Sut mahsulotlarini saqlash tartibi

Sut mahsulotlarini saqlash tartibi

6543
0

Sut va sut mahsulotlarini harorati 6 darajadan yuqori bo‘lmagan va yorug‘lik tushmaydigan xonada saqlash kerak.

***

Sariyog‘ bilan sutni pishloq hamda qatiq va shunga o‘xshash sut mahsulotlaridan alohida saqlagan ma’qul. Chunki bunday mahsulotlarning hidi o‘tkir bo‘ladi. Sariyog‘ning sifatini saqlash uchun uni tuzli suvga botirilgan pergament qog‘oz yoki sochiqqa o‘rab qo‘yish kerak.

***

Smetana 7 darajadan yuqori bo‘lmagan salqin va qorong‘u joyda yaxshi saqlanadi.

***

Tvorog, ayniqsa, yog‘sizi yog‘och idishda usti tuzli suvda namoangan doka bilan yopilgan holatda uzoq vaqt saqlanadi.

***
Pishloq qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar, tez mog‘orlaydi. Buning oldini olish qiyin emas: pishloqni mum surtilgan qog‘ozga o‘rab qo‘ysangiz kifoya.

***

Sut mahsulotlari saqlanadigan joyda yoqimsiz hid va mog‘or paydo bo‘lmasligi uchun dezinfeksiyalash va oqlash zarur.

***
Pishloqni boshqa oziq-ovqatlardan alohida saqlang. Sababi uning hidi boshqa mahsulotlarga tez uradi.

***
Mog‘or bosib qolgan pishloqni tuzli suvda namlangan latta bilan yaxshilab artish lozim.

0 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: