"Lazzat" sho'rvasi

"Lazzat" sho'rvasi

6355
0

Tayyorlash usuli: Yasmiq(marjumak)ni qaynatib chekkaga olib qo’ying. Un, qattiq, tuxum, limon sharbatini 0,5 stakan sovuq suvga aralashtiring. Boshqa idishda 3 stakan suvni qaynating, qatiqli aralashmani qaynagan suvga asta-sekin qo’shing, qaynagunga qadar kavlab turing.

Yasmiq va ugrani qo’shing. Tovadagi zaytun yog’ida yalpizni qovurib, sho’rvaga soling. Tuz tabga ko’ra solinadi. Ukrop sepilgach, taomni dasturxonga tortishingiz mumkin.

6 kishilik ovqat uchun masalliqlar: 150 gr. yasmiq, 20 gr. un, 300 gr qatiq, 1 dona tuxum, 1 dona limonning sharbati, 3,5 stakan suv, 10 gr. zaytun yog’I, 40 gr. ugra, 5 gr. quritilgan yalpiz, ukrop.

Proteinga boy to’yimli taom. Issiq yoz kunlarida ishtahangiz bug’iladi, hech narsa yegingiz kelmaydi. “Uff, juda issiq, hech narsa yegim kelmayapti” deb turganingizda kattakon kosadagi sho’rvani ichib qo’yganingizda tanangizni yayratadi.

Bir portsiya ovqatda 98 kkal., 5,8 gr. protein, 2,5 gr. yog’, 11,9 gr. karbongidrat bor.

1 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: