Suzishning xosiyati

Suzishning xosiyati

6634
0

XXI asrda butun dunyoda cho’milish va suzish insonlarning eng sevimli mashg’ulotlardan biriga aylandi, suv va suv mashqlari organizmni chiniqtiradi va sog’lomlashtiradi. Cho’milish va suzish davrida mushak to’qimalarida va nerv oxirlarida sodir bo’ladigan mexanik qo’zg’alishlar organizmga massajdek ta’sir qiladi.

Suzish yurak qon-tomir tizimida muskullarni rivojlantiradi va moddalar almashinuvini jadallashtiradi. Suzishning ayniqsa nafas olish tizimiga ta’siri beqiyosdir. Odatda suvda suzayotganda beixtiyor nafas olishga zo’r keladi. Agar suzayotgan kishi havoni o’pkaga tez olib uzoq-uzoq chiqarsa, o’pkaning hayotiy sig’imi oshadi. Bu esa har xil o’pka kasalliklari kelib chiqishining oldini oladi.

Bundan tashqari, suvdagi mashqlar qomatni raso va adl rivojlanishida, ayniqsa umrtqa pog’onasini qiyshayib qolishining(skolioz) oldini olishda katta ahamiyatga ega. Shu sababli suzish umrtqa pog’onasi kasalliklarini davolashda, oldini olishda keng tavsiya qilinadi.

Mutaxassislarning uzoq yillar kuzatishlari shuni ko’rsatdiki, suzish bilan muntazam shug’ullangan kishilarda (antropometrik olib borilganda) bo’y o’sishi, suzish bilan shug’ullanmagan kishilarga nisbatan juda baland bo’lgan. Harakat testlari natijalari ham suzish bilan shug’ullangan guruhlarda jismoniy baquvvatlik va ish faoliyatini yuqoriligi kuzatilgan. Bu ma’lumotlar ham suzish mashqlarini yanada keng ommalashtirishni taqozo etadi.

Suzishni o’rganish hech vaqt kech bo’lmaydi. Bolalarga suzishni o’rgatish 5-6 yoshdan boshlab tavsiya etiladi. Shunda bola sog’lom va baquvvat bo’lib o’sadi. Suzishni tajribali mutaxassislar nazoratida o’rganish kerak, ayniqsa suvning ma’lum haroratiga, berilayotgan mashqlarning me’yoriga, organizmning o’ziga xos reaksiyasiga, ayniqsa shug’ullanuvchining shu davrdagi salomatlik holatiga, kuz-qish mavsumlarida surunkali kasalliklarga (ichki va tashqi quloqning surunkali yallig’lanishlari, pielonefritlar, gaymorit va hokazolarga) e’tibor berish kerak.

Suz bilan yil – o’n ikki oy shug’ullanish mumkin. Kunlar isishi bilan ochiq havzalarda suvning harorati 17-18 daraja bo’lganda cho’milish mumkin. Suzish uchun eng yaxshi davr kunduzi soat 11-13 va shuningdek kechki soat 16-17. Cho’milish vaqti birinchi kunlarda 5 minutgacha davom ettiriladi. Keyinchalik vaqtni uzaytirib boriladi.

Sh. Aliev

Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

"Sihat-Salomatlik" jurnali

15 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: