Onanizm haqida

Onanizm haqida

16081
2

Onanizm(mastrubatsiya) – erogen sohalar(aksari jinsiy organlar)ni orgasm(xush yoqish) hosil qilish maqsadida sun’iy tasirlantirish. O. odamlarda kuzatilibgina qolmay, balki hayvonot olamida ham keng tarqalgan. O. ning sog’liqqa ta’siri to’g’risida juda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Ko’pchilik olimlar O. turli xil jinsiy buzilishlarga sabab bo’ladi, deb hisoblaydilar. Boshqalar esa O.ning sog’liqqa hech qanday zararli ta’siri yo’qligini aytadilar. Ko’pgina taniqli seksologlarning fikricha, asosan pubertat, ya’ni balog’atga yetish davrida paydo bo’ladigan va jinsiy hayot boshlanishi bilan barham topadigan O. avvalo biosotsialdisgarmoniya bilan bog’liq. Bunda jinsiy uyg’onish davri boshlanishiga qaramay, shaxsning sotsial jihatdan yetilish davri yuzaga kelmagan bo’ladi. Bu disgarmoniya aktseleratsiya tufayli chuqurlashadi. Balog’atga yetish davrida vujudga keladigan O. tipi bilan bir qatorda masturbatsiyaning quyidagi boshqa variantlari ham bo’ladi: bolalik davrida, jinsiy mayl paydo bo’lishiga qadar kuzatiladigan barvaqt yoki balog’atga yetish davrigacha bo’lgan masturbatsiya, odatda jinsiy hayot boshlanganidan keyin paydo bo’ladigan yordamchi masturbatsiya (ayollarda aksari nomuntazam jinsiy turmush yoki seksual jihatdan qoniqmaslik yuzaga keladi); bolalarda yoki o’smirlarda O. bilan shug’illanadigan tengqurlariga taqlid qilish sababli paydo bo’ladigan masturbatsiya(bola bu bilan yolg’iz qolganda), o’z tashabbusi bilan hech qachon shug’ullanmaydi). Masturbatsiyaning eng ko’p tarqalgan tiplari – jinsiy yetilish davridagi O. va barvaqt (balog’atga yetish davrigacha bo’lgan) masturbatsiya.

Balog’atga yetish davrigacha bo’lgan bolalarda O. zararli odat sifatida jinsiy organlarining tor-tanqis kiyimlardan ta’sirlanishi natijasida paydo bo’lishi mumkin. Bola bunda his qilinadigan yoqimli sezgilarni keyinchalik jinsiy organlarini ataylab ta’sirlantirish yo’li bilan takrorlashga harakat qiladi. Aksari ota onalar bolalardagi erogen sohalarni (chov sohasi, qorinning pastki qismi, dumbasi, jinsiy organlari) qitiqlab yoki o’pib, bolaga shunday shahvoniy sezgilarni birinchi bo’lib o’zlari in’om etadilar. Balog’atga yetish davrida o’smir O.dan keying odatda o’z irodasini bo’shligidan hafa bo’lib, afsuslanadi. Aksari u bu odatni tark etishga urinadi, bu ishidan uyaladi, vijdon azobidan qiynalib yuradi, tund, odamovi bo’lib qoladi.

Bolalarda bu yomon odatning oldini olish zarurligi va mumkinligi shubhasizdir. O.ga qarshi moxirlik, tadbirkorlik va xushmuomalalik bilan kurashish, hab bir o’smirning ko’ngliga yo’l topa bilish, samimiy suhbatlashish , maslahat berish va, avvalo, to’g’ri jismoniy va gigiyenik tarbiya berish lozim. Bola yoki o’smirning izzat-nafsiga tegish, do’q-po’pisa qilish, uni ko’rsatish, jismoniy jazolash, odatda naf berish u yoqda tursin, xatto zararli ta’sir ko’rsatadi.

O.ning oldini olish uchun bola o’rniga qo’llarini ko’rpaning ustiga qo’yib yotishi, kiyimlari tor bo’lmasligi kerak, ich kiyimlari haftasiga 2-3 marta, yaxshisi har kuni almashtirishi lozim. Bola hayotda serharakat bo’lishi, kollektivga aralashishi, organizmni chiniqtirishi va sport bilan shug’illanishi kerak. Bolalarda O.ning oldini olishda gijjalarni yo’qotish ham muhim o’rin tutadi. Bolaning ovqatida o’tkir va ziravorli taomlar, achchiqchoy va kofe bo’lmasligi , u uxlash oldidan keragidan ko’p ovqat yemasligi kerak. O. bilan shug’illanadigan o’smirlar hissiyotini qo’zg’atadigan filmlarni tomoshsha qilmasliklari  va bunday kitoblarni o’qimasliklari kerak. Qiz bolalarda voyaga yetish davrida alohida diqqat e’tiborni va to’g’ri gigiyenik tarbiyani talab qiladilar. Xususan ular ko’krakni pastdan ko’tarib turadigan va ko’krak qafasni siqmaydigan, bichimi qulay siynaband taqishlari va qad-qomatlariga mos kiyimlar kiyishlari kerak, katta yoshdagi kishilarning doimiy g’amxo’rligi, ularning o’z vaqtida sidqidildan ko’rsatgan yordami bolalar va o’smirlarning yomon odatlarni tark etishlariga imkon beradi. 

60 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti:

    Bildirilgan fikrlar