Bolalar uchun kaloriyali mahsulotlar

Bolalar uchun kaloriyali mahsulotlar

6607
2

Bolalarning ovqatlanishi ham muhim jarayon bo‘lib, ularning har tomonlama yaxshi o‘sishi, aqliy salohiyati rivojida asosiy o‘rin tutadi. Bu barcha ota-onalar birdek bilishlari zarur bo‘lgan jihatdir. Ularning farzandlari kundalik ovqatlanish taomnomasidan joy olgan mahsulotlar sifati va kaloriyasiga e’tiborli bo‘lishlari ham diqqatga sazovordir. Quyida bolalar taomnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar haqida tavsiya berib o‘tamiz.

Tvorog — bola ovqatida qimmatli mahsulot hi­soblanadi. U oqsilga boy bo‘lib, muvozanat ho­lat­dagi alishtirib bo‘lmaydigan aminokislota­lari ko‘p. Tvorogda ayniqsa, metionin mo‘l, u o‘sayotgan organizm uchun juda foydali. Uning oqsili sutnikiga nisbatan oson hazm bo‘ladi. Tvorogda shuningdek, kaltsiy, kaliy va fosfor miqdori ko‘p. 

Go‘sht — shubhasiz, to‘la qimmatli oqsilli mahsulotlar qatoriga kiradi. Go‘sht oqsillari bola organizmi uchun zarur aminokislotalar saqlaydi. Bu mahsulot fosfor, kaliy, natriy, magniy, kaltsiy tuzlariga boy. Bola ovqatida go‘sht konservalaridan foydalanish mumkin. Ayniqsa, ular ovqati uchun tayyorlanadigan maxsus go‘sht konservalari alohida qimmatga ega bo‘ladi.

Qand va qandolatchilik mahsulotlari — ko‘p quvvat beradigan va ta’m xossalari yuqori bo‘lgan qand — uglevod yaxshi hazm bo‘ladi. Qandni ko‘pgina ovqatlarga qo‘shish ularning singish xususiyatini oshiradi va ta’mini yaxshilaydi. Biroq ortiqcha qand miqdori bola organizmi uchun zarar, chunki ishtahani pasaytiradi.

Asal — juda qimmatli oziq modda, chunki unda engil hazm bo‘ladigan uglevodlar, vitaminlar, turli-tuman tuzlar bo‘ladi. Lekin hamma bolalar uni yaxshi ko‘tara olmaydilar, bu mahsulotni tayinlashda shuni hisobga olgan yaxshi.

Unutmang, farzandingizning jismonan va ma’nan etuk o‘sishi uning har kunlik iste’mol qiladigan mahsulotlariga ham bog‘liqdir. Bunda sizga yuqoridagi tavsiyalar asqotishi aniq.

Manba: "Do'stlik bayrogi" gazetasi

14 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti:

    Bildirilgan fikrlar

  1. Mani chap tomonim eng sungi qaburg'amni osti og'riyapti bu joyda nima bulishi mumkun baliq istimol qilgandim

    ...