Vitamin bu

Vitamin bu

6853
0

Organizm salomatligini saqlashda yog‘lar, uglevodlar, oqsillar qatorida vitaminlar ham muhim o‘ringa ega. Bu borada oila shifokori Marhabo Qo‘ldosheva o‘z  fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

         Vitamin so‘zi lotinchada “hayot” degan ma’noni bildiradi. Ularning yog‘da va suvda eruvchi turlari mavjud.

         Moddalar almashinuvida faol ishtirok etuvchi Vitamin A ga to‘xtalsak:

         Vitamin A oqsillarning oshqozon-ichak yo‘lida so‘rilishiga sezilarli ta’sir qiladi. Yog‘ bezlari faoliyatini  yaxshilaydi. Shuningdek, u ko‘rish faoliyatida ham ishtirok etadi.

         Vitamin A yetishmasligi “Avitaminoz” deb atalib, u shapko‘rlik, ya’ni, qorong‘i xonada narsalarni bir-biridan ajrata olmaslik, bolalarda bo‘y o‘sishi va rivojlanishning pasayishiga olib keladi.

         Vitamin A ga boy mahsulotlardan birinchi o‘rinda — tuxum, sariyog‘, qaymoq, hayvonlar va baliqlarning jigari; ikkinchi o‘rinda esa sabzi, shaftoli, pomidor kabi meva va sabzavotlar turadi.

         Suvda eruvchi vitaminlar yetishmasligi quyidagi oqibatlarga olib keladi:

Vitamin B2: Bu vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Lab va og‘iz atrofi tez-tez yoriladigan bo‘lib qoladi. U xamirturush, tuxum sarig‘i, sut, jigar, buyrak, baliq, go‘sht va tovuq go‘shtida ko‘p bo‘ladi.

Vitamin B3: Pigmentatsiya uchun javobgar. U yetishmasa soch oqaradi. Vitamin B3 barcha turdagi o‘simlik va go‘shtlarda mavjud.

Vitamin B6: Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p  bo‘ladi.

Vitamin B9: Hamma ichki organlar, teri va soch to‘kilmasligi  uchun zarur. B9 vitamini lavlagi, tarvuz, qovun, tvorog, olma, sabzi, karam, tuxum va piyozda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin E: Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zarur. Ushbu vitamin sut, tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin S: Organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha sitrus mevalarda, qulupnay, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko‘p bo‘ladi.

Manba: Dono Word

6 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: