Shifo.uz Xalq Tabobati ZAYTUN HAQIDA 10 TA FAKT

ZAYTUN HAQIDA 10 TA FAKT

ZAYTUN HAQIDA 10 TA FAKT

Kimdir qora, yana kimdir yorqin zaytun yog‘ini yoqtiradi. Aslida, ularning qora yoki yorqin rangda bo‘lishi unga qanday ishlov berilishiga bog‘liq. Lekin, qaysi rangda bo‘lishidan qat’iy nazar, uning shifobaxsh xususiyatlariga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Agar xarid uchun do‘kon, yoki bozorga tushsangiz zaytun yog‘i idishining etiketkada ko‘rsatiladigan kislotalik darajasiga e’tibor qarating.U qanchalik past (0,8% gacha) bo‘lsa, yog‘ shunchalik yuqori sifatli hisoblanadi. Zaytun yog‘ini Yunonistonda “suyuq oltin”, deb atashgan. Uning tarkibida juda katta miqdorda olein kislotasi mavjud. U foydali hususiyatlari tufayli XII-asrdan boshlab tabobatda tana terisini yoshartirishda, unga mayinlik baxsh etishda keng qo‘llanib kelingan. Quyida zaytun yog‘i bilan bog‘liq 10 fakt bilan tanishing.

1. Arxeologlar ma’lumotlariga qaraganda miloddan avvalgi 3000-yillarda Kritda zaytun o‘stirila boshlangan. Ancha vaqt zaytunni Kritda va Siriyada alohida o‘stirib kelishgan.

2.Zaytun ancha vaqt davomida Minoy podshohligining asosiy daromad manbai bo‘lib kelgan. Keyinchalik esa, finiyalik dengizchilar zaytunni O‘rtayer dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab tarqatib yuborganlar.

3. Zaytun yog‘i qizdirilganida konserogenlarni deyarli hosil qilmaydi. Hozirgi kunga kelib olimlar zaytun yog‘i tarkibida temir moddasi va vitaminlar borligini tasdiqladilar.

4.Ko‘chmanchilar Amerikaga uzum bilan birga, zaytunni ham olib ketishgan. Natijada Kaliforniya O‘rtayer dengizidan tashqaridagi zaytun yetkazib beruvchilar sirasiga kirib qolgan.

5.Ushbu mevaning o‘rtacha umri 500 yilni tashkil etadi. Quddusdagi zaytun (Eleon) tog‘idagi zaytun daraxtlarining o‘rtacha yoshi taxminan 200 yil, deb hisoblanadi.

6.Yashil va qora zaytunlar orasidagi yagona farq bu ularning yetilganlik darajasidadir. Yetilgan zaytun mevalari qora rangda bo‘ladi.

7. Zaytun hosilining 90 foizi zaytun yog‘i ishlab chiqarish uchun ishlatiladi va deyarli uni o‘stirish uchun ajratilgan yerlarning 98 foizi O‘rtayer Dengizi hududida joylashgan. Umumiy hisobda, Yevropada 500 millionga yaqin zaytun daraxtlari bor.

8. Zaytun mevasi marto yida gullash vaqti tugaganidan so‘ng 6-8 oy vaqt o‘tgach, noyabr oylarida teriladi. Shuningdek, bu yog‘ maxsus ishlovsiz iste’mol qilsa bo‘ladigan yagona yog‘ turi hisoblanadi.

9.Har xil davlatlarda zaytunni qayta ishlash turli xil yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Yunonistonda zaytun mevalari ishqorlanmaydi, ular 6-12 oyga tuzlanadi. Bunda ular juda kuchli ta’mga ega bo‘ladi.

10. Ispaniyada yashil zaytun mevalari yetilishidan avval teriladi va ishqorlanib, fermentatsiya uchun tuzli suvga solib qo‘yiladi.

13 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5