Limonning shifobaxsh xususiyatlari

Limonning shifobaxsh xususiyatlari

8131
0

Shamollashda

Shamollashning dastlabki alomatlari paydo bo’lganda limonli limonad tayyorlash mumkin. Buning uchun bir dona limonni mayda kesib ikki stakan qaynoq suv quyasiz. 20 daqiqa tindirib quyasiz. Shirin bo’lmasin. Bir soat mobaynida ichasiz.

Grip epidemiyasi tarqalganda sog’liqni tiklash uchun limon yog’ini qabul qilish foydalidir. Buning uchun limonni bir daqiqa qaynoq suvga solib, so’ng uni danagini ajratgan holda go’sht qiymalagichdan o’tkazasiz. Unga 100 gr hech qanday sutli komponentsiz tayyorlangan margarine va 1-2 qoshiq mayiz ham qo’shasizsaqlab yog’ sifatida foydalaniladi. Epidemiya tarqalgan vaqtda gripning oldini olish maqsadida limon yog’I surilgan 6-8 bo’lak qora non yeyish lozim.

Gripga qarshi yana bir samarali dori: limonni duxovkada 20 daqiqa davomida pishirasiz, so’ng uni ikki bo’lib, yarmining sharbatini bir stakat qaynoq suvga siqib olasiz. Shunday ichimlikni har yarim soatda isitmalash to’xtab, harorat tushguncha ichib turish kerak bo’ladi.

Bemor bilan munosabatda bo’lar ekansiz grip yuqmasligi uchun bir bo’lak limonni lunjingizga soling va uni so’lak ajralishi kamayguncha tilingiz bilan u tomondan bu tomonga qo’zg’atavering.

Gripp yuqqanda va shamollaganda

Uchta limonni duxovkaga qo’yasiz va yumshoq xoliga kelganda sharbatni siqib olasiz. Unga ikki osh qoshiq asal va bir osh qoshiq konyak qo’shib ustidan 250 g qaynoq suv quyiladi. Dori issiq holda xo’plab ichiladi. Uni iste’mol qilishdan avval sariq choy(zveroboy), qayin bargi yoki qoraqat, lipa gullari kabi shifobaxsh o’simliklar solingan vanna qabul qilish foydalidir. Barcha muolajalar qilib bo’lingach issiqo’rin-ko’rpa qilib yoting. Kasalliklarning og’ir –yengilligiga qarab ushbu davolanishning tadbirlarini 3-6 kun davom ettirasiz.

2 dona limon sharbati va 100gr asalni 3 stakan qaymoq suv bilan qorishtirib ichiladi.

Tumov (sinusit va rinit)bo’lganda bir kunda 5-6 marta limonning bir necha tomchisini tomizish foyda beradi.

Qattiq yo’talga limon murabbosi juda foydalidir. Buning uchun limon 10 daqiqa davomida sust olovda pishirilib , so’ng kesiladi va sharbati stakanga siqib olinadi. Unga ikki osh qoshiq glitserin qo’shib, yaxshilab aralashtirasiz, so’ng stakan to’lgunga qadar asal solib yana aralashtirasiz.

Bu qorishma ikki choy qoshiqdan ovqat oldidan kuniga 3 mahal tanovul qilinadi.

Agar yo’tal quruq va qattiq bo’lsa bir choy qoshiqdan nonushta, tushlik, kechki ovqat oldidan iste’mol qilinadi. Yo’tal kamaygan taqdirda ham qorishmani qabul qilishda davom ettiring.

Yo’tal uchun boshqa shifobaxsh vosita – limon sharbati va novvot kukuni hamda asalni teng miqdorda aralashtirasiz, so’ng sust olovda bir holatga kelguncha pishirasiz. Bu dorini yo’tal tutganda bir oshqoshiqdan kuniga bir marta iste’mol qilasiz.

Quloq, tomoq, burun shamollaganda limondan foydalanish

Agar tomog’ingiz og’riyotgan bo’lsa – bir necha kumush qadaxlarni olib, unga limon sharbatini siqib soling va bir sutka qorung’I joyda tindirib qo’ying, ba’zi ba’zida aralshtirib turing. Ushbu sharbatni kattalar har soatda 1 oshqoshiqdan ichib turishni tavsiya etiladi. Davolash kursi bir hafta. Zarurat bo’lsa kursni ikki haftadan keyin takrorlash mumkin. Ogoh bo’ling! Bu vosita buyragi og’riyotganlar uchun tavsiya etilmaydi.

Otit (quloq yallig’lanishi)dardiga mubtalo bo’lganlar kuniga bir necha marta qulog’iga  2-3 tomchidan tomizish foyda beradi.

Angina bilan og’riganda.

Ilgari anginani 30%li limon kislotasi eritmasi bilan davolashardi. Bunda kun davomida har soat tomoq chayilardi. Bu usul ayniqsa, profilaktika uchun(agar siz bemor bilan munosabatda bo’lsangiz)va kasallikning boshlang’ich davrida yaxshi foyda beradi. Agar limon kislotasi bo’lmasa, limonning ikki uch bo’lagini tozalab, birin ketin so’ramiz (bo’lakchalar iloji boricha tomoqqa yaqin bo’lsin), keyin ularni yutib yuborasiz. Bu usul dard yengillashgunicha har soatda bajaraliraveradi.

6 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: