Vitaminlar yetishmasligi oqibatida…

Vitaminlar yetishmasligi oqibatida…

6468
0

Vitaminlarga bo`lgan ehtiyoj insonning yoshi, jinsi, jismoniy faolligi, surunkali kasalliklarning bor-yo`qligi, moddalar almashinuvining darajasiga bog`liq.Vitamin yetishmasligi organizm qarishini tezlashtiradi va infekcion kasalliklar, yomon sifatli o`simtalar kelib chiqishini oshiradi.

E vitamininiyetishmochiligi asab va mushak buzilishlari, ko`z mushaklari susayishi, yurak mushaklari aziyat chekishiga sabab bo`ladi.

D vitamining yetishmasa, raxit rivojlanishi, asab tizimi zararlanishi mumkin.

Foliy kislotasi etishmasligi natijasida uyqusizlik, charchoq, ishtaha yo`qolishi, kamqonlik, hazm jarayoni buzilishi, qo`rquv hissi kuchayishi kabi belgilar kuzatiladi.

A vitamini yetishmasligi Immun tizmini zaiflashtiradi, so`lak bezlari sekreciyasini pasaytiradi. Bemorlarda ko`pincha qorong`ida ko`rish qobilyatining susayishi kabi belgilar kuzatiladi. Shuningdek sezish qobilyatining buzilishi, ko`zning qizarishi, qovoqlarning shishishiga ham sabab bo`lishi mumkin.

V12 vitamini yetishmasligi kamqonlik, kayfiyatning tez-tez buzilishiga sabab bo`ladi asab tizmiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, xotirani susaytiradi. Organizmga S vitamini yetishmasa, milk shilliq pardalarning shishishi va qonashi kuzatiladi. Bu tishlarning tushishiga sabab bo`lishi mumkin. Vitaminlar foydasi tarkibida A, S, D, E, V6, vitaminlari bo`lgan polivitaminlarni qabul qilish immun tizmini mustahkamlash va shamollash bilan bog`liq virusli kasalliklarning oldini olishda samarali ta`sir ko`rsatadi.

V guruhi vitaminlari stress holatida, operatciya yoki jarohatlardan keyin immun tizimi faoliyatini kuchaytirishga yordam beradi. S vitamini yoki askarbin kislotasi infekciya bilan kurashda makrofaglar faoliyatini oshiradi.

E vitamini qabul qilish barcha yoshdagi, ayniqsa, keksa bemorlarda kasalikka qarshi chidamlilikni oshiradi.

S va E vitamini ko`rish qobilyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, katarakta bilan kasallanish xavfini qaytaradi, shuningdek, mavjud kasallikning rivojlanishini sekinlashtiradi.

Manba: kichkintoy.uz

 

5 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: