Suzmali ko'k salat

Suzmali ko'k salat

6392
0

Suzmali salat ko’k piyoz, rayhon, kashnich, ukrop, rediska bodring, piyoz va suzmadan tayyorlanadi. Chunki salat ko’p miqdorda vitaminlar, organik kislotalar, xususan kaltsiy, fosfor, temir va boshqalarni saqlaydi. U ishtahani ochadi, ovqatni hazm bo’lishini yaxshilaydi, quvvatni oshiradi. 

Tayyorlash usuli. Ukrop, rayhon, kashnich, ko’k piyoz ko’katlari maydalab tog’raladi. Yupqa tilim qilib kesilgan rediska, bodring, suzma murch, yoki qizil qalampir qo’shiladi, hammasi yaxshilab aralashtiriladi. Kichik likopchalarda yoki salat idishlarida dasturxonga tortiladi.

Ikki portsiyaga 20 g rediska, 20 g bodring, 10 g piyoz, 40 g ko’k piyoz, 5 grammdan ukrop, kashnich va rayhon, 100 g suzma kerak bo’ladi.

0 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: