YURAK XASTALIKLARI DAVOSI

YURAK XASTALIKLARI DAVOSI

7291
0

Bizning turmush farovonligimiz birinchi galda tinchligimizga bog‘liq bo‘lsa, tanamiz salomatligi uning yanada go‘zal bo‘lishini ta’minlashi aniq. “Tanamizdagi hech bir xodisa o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi”—deydi, shifokorlar. Bu esa, kundalik ratsionimizdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan qanday foydalanishimizga bog‘liq. Masalan, yurak va u bilan kechuvchi kasalliklarni iste’molimizdagi mahsulotlar orqali bilib olish mumkin. Keling, quyida ularni ko‘rib chiqsak va xalqona tavsiyalarga diqqat qilsak.

Tuxumni chala pishirib, sarig‘i yeb yurilsa, yurakni quvvatlantiradi.Yuragi siqilib xafaqon dardiga uchragan kishi o‘ziga yoqadigan xushbo‘y narsalar (atirgul, rayhon, atir kabilar)ni o‘zi bilan birga olib yurishi kerak.

Issiq mizojli odam kashnichni maydalab yeb yursa, yurakka quvvat beradi, uni xafalikdan qutqaradi.Hayvon (mol-qo‘y) yuragini hil-hil qilib pishirib yoki yog‘ bilan qovurib, sirka qo‘shib yeyilsa, yurakka quvvat beradi, xafaqon illatini quvadi.

Har kuni nahorga o‘rik sharbatidan bir piyola ichish yoki kuniga 4-5 ta o‘rik turshagi yeb yurish har qanday yurak xastaligini davolashda qo‘l keladi va yurakni baquvvat qiladi.Govchashm (sigirko‘z) shirasi, govzabon shirasi, gulob yurakka quvvat bag‘ishlaydi.Ovqatlanishda kraxmal, sut mahsulotlari, qand-shakardan tiyilish ham bu kasallikda foyda beradi.

Anbar (kashalot balig‘idan olinadigan xushbo‘y modda) keksalarning yuragiga quvvat beradi.

Binafsha yog‘i, shirin olma sharbati, shirin anor sharbati yurakni quvvatlantiradi.Kapalakgulning gullaridan choy damlab ichish ham yurak xastaligiga davo.

Sakkiz gr. pillani suvda qaynatib oq qand bilan qiyomga keltirib yeyilsa, yurakni quvvatli qiladi.Tol bargi yoyib, ustiga yotilsa, yurak haroratini daf qiladi.

Sariq choy (dalachoy novdalarini) ning quruq o‘tini suvda qaynatib tindirgach, bir osh qoshiqda kuniga 2-4 marta ovqatdan keyin ichish ham foyda beradi.

Quritilgan kashnich, behi iste’mol qilish, oq atirgul hidlash bilan yurakni quvvatlantirish mumkin.Besh gr. kungaboqar ildizining suvini ichilsa, sovuqlikdan zaiflashgan yurakka shifodir.Kuniga bir kosa yangi sog‘ilgan sigir sutini issig‘ida ichilsa, yurakka kuch bag‘ishlaydi.

Nok, xandon pista, anjir yurak zaifligi va xastaliklarini davolashda yaxshi shifodir. Dasht yalpizi, suv yalpizini yanchib suv bilan yutilsa, yurakning behuzur bo‘lishiga shifodir.

Har kuni ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, suv bilan yutilsa, yurak behuzurligini daf qiladi.Olvali (mayda olcha) va barcha turdagi behi yurak behuzurligini davolashda eng yaxshi vositadir.

Limonni shakar choy bilan ichish ham yurak behuzurligini ketkazadi. Sovuq mizojli odamlar 8 gramm, issiq mizojli odamlar esa 2 grammdan sedana yeb yurishsa, yurak behuzurligidan forig‘ bo‘lishadi.

3 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: