’tibor beradilar xalos. Agar kreslo ancha uzoqda joylashgan bo'lsa ovozini balandroq qilib ko’rishda davom etadilar. TV va tomoshabin o’rtasidagi optimal joylashuv 3 metrni tashkil etadi. Odamlarning bu salbiy odatlari o’nlab daqiqadan soatlargacha cho’ziladi. Bu ham kamdek, farzandlariga TV tagiga o’tirib ko’rish uchun noto’g’ri burchak bilan  tomosha qilishga ruxsat beradilar. Bu uzoq vaqt davom etishi mumkin. Yodda tuting hamma kasalliklarga befarqlik sababdir.

Ba’zida ota-onalar farzandlariga bir vaqtning o’zida ham dars qilib ham TV ko’rishga ruxsat beradilar. Bir vaqtda o’quv vazifalarni bajarib, TV ko’rish bu ko’z uchun eng og’ir zo’riqish hisoblanadi va ko’rish qobilyatiga zarar yetkazishi mumkin.

Filmlar va teleko’rsatuvlarni ko’rish qoidalari:

  • TV ekranidan keraklikcha masofada o’tiring, masofa sizning ko’rish darajangizga bog’liq(normal sog’lom ko’z uchun 3 metr)
  • Boshingizni hadeb qimirlatmasdan ekranga qarang.
  • Ko’proq ko’zlaringizni ochib-yuming va chuqur-chuqur nafas oling. Ko’pchilik “Asiriga aylantiruvchi” filmlar ko’rishganida nafasni ushlab turish tendensiyasi mavjud. Bu noto’g’ri.
  • Ko’zingiz hech qachon bitta nuqtaga qaramasan, ekran bo’ylab “sayohat” qilsin.
  • Harakat sekinlaganda, tanafus paytida yoki seriyalar o’rtasida ko’zlarni yumib, ko’z mushaklari va miya tolalarini dam oldiring.
  • Ekranga to’g’ri o’tiring, hech qachon yon tomonga o’tirmang.
  • Ko’rish qobilyatini yaxshilamoqchi bo’lganlar uchun, kinoteatr va TV eng yaxshi yordamchi bo’lishi ham mumkin, albatta qoidalarga rioya qilsangiz.
  • + ko’rish qobilyatiga ega insonlar: ko’zoynakni yeching va ko’zlaringizni kaftingiz bilan berkiting. Ko’zoynakni yechib tezda qarash ko’z uchun judayam xatarli. Keling ko’zlaringizga tanafus bering. Kerakli masofada ekran qarshisida o’tiring. Hech qachon o’ta aniq ko’rishga harakat qilmang, shunchaki to’liq ekran ko’rinsin, chuqur nafas oling va tezda ko’rishingiz ravshanlashadi. Shunisi ma’lum bo’ldiki, yuqoridagi qoidalarga amal qilgan +ko’rish qobilyatiga ega odamlar, avvallari kinoteatrlarda 1qatorda o’tirgan bo’lsalar, ma’lum vaqtdan so’ng ular balkondan ham ko’ra oladigan bo’lganlar.

Manba: http://seeactive.by

0 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: