Vitaminlar : ularning mahsulotlardagi tarkibi va me’yori

Vitaminlar : ularning mahsulotlardagi tarkibi va me’yori

8413
0

VITAMINLAR - biologik faol moddalar bo'lib, hayot faoliyati jarayonining me'yorda kechishi uchun talab qilinadi. Vitaminlar inson organizmining moddalar almashinuvi jarayonining kuchli muvozanatni saqlab turuvchi qo'shimcha hisoblanadilar. Deyarli barcha vitaminlar (K va B12 vitaminlaridan tashqari) inson organizmida deyarli sintezlanmaydilar. Vitaminlar suvda eruvchi va yog'da eruvchi turlariga ajratiladi. Suvda eruvchi vitaminlar sarasiga S vitamini (askorbin kislotasi), B guruhi vitaminlari, PP , foliy va pantoten kislotalari va b. kiritiladi. Yog'da eruvchi vitaminlar sarasiga A, D, E va K vitaminlari kiritiladi.

Inson organizmida gipovitaminozning rivojlanishini oldini olish uchun, qaysi mahsulot qanday vitaminlarga boy ekanligini bilish va ularning qay biri inson organizmi uchun qay miqdorda bi sutkada qay miqdorda zarurligini bilish lozim.

Vitamin B1 (tiamin) organizmning oqsil va uglevodorod almashinuvini muvozanatga keltiradi. Uning etishmovchiligi eng avvalo nerv tizimi faoliyatining o'zgarishiga olib keladi, xotiraning susayishi, undan tashqari oshqozon-ichak va qon tomirlar tizimining yaxshi faoliyat ko'rsatmasligiga olib keladi. Vitamin B1 yiringli infeksiyalarga qarshi immunitetni ishlab chiqaradi, u ayniqsa: husnbuzarlar, teri qichishishi, krapivnicani davolashda zarurdir. Ushbu vitamin qaysi mahsulotlarda mavjuddir: bular - dag'al maydalangan undan tayyorlangan nonlar, yormalar (grechka, suli, so'k), no'xat, fasol', soya, pivo drojjilari, jigar, mol go'shtidir. Bu suvda eruvchi vitamin hisoblanib, shu sababli bunday mahsulotlar qaynatib pishirilganda uning suvi ham ana shu vitaminga boy bo'ladi. Ushbu vitamin soda ta'siri ostida nobud bo'ladi. Ushbu vitamindagi bir sutkalik talab 1-2 mg.ni tashkil etadi. 
Vitamin B2
 (riboflavin) - hujayralar almashinuvi jarayonini va terining yuza qatlamidvgi jarayonda muvozanatga keltiruvchi vazifani bajaradi, undan tashqari nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi. Ushbu vitaminning etishmovchiligi og'riqli lab chetlaridagi yorilishlarga, shilliq qatlamlarning yallig'lanishiga, sochlarning to'kilishiga, bosh aylanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu vitaminning uzoq vaqt davomida etishmovchiligida teri silliqlikni yo'qotib, qari teri ko'rinishini egallay boshlaydi. Uning muhim oziq-ovqatlardagi manbalari bu - sut va sut mahsulotlari, baliq, tuxum, jigar, yormalar (grechka va suli yormalari) va nondir. B2 vitaminining bir sutkadagi talabi - 2-5 mg.ni tashkil qiladi.

Vitamin B6 (piridoksin). Organizmda muhim vazifalarni bajaradi. Ushbu vitamin soch to'kilganda, terining yallig'lanishida qabul qilinadi. Vitamin B6 tarkibiga ega asosiy mahsulotlar - jigar, fasol', yormalar (grechka, so'k), bug'doy uni, drojji. B6 vitaminida bo'lgan sutkalik ehtiyoj - 1-2 mg.ni tashkil qiladi.

Vitamin B12 (cianokobalamin) - jonivorlar tabiatiga ega mahsulotlarda bo'ladi. Bular: jigar, go'sht, baliqning ayrim turlari, pishloq va h. B12 vitamini ichak florasida ham ishlab chiqariladi. B12 vitaminida bo'lgan sutkalik ehtiyoj - 15-20 mkg.ni tashkil qiladi.

Vitamin B15 - jigar uchun zarur bo'lgan vitaminlardan biridir. U to'qimalarning kislorodni o'zlashtirish jarayoniniyengillashtiradi. Neytrallashtirish tarzida ta'sir etib, qichishish kamaytiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Ushbu vitamin qovun va kungaboqar urug'larida mavjuddir.

Foliy kislotasi - dag'al maydalangan un va ushbu undan tayyorlangan non mahsulotlarida, yormalarda (grechka, suli, so'k), fasol', gulkaram, qo'ziqorin, jigar, tvorog, pishloq va ikrada mavjuddir. Mahsulotlarning pishirilishi natijasida 80-90% gacha mahsulotdagi vitamin yo'qolishini bilishingiz muhimdir. Foliy kislotasida insonning kunlik talabi 50 mkg.ni tashkil qiladi.

Vitamin P - ushbu vitamin flavonoidov guruhiga mansubdir. O'simliklarda u asosan S vitamini bilan odatda qo'shni bo'la oladi. R vitamini qon tomirlariga ijobiy ta'sir etadi, S vitaminining ta'sir kuchini oshiradi, qon tomirlarining devorlarini baquvvatlashtiradi. Natijada ularning yallig'lanishini oldini oladi va qon to'xtatish xususiyatini oshiradi. Ushbu vitamin shipovnik, buzina, lipa, qora smorodina, limon po'stlog'ida mavjuddir.

Vitamin PP - teridagi suv almashinuviga javob beradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Ushbu vitamin husnbuzarlarni, nevrozlarni davolashda qo'llaniladi. PP vitamini shipovnik, zveroboy, shalfey, bug'doy kepagi, sabzi, qo'ziqorin, brusnika va chernikalarda mavjuddir.

Pantoten kislotasi (B guruhi vitaminlariga mansubdir) - teri yallig'lanishini oldini oladi, soch to'kilishidan himoya qiladi, to'qimalarga ijobiy ta'sir o'tkazadi, ichaklarda ovqatning so'rilish jarayonida ishtirok etadi. Undan asosan yallig'lanish jarayonida, muzlaganda, boldir jarohatlarida foydalaniladi. Pantoten kislotasi sulida, yangi va quritilgan no'xatda, kartoshka, pomidor va zemlyanikada mavjuddir.

Vitamin F - o'zi bilan yog'li kislotalarni namoyish etadi. Ular yog'larning almashinuvida ishtirok etadilar. Terini yangilanib turishida katta rol' o'ynaydi. Undan asosan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi. F vitamini lyon, kungaboqar urug'larida, pajitnik va soyalarda mavjuddir.

Vitamin H (biotin) - terining sog'lom ko'rinishi uchun zarur vitaminlardan biridir. Uning yetishmovchiligi terining yallig'lanishi, sochlarning kuchli to'kilishi, yomon umumiy ahvol bilan namoyon bo'ladi. N vitamini mevalarda, o'simliklarning yangi chiqayotgan barglarida, bug'doy donlarida, no'xat, dukkaklik o'simliklarda va jigarda mavjuddir.

Vitamin S - allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon tomirlarini baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik kuchini oshiradi, birlashtiruvchi to'qimalarning holatini yaxshilaydi. Shu bilan birga terining silliqligini ta'minlagan holda, uning tez qarishidan asraydi. Undan tashqari askorbin kislotasi qonning quyulishida ishtirok etadi va ayrim gormonlarning ishlab chiqarilishida ham ishtirok etadi. S vitamini virus va bakterial infeksiyalardan himoya qilish xususiyatiga egadir. S vitamini terida pigmentning to'g'ri taqsimlanishida ko'maklashadi. Uning yetishmovchiligi terini rangsiz qilib, inson tez charchaydigan bo'lib qoladi. S vitamini barcha mevalarda va yam-yashil ko'katlarda mavjuddir. Shipovnik, qora smorodina, oblepixa, shirin bulg'or qalampiri, ukrop, petrushka, gulkaram va karamda, apel'sin, qulupnay, ryabina, olmalar, gilos, shavel', shpinat, kartoshka va boshqa mahsulotlarda mavjuddir. Uning miqdori ayniqsa, petrushka, shipovnik, oblepixa, qora smorodinalarda ko'pdir. Ushbu vitamindagi insonning kunlikehtiyoji 30-70 mg.ni tashkil qiladi.

Vitamin A (retinol) - ushbu vitamin o'sish jarayoni hamda ko'zlarga o'z ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Uning ozuqaviy manbalari bu - baliq va jonivorlarning jigari, sariyog', qaymoq, pishloq, tuxum sarig'i, baliq yog'idir. O'simlik mahsulotlarida uning provitamin ko'rinishi, ya'ni karotin ko'rinishida mavjuddir. A provitamini (beta-karotin) mavjud mahsulotlar odatda sabzi rang bo'lib, qizil yoki sariq ham bo'lishi mumkin. Demak bular, sabzi, pomidor, qovoq, o'rik, ryabina, oblepixa, shipovniklardir.

Shuni ham aytib o'tish joizki, A vitamini uzoq vaqt davomidagi yorug'lik nuri, kislorod yoki yuqori harorat ostida nobud bo'ladi. Sifatsiz yog'lar ham vitamin Ani nobud qiladilar. A vitaminidagi kunlik ehtiyoj - 1600-5000 ME ni tashkil etadi.

Vitamin D (kal'siferol) - organizmdagi kal'ciy va fosforni muvozanatga keltirib turadi. U baliq yog'ida, ikrasida, tovuq tuxumlarida, kam miqdorda qaymoq va smetanada mavjuddir. Ushbu vitamindagi bolaning kunlik ehtiyoji - 400- 500 ME ni tashkil qiladi.

Vitamin E (tokoferol) - mushaklarning baquvvatligini ta'minlaydi, undan tashqari yallig'lanishning oldini oladi, A vitaminining oksidlanishi, S vitamini, karotin va yog'li kislotalarning nobud bo'lishini oldini oladi. Birlashtiruvchi to'qimalar, sochlar, tirnoq kasalliklarida, husnbuzarlarni davolashda qo'llaniladi. Asosiy ozuqaviy manbalar bu - o'simlik yog'lari (asosan rafinadlanmagan), jigar, tuxum, yormalar va dukkaklik o'simliklar. Kunlik talab - 29-30 mg.gi tashkil qiladi.

Vitamin K - ushbu vitamin ayniqsa karam hamda gulkaramlar, shpinat, qovoq, tomatda ko'pdir. Undan tashqari u lavlagi, kartoshka, sabzi, yormalarda va dukkaklik o'simliklarda ham mavjuddir. K vitamini ichak mikroflorasida ishlab chiqariladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ilk kunlarda ushbu vitaminning yetishmovchiligi kuzatiladi. Ushbu vitamindagi kunlik talab 0,1-0,3 mg. ni tashkil qiladi.

Manba: Kichkintoy.uz

23 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: