Ovqatlanishdagi xatolar... xastalik sababchilari

Ovqatlanishdagi xatolar... xastalik sababchilari

6455
0

Noto‘g‘ri, pala-partish ovqatlanish yo‘g‘on ichak faoliyatini buzadi.
Yo‘g‘on ichakning har bir nuqtasi inson organizmidagi u yoki bu a’zo bilan bog‘liq bo‘lganligi bois badanda kasallik paydo qiladi.
Xo‘sh, ovqatlanishda biz yo‘l qo‘yayotgan jiddiy xatolar nimalardan iborat?
1. Tarkibida oqsil ko‘p bo‘lgan ovqatlarni doim iste’mol qilish natijasida ichakda oqsilning chirishi va qon buzilishi kelib chiqadi.
2.  Sababsiz uzoqqaynatilgan taomlarni iste’mol qilish. Bunday taomlarda darmondori va ma’danli tuzlar butkul yo‘qolib ketadi.
3.  Oq non, bulochka, pirojniy va umuman,  shirinliklarni me’yoridan ortiq  iste’mol qilish  uglevodlarning oshqozonda bijg‘ishini keltirib chiqaradi.
4.   Uzoq yillar davomida, ayniqsa, qish faslida xom sabzavotlar, ko‘katlar va meva iste’mol qilmaslik tanani kuchsizlantiradi.
5. Kam harakat qilish yoki o‘tirib ishlash oshqozon va yo‘g‘on ichak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qabziyatni keltirib chiqaradi hamda tananing asta-sekinlik bilan zaharlanishiga olib keladi.
6. Juda ko‘p go‘shtli ovqatlar, achchiq souslar, spirtli ichimliklar iste’mol qilish jigar va buyrakni ishdan chiqaradi, inson umrini 15-20 yilga qisqartiradi.
7. Har kungi ovqatlanishda suyuqlikni (ayniqsa, choyni) ziyoda ichish modda almashinuvini buzib, kasallik chaqiradi.
Ko‘pchilik nonushtaga shirguruch singari engil taom iste’mol qilish o‘rniga kechadan qolgan ovqatni isitib, iste’mol qiladi. Ustidan to‘rt-besh piyola issiq choy ichib, go‘yoki sifatli ovqatlangan  bo‘ladi. Ammo oshqozon shilliq pardasiga yopishgan xilt ustiga «etib kelgan» kechagi ovqat sifatsiz va keraksiz bir ashyoga aylanadi.
Kechqurun «baquvvat» ovqatlanamiz. Qorin to‘ygach, yana ketma-ket choy ichamiz. Shishgan qorinni uqalab, televizor oldida uxlab qolamiz. Bechora oshqozon kechasi bilan «ishlab chiqadi».
Ana shu tariqa ichki a’zolarimiz zaiflashib, turli dardlarga yo‘liqqanini ham sezmaymiz. Shuni unutmangki, to‘g‘ri ovqatlanish salomatligimizning chinakam posbonidir.  
 
Manba: Shifo-info.uz

6 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: