Kichkintoyni koyimang...

Kichkintoyni koyimang...

6351
0

Ko‘pincha ayollar farzandlarining, nihoyat betartiblik qilmay qo‘yishlariga ishonchlari komil ravishda, bolalarini odobga o‘rgatish uchun qichqirish, ta’qiqlash, hattoki kaltaklashni afzal deb biladilar. Ammo, aslida esa, bu kabi usullar bilan ijobiy natijaga erishib bo‘lmaydi.

Yodingizda bo‘lsin, aslo farzandingizni haqoratlamang va buning ustiga uni kaltaklamang. Birinchidan, bunda paydo bo‘ladigan qo‘rquv, ko‘plab ruhshunoslarning fikricha, bolada o‘rab turgan dunyoga nisbatan shafqatsiz munosabat shakllanishiga, hamma narsaga kuch bilan erishish mumkinligi haqida tasavvur paydo bo‘lishiga olib keladi, shuningdek bolaning ko‘zi o‘ngida ota-onaning e’tiborli obro‘si ham butkul tushib ketadi. Ammo bolaning injiqliklariga erk berib qo‘yish ham kerak emas, chunki bu uning o‘zi istagan narsaga har doim aynan shu usul bilan erishishga o‘rganib qolishi mumkin.

Shu sababli, birinchi navbatda, injiqliklarning sababini aniqlang, agar bola nohaq bo‘lsa, unda qo‘rquv hissini uyg‘otmasdan faqatgina mulzam qiling, xotirjamlik bilan tanbeh berishga harakat qiling.

Injiqlikning haqiqiy sababini bilmasdan turib, biror-bir chora ko‘rishga shoshilmang.

Agar bolakay quloq solishni umuman hohlamasa, jazavaga tushib qolib, oyoq-qo‘llari bilan er tepina boshlasa, uni koyish va tanbehlarsiz tinchlantirishning bitta yaxshi usulini taklif qilaman: indamaslikka va boshqa xonaga chiqib ketishga harakat qiling. Ishoning – bu bola uchun juda qattiq jazo. Tez orada dovdirab qolgan bolakay oldingizga chopib keladi va, shubhasiz, qandaydir savollarni bera boshlaydi. Unga toki o‘zi xatosini anglab etmaguncha va uni tuzatmagunicha e’tibor qilmaslikka harakat qiling. Buni esa u albatta qiladi, chunki bolalar ular bilan yana gaplasha boshlashlari uchun hamma narsaga tayyor bo‘lishadi.

«Qanday qilib uni koyib bo‘lmaydi, axir unga bir narsa yuz marta aytilsa ham, u baribir quloq solmaydi!»- deb xitob qilarsiz?

Bu muammoga boshqa tomondan yondashishga harakat qiling. Birinchidan, bolalarga biror narsa qilishni asossiz taqiqlash kerakmas, chunki go‘daklik chog‘larida ularning dunyoni anglash istagi juda ulkan bo‘ladi. Agar siz, masalan, «barmog‘ingni rozetkaga tiqma» deb aytsangiz, bolakayda shu zahotiyoq kuchli qiziquvchanlik uyg‘onadi. U albatta bu erda qanday qiziq narsa borligini bilishni istab qoladi.

Ammo bolalarni ortiqcha qo‘rqitish ham kerak emas – fobiya rivojlanishi mumkin.

Binobarin Siz bolakayga elektr nima ekanligi va uning qanchalar xavfliligini tushuntira olmas ekansiz, bu vaziyatlarda boshqa usullarni tanlashga to‘g‘ri keladi. Bolakayni chalg‘itish hayoti va sog‘lig‘iga xavf solgan taqdirda esa xavfli narsalarga bora olishiga shunchaki imkon bermaslik kerak xolos.

Ta’sir qilishning yana bir usuli – bu bolakayda rahmdillikni uyg‘otishdir: «Iltimos, konfet qog‘ozini erdan olgin, bo‘lmasa men xafa bo‘laman va yig‘layman». Juda bo‘lmasa, uning ustidan kulish yoki bunday deyish kerak: «Agar sen tirnoqlaringni tishlayversang, hamma ustingdan kuladigan bo‘ladi». Shubhasiz, bolakay o‘ylanib qoladi va, eng muhimi, xatosini tuzatadi.

Hamma onalar o‘z bolalarining baxtiyor bo‘lishlarini istaydilar, ko‘plari o‘z bolalarini erkalaydilar, kimlardir esa ular bilan doim qo‘l ushlashib yuradi. Ammo ota-onalarning bu muomalasi bolakayga yaxshi ta’sir etishi mumkinmi? Chunki bolakayni go‘dakligidan o‘yinchoqlar va shirinliklar bilan ko‘mib tashlash kelgusida xudbinlik va kibrga moyillikka olib kelishi mumkin, doimiy nazorat esa uni mustaqillik va o‘ziga ishonchdan mahrum qiladi.

Dilnoza TOG‘AEVA,
vrach-pediatr

Manba: Fikr.uz

8 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: