Gozallik bag'ishlaydigan 8 mahsulot

Gozallik bag'ishlaydigan 8 mahsulot

6828
0

Agarda siz sog‘lom yuz ko‘rinishiga, chiroyli tirnoqlar hamda uzun, yaltiroq sochlarga ega bo‘lishni istasangiz, turli dori va kosmetikaga hojat yo‘q. Har bir xonadonda topiladigan ushbu sabzavot va meva mahsulotlari orqali ichki salomatlik va tashqi go‘zallikka erishish mumkin.

Sabzi
Tarkibida juda ko‘p karotin, A vitamini mavjud, ular or­qali tanamiz melanin ishlab chiqaradi. Agarda siz quyoshdan olgan rangingizni uzoqroq ushlab turmoqchi bo‘lsangiz, sabzi iste’moli sizga albatta, yordam beradi. U yana kaliy, oltingugurt, mis, temir, fosfor va yodga boydir. U hazm qilishni yaxshilaydi, metabolizmni qo‘zg‘atadi hamda tanaga ozdiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Sabzi ko‘zni ravshan qiladi. Bundan tash­qari, sabzi sharbati ichish erta soch oqarishining oldini oladi.

Ismaloq
Ushbu sabzavot tarkibidagi C vitamini bilan mash­hurdir. Teringiz elastikligi uchun mas’ul bo‘lgan kollagen ishlab chiqishda va saqlab qo­lishda yordam beradi. Ismaloq  an­tioksidantlarga juda boy. Uning foydaliligini oshirish uchun xom yoki bug‘da pishirgan holda iste’mol qilishingiz zarur.

Brokkoli
Brokkoli — saratonga qarshi kurashuvchi moddalar, C vitamini, oltingugurt va foydali aminokislotalari bilan taniqlidir. Ushbu sabzavot tanani zaharli moddalardan tozalashda va qayta tiklashni tezlashtirishda juda ham foydali. Ismaloq kabi uni xomicha iste’mol qilishingiz mumkin.

Salat barglari
Yashil salat barglari nafaqat mazali, shu bilan birga immunitet tizimi uchun kerakli C vitaminiga boy ham­­­­dir. Har qanday salatga qo‘­shib iste’mol qi­linsa, yaxshi samara beradi.

Karam
Ozgina yog‘ bilan pishirilgani yoki dimlangani ich qotishning oldini olish bilan birga ozdirish ta’siriga ham ega. Tuzlangan karam tarkibidagi moddalar zaharsizlantirish xususiyatiga ega, ular bog‘lovchi to‘qimalarni mustahkamlaydi, ortiqcha suvni chiqarib tashlash orqali tsellyulitdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Tana terisi tekis va sog‘lom bo‘ladi. Karam tanani C vitamini, kaliy, mis va kletchatka bilan ta’minlaydi. Tuzlangan karam tarkibidagi sut kislotasi shishning oldini oladi va ichak florasini tiklaydi.

Qichitqi o‘t
Qichitqi o‘t, g‘alati eshitilsa-da, biroq juda ham foydali. Undan tayyorlangan sho‘rvaning iste’moli kunlik temir mod­dasiga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi.

Petrushka
Petrushka tarkibida C va E vitaminlari hamda kerakli yog‘lar mavjud. Ular buyrak kasalliklarini davolashda yor­dam beradi. Petrushka orga­nizm­ni zararli moddalardan tozalovchi, siydik haydovchi xususiyatga ega. U terini silliqlab, semirishga to‘sqinlik qiladi.

Quritilgan meva va yong‘oqlar
Har kuni oz-ozdan mayiz, o‘rik qoqisi yoki eryong‘oq iste’mol qiling. Ular shirinliklardan ko‘ra foydaliroqdir. Quritilgan mevalar organizmni B guruh vitaminlari, yong‘oqlar esa E vitamini va temir, kaliy, kalÑŒtsiy hamda magniy kabi qimmatli minerallar bilan ta’minlaydi. Ular tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Tarkibida modda almashinuvini tezlashtiruvchi tolalar mavjud.

Manba: Bekajon nashri

9 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: