Sochlarning tukilishi, «gullashi» va qazg‘oqqa qarshi!

Sochlarning tukilishi, «gullashi» va qazg‘oqqa qarshi!

6845
5

«Ta’bi nozik» soch­larimiz har bir mavsumda,  ayniqsa kuz faslida alohida parvarishni talab etadi.  Shampun tanlashda ik­kilansangiz,  qazg‘oq,  soch to‘kilishi yoki yog‘lanib ketishidan shikoyat qilsangiz,  quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Soch «gullaganda»
«Gullab»,  sinib-sinib borayotgan sochlaringizning bir necha santimetridan hech ikkilanmay voz kech­ganingiz ma’qul.  Bu birinchidan,  tartibli ko‘rinish bersa,  ik­kinchidan,  soch ildizi parvarishi buzilganda kaltaroq tolalarni «oziq­lantirish» imkonini beradi.  Endi uy sharoitidagi muolajalarga kirishishingiz mumkin.

Shampun tanlashda adashmang
Birinchi galda vositalarning ikkitasi 1 da («2 v 1») turi — kompleks parvarishdan hozircha,  bahorgacha voz kechib turing.  Shampun va balzam (konditsioner)ni alohida flakonlarda xarid qi­ling.  Bugungi kunda do‘kon rastalaridan shampunь,  balzam,  soch uchun maxsus niqoblarning anvoyi xillarini topishingiz mumkin.  Kunlar soviy boshlaganda boshni harorati balandroq suvda yuvmagan ma’qul.

«Qazg‘oq dastidan do-od! »
Sochdagi qazg‘oqdan xalos bo‘lish va tez sinishining oldini olish uchun tuxum ko‘pigi bilan yuvish tavsiya etiladi.  Bu­ning uchun tuxumni oz­roq suv bilan yaxshilab ko‘pirtirish lozim.  Sochlaringizni ko‘pik bilan yuving,  avval oddiy suv bilan,  so‘ngra nordon (masalan,  limon kislotali) suv bilan obdon chaysangiz kifoya.

Qo‘lbola shampun tayyorlaymiz
Umuman olganda,  doim ham flakondagi shampundan foydalanish shart emas.  Tuxum sarig‘i soch ildizini mustahkamlaydi.  Oqidan ajratilgan tuxum sarig‘ini ko‘pirtirib,  biroz suv va 50 ml aroq qo‘shing.  Tayyor aralashmani bosh terisiga uqalovchi harakatlar bilan surting.  So‘ng iliq suvda  ­cha­yib oling.

Yaxshisi,  qatiq!
Ko‘pchilik xonimlar sochlarini oddiy qatiqda yuvishni amalda sinab ko‘rishgan.  Soch tolalari va bosh terisiga qatiq surtib,  ro‘mol yoki sochiq bilan 10 daqiqaga o‘rab qo‘­yiladi.  So‘ng iliq suvda hech qanday yuvish vositalarisiz yuvib tashlanadi.

Sochlaringiz sog‘­lom ko‘rinishi uchun!
1 choy qoshiq bura (tanakor) va 2 osh qoshiq qir­g‘ichdan o‘tkazilgan bolalar sovunini 1 stakan moychechak damlamasiga aralashtirib,  2 soatga olib qo‘ying.  Aralashmani shampunь o‘rnida qo‘l­lashingiz mumkin.  So‘ng sochlarni kuchsizroq sirkali suv (1 litr suvga 1 osh qoshiq olma sirkasi) yoki nordon (1 litr suvga 0, 5 choy qoshiq limon kislotasi) bilan chayish mumkin.

Soch to‘kilishiga qarshi
2 ta tuxum sarig‘i,  1 choy qoshiqdan sarimsoq sharbati,  asal va aloe sharbatini oling.  Barchasini aralashtiring,  niqobni nam sochlaringizga surtib,  tsel­­­­­­­lofan paket va sochiq bilan o‘rab qo‘ying.  20 daqiqadan keyin boshingizni shampunь bilan yuving.  Sarimsoq hidini yo‘qotish uchun  sochlaringizni quruq xantal aralashtirilgan suvda chayib oling.

Yog‘li sochlar uchun
1: 1: 1 choy qoshiq nisbatda asal,  limon va aloe sharbati,  maydalangan bir palla sarimsoq aralashtiriladi.  Massa nam soch­lar ildiziga surtiladi.  30 daqiqacha sochiq bilan o‘rab qo‘­­­­­yilgandan keyin iliq suvda yuvib olinadi.

«Tim qora sochlarim…»
Agar sochlaringiz rangi to‘qroq bo‘lsa,  ularni chayish uchun qichitqi o‘t,  qulmoq (xmelь),  qariqiz,  loviya qo‘zog‘i kabi damlamalardan foydalaning.  Chuningdek,  sochlaringiz yaltirab turishini istasangiz,  2 osh qoshiq choyni 1 litr suvda 5 daqiqa mobaynida qaynating.  Keyin sochlaringizni iliq damlamada chayib oling.

Manba: Bekajan nashri

35 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti:

    Bildirilgan fikrlar

  1. Shokirmirzo Shokirmirzo Mirzaabdullaxojiyev Rahmatjon og`li

    Salom men barcha yozganlarizni oqidim lekin togrimi -togrimasmi bilmadim shunga aniqlik kiritib togrisini yozvorin

    ...