- So'ngi maqolalar
 
Peshonaga qo‘yilgan yalpiz bosh og‘rig‘ini oladi va qandli diabetda
        Xushbo‘y  yalpiz doimo o‘z shifobaxshligi bilan boshqa ko‘katlar ichida  yetakchilik qilib kelgan. Uni oshqozon kasalliklari, ortiqcha  asabiylashish, shamollashlarda keng qo‘llashgan.
Qadimda yalpiz  umrni uzaytiruvchi dori sifatida qo‘llanilgan. Biroq yalpiz bugungi kun  fitoterapiyasi, aromaterapiya va farmokologiyasida ham keng  qo‘llaniladi. Yalpiz tarkibida efir moylari (yaproqlarida 2,75  foizgacha, gulida 6 foizgacha) ko‘p bo‘lgani bois ham shunday o‘tkir  hidga ega. Zamonaviy kosmetologiyada ham uning alohida o‘rni bo‘lib,  yalpiz xushbo‘ylashtirilgan vannalarga qo‘shiladi hamda spa-muolajalarda  ishlatiladi.
YaLPIZ TIBBIYoTDA
 Yalpiz kishini  tinchlantira olish xususiyatiga ega. Shu bois ham uni shu kabi turli  dorilar tarkibiga qo‘shishadi, xalq tabobatida esa yalpizli choy keng  qo‘llaniladi. U stress va asabiylashishni yo‘qotadi, uyquni yaxshilaydi.
 Yalpiz ovqat hazm qilish tizimi ish faoliyatiga ham ijobiy ta’sir  ko‘rsatadi: ichaklarda havo yig‘ilishi va ich qotishining oldini oladi.  Buning uchun 2 osh qoshiq maydalangan yalpiz yaproqlari ustiga 200 ml.  qaynagan suv solib, 30 daqiqa ushlab turiladi. Ushbu damlama kuniga uch  mahal ovqatdan 15 daqiqa oldin ichiladi. Unga yana 1 osh qoshiq  kalendula gullaridan ham qo‘shib yuborish mumkin - u oshqozondagi  og‘riqlarda yordam beradi.
 Ko‘ngil aynishi va qayt qilishda  ham yalpiz qo‘l keladi. 1 osh qoshiq maydalangan yalpiz yaproqlari  ustiga 200 ml. qaynagan suv solinib, 40 daqiqa sochiq bilan o‘rab  qo‘yiladi. Keyin damlama elakdan o‘tkazilib, ko‘ngil ayniganda 1 osh  qoshiq, qayt qilishda esa, har uch soatda yarim stakandan ichiladi.
 Yalpiz oshqozon osti bezi ish faoliyatiga ham yaxshi ta’sir  ko‘rsatadi, shu bois uni qandli diabet bilan og‘rigan kishilarga tavsiya  etishadi. Buning uchun 3 choy qoshiq yalpiz yaproqlari va 1 choy qoshiq  maydalangan qoqi o‘t ildizi olinib, 6-7 daqiqa davomida qaynatiladi,  biroz turgach, elakdan o‘tkazilib, ovqatdan oldin, kuniga 3 mahal 50  ml.dan ichiladi.
 Shuningdek, yalpizning antiseptik  xususiyatlari ham mavjud. Unda fitonsidlar ko‘p bo‘lgani bois ham  infeksiyalar bilan samarali kurasha oladi.
 Peshonaga  qo‘yilgan yalpiz yaproqlari bosh og‘rig‘ida yordam bera oladi.  Shuningdek, yalpizli damlama ham tayyorlab ichishingiz mumkin. Buning  uchun 1/20 hisobda maydalangan yalpiz yaproqlari va 70 foizli spirt  olinib, aralashtiriladi. 7 kun davomida turgan ushbu aralashmani  boshingiz og‘riganda 15 tomchidan ichishingiz mumkin.
 Bundan  tashqari, yalpiz qon bosimini tushirish xususiyatiga ham ega. Bir qism  yalpiz, bir qism moychechak, yarim qism valerianadan damlama tayyorlab  oling hamda uni har kuni bir marta stakanning uchdan bir qismi miqdorida  iste’mol qiling.
 Oyoqlarni zararlagan zamburug‘li kasallikda  ham yalpizni tuz bilan aralashtirib, kasallangan joyga to u butkul  sog‘ayib ketguniga qadar kompress qilib qo‘yiladi.
 Nevralgiya, artrit, miozitda yalpizdan og‘riq qoldiruvchi hamda yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.
Manba: Dia.uz
19 ta ovoz    
    
    
    
    
    Ovoz berish: