Go'zallik haqida...

Go'zallik haqida...

7710
14

Sog‘lig‘imizda muammo paydo bo‘lganligiga shubha qilsak, tezda shifokor huzuriga oshiqamiz. Organizmimizda sodir bo‘layotgan noxushliklarga qanday xastaliklar sabab bo‘layotganligiga qiziqamiz. Ammo oyna oldida turib ham ilk tashxisni qo‘yish mumkin. Qanday deysizmi? Unda quyidagi ma’lumotlarga diqqat qiling.
Bizning ekspert — shifokor-terapevt  Santalat MAHMUDOVA

 


SOChLARGA  ERTA  OQ TUShSA...
Ko‘zgu oldiga keling. Soch-laringizga diqqat bilan e’tibor qarating. Yoshingiz endigina 30dan oshgan bo‘lsa-da, sochlaringizning yarmidan ko‘pi oqarib ketgan. Bilingki, bu nafaqat stressli holatlar «tuhfasi», balki qandli diabet xastaligining alomati ham bo‘lishi mumkin.
Sochlarning erta to‘kilishi esa ovqat hazm qilishdagi muammolar, gormonal o‘zgarishlar, kalьtsiy etishmovchiligi va ginekologik xastaliklar oqibatida yuzaga keladi.
Soch oqarishini odatiy deb baholash kasalliklarning zo‘rayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 
KO‘ZLAR  NE  DARDDAN SO‘ZLAR?
So‘nggi paytlarda ko‘zguga qaraganingizda ko‘zlaringiz oqining sarg‘ish tus olayotganligini sez-yapsizmi? Bu holni shunchaki charchashdan deb, ahamiyatsiz qoldirmang. Chunki aynan mana shu belgi orqali organizmingiz jigar va o‘t pufagida muammolar paydo bo‘lganligidan xabar berayotgan bo‘lishi mumkin.
Sovuqda ko‘zlarning haddan ortiq yoshlanishi organizmda kalьtsiy moddasining etishmasligidan dalolat beradi. Shu bilan birga bu holat taloqda ayrim muammolarning yuzaga kelganligidan ham xabar bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, muammoning asl sababini zudlik bilan aniqlash lozim.  


TERI  RANGGI  O‘ZGARSA...
Negadir so‘nggi vaqtlarda teringizning rangi xiralashib, sarg‘ish tus olib borayotganligini sezyapsiz. Biroq bu oddiygina vitaminlar etishmasligi oqibati deb, unga ko‘p ham e’tibor qaratmayapsiz. Bu e’tiborsizligingizni oqlab bo‘lmaydi. Chunki terining sarg‘ish tus olishi va xiralashishi jigar va o‘t yo‘llari kasalliklaridan nishonadir. Biroq haddan tashqari ko‘p xom sabzi eganda ham terining ranggi sarg‘ayishi mumkin. Lekin  bunda ko‘z ichining oqi o‘z ranggini o‘zgartirmaydi. Agar kasallik tufayli rangingiz o‘zgargan bo‘lsa, teri bilan bir qatorda ko‘z oqida ham o‘zgarishi kuzatiladi.
Ko‘zgu qarshisida turib, ko‘zlaringiz oqi va teringizning rangini taqqoslang. Agar faqatgina teri rangi sarg‘aygan bo‘lsa, salomatligingiz haqida jiddiy bosh qotirishingiz kerak. 


QOShLAR TO‘KILSA...
So‘nggi paytlarda qovoqlaringizning ostida mayda-mayda tuklarning to‘kilib qolayotganligini ko‘ryapsiz. Qoshlaringiz tobora siyraklashib, shakli o‘zgarib bormoqda. Bu holga e’tiborsiz bo‘lmang. Chunki qoshlarning to‘kila boshlashi qalqonsimon bez xastaliklarining ilk alomati hisoblanadi.
YuZDAGI  DOG‘LAR  JIGARNI «BOG‘»LAR
Yuz terisidagi dog‘lar oshqozon ichak, jigar, sil kasalliklarining alomati bo‘lishi mumkin. Aynan shu xastaliklarda yuzlarda dog‘lar keskin ko‘payishi kuzatiladi.


LABLAR  RANGGI O‘ZGARSA...
Lablarning ko‘kimtir tusga kirishi revmatizm, binafsharang tus olishi esa surunkali temir tan-qisligi (kamqonlik) xastaliklarining alomati hisoblanadi. Lablarning ikki yoni yorilib, bichilsa, demak, organizmda V vitamini yoki ruh moddasi etarli emas. Shunday ekan, ko‘zguga qarab, lablarga bo‘yoq surtishdan avval ularning rangi o‘zgarmaganligiga ham ahamiyat berish yodingizdan ko‘tarilmasin.


KAFTLAR  QIZG‘ISh  TUS OLSA...
Ba’zan qo‘l kaftlarining qizg‘ish tus olganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Buni oddiy hol deb baholamang. Aynan shu belgi jigar xastaligining darakchisi bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, salomatligingizga bee’tibor bo‘lmang.


OYoQLAR  MUZLASA...       Ayrim hollarda oyoqlar issiq uyda ham muzlab turadi. Bu tomirlar bilan bog‘liq kasalliklarning ilk alomati ekanligini ko‘pchilik bilmaydi. Bu esa kichik muammoning kattalashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

NOMSIZ  BARMOQ YaLLIG‘LANIShDAN DARAK  BERADI         Agar ko‘rsatkich barmog‘ingiz nomsiz barmog‘ingizdan kalta bo‘lsa, siz tizza bo‘g‘imlari yallig‘lanishi xastaligiga moyil kishilardan hisoblanasiz. Shunday ekan, o‘zingizni bunday kasalliklar iskanjasidan doim himoyalab yurmog‘ingiz lozim.


AJINLAR...
Yoshingiz 30 dan endigina o‘tdi. To‘g‘ri, bu davrda yuzingizda mayda chiziqlar paydo bo‘lishi, tabiiy. Biroq quloq solinchaklaringizda ham ajinlar paydo bo‘lsa, organizmingizda yurak qon-tomir xastaliklarining rivojlanayotganidan darak berayotgan bo‘lishi mumkin.
Agar yuqoridagi belgilarning birortasini sezsangiz, tezda shifokorga murojaat qiling. Zero kasallikni davolagandan ko‘ra, uning boshlanishini to‘xtatish osonroq.
 
 Sevara TOShMUQIMOVA  Shifo-info.uz

84 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti:

    Bildirilgan fikrlar

  1. Yuzdagi dog'larni ham soch t6kiliwini bodom yog' davoliydi

    ...
  2. yigit qizlar sochizda oq bormi mandayam boridi xozir esa qolmadi agarda maslaxat kere bo'lsa tel qilinglar +998916869667

    ...
  3. 1 oy oldin uchiq chiqudi qaytib ketar db öylagandim qaytmayabdi uchiqni qanaqilib yöqotsa buladi.

    ...
  4. Yoshim 18da yuzimda xol paydo bolayapti nima qilsam boladi?

    ...
  5. Iltimos kechagi savollarimga javobingizni kutib qolaman..

    ...
  6. Yuzdagi doglarni yani burun atrofidagi doglarni qanday qilib ketkazishim kk iltimos maslahat berin..

    ...
  7. Salaom madina mandayam psariaz chiqqan qimagan narsam bormagan doktorim qomagan kegin bir wifo topdim DERMAVAYT dagan maz yahwi qildi 3 yil psariaz bilan kurawtim hozir hudoga wukur yahwiman sizgayam tavsiya qilaman

    ...
  8. Sahifa juda yaxshi tashkil qilingan yana doglar haqida chuqurroq yozinglae iltimios

    ...