Semirishni istayman

Semirishni istayman

9311
18

Ko‘pchilikning ortiqcha vazndan aziyat chekishi yangilik emas, ammo oramizda vazn orttirish payida bo‘lganlar ham ancha-muncha! Xo‘sh, qanday qilib hech qanday qo‘shimcha dorilarsiz, uy sharoitida, tezda «semirish» mumkin? Sahifamiz aynan shu haqda!

Vazn ortishi nimaga bog‘liq?

Tana vazni tabiiy holda mushaklar hajmi hamda yog‘ qatlamining ortishi, suyaklarning mustahkamlanishi va ular orasidagi bo‘shliq kamayishi hisobiga ortadi.

Mushaklarni chiniqtiring!
Yog‘, asosan, vazndan ko‘ra, qomatingizga ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ qatlami mushaklardek zich bo‘lmaganligi sababli, uning ortishi birdan ko‘zga tashlanadi. Erkaklarda yog‘ qatlamining ortishi tananing qorin qismiga, ayollarda esa badanga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Agar vazningizni 10 kg. va undan ortiqroq miqdorda ko‘payishini istasangiz, yog‘ bilan bir qatorda mushaklar hajmiga ham e’tibor bering. Vazningizni ortishi qomatingizni buzmasligi uchun kerakli joydagi (masalan, qo‘l yoki oyoq) mushaklarni chiniqtirish lozim.

Kichik tavsiyalar:
· Ovqatlanishdan avval, albatta, biror sevimli meva yoki sabzavotdan tayyorlangan sharbatni ichib, ishtahangizni oching!

· Kuniga kamida olti marta va  iloji boricha bir xil oraliqda tamaddi qiling.

· Ovqatlanib bo‘lgach, biroz muddat hech qanday jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmay, hordiq chiqaring.

·      Limono‘t (melissa)li damlama ham tana og‘irligini oshirish xususiyatiga ega.

· Tezda vazn ortishiga yordam beradigan xamirli, qovurilgan taomlar hamda shirinliklarni odatdagidan ko‘proq iste’mol qiling, ammo  ular taomnomangizni asosiy qismini egallashi shart emas.

· Uglevodlar, oqsil va yog‘ (aso­­­san o‘simlik yog‘i)ga boy bo‘lgan taomlarni iste’mol qiling.

· Sportning engil turlari bilan shug‘ullanish va ortiqcha asabbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik tavsiya etiladi.

Kaloriyalar haqida ham unutib qo‘ymang!
Vazn orttirish istagida bo‘l­ganlar, eng avvalo, taomnomasini kaloriyasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar bilan boyitishi lozim. Kaloriyalar miqdori yoshga ham qarab belgilanadi. Masalan, 18 yoshli qizga bir kunda 1760, 30 yoshlilarga 1860, 50 va undan yuqori yoshli xonimlar uchun esa 1660 kaloriya zarur bo‘ladi. Erkaklarda biroz farq qiladi: 20 yoshli yigit bir kunda 3050, 40 yoshli kishi 2480, 55 yoshdan oshgan kishilarga esa 2000 kaloriya tavsiya etiladi. Bu ko‘r­satkichlar vazni o‘rtacha kishilarga keltirilgan. Taomnomangizdagi kaloriyalarni 3000-3500 ga etganicha asta-asta ko‘paytirib boring. Eng kaloriyaga boy mahsulot pista bo‘lib, 100 g.mida  500 ga yaqin kaloriya bo‘lar ekan. Ammo, juda ko‘p miqdorda iste’mol qilingan pis­ta tishga sezilarli zarar etkazishini unutmang.

Maxsus parhez
Nonushtaga to‘xtaladigan bo‘l­sak, pishloqli, sariyog‘ surilgan non, bir tovoqcha suli yormali   bo‘tqa hamda yong‘oqlarni sut va shakarli qahva bilan iste’mol qiling. Yoki o‘rniga lavlagili ikra, so‘k (pshyonka)dan sutli bo‘tqa, shirin kakaoli ichimlikni tanlang. Ikkinchi nonushta (kunduzgi 10.00 lar)da makaron va qiymali taom bilan mevali sharbat tavsiya etiladi. Tushlikni karam sho‘rvadan boshlab, biror makaronli taom, kompot va quruq mevalar bilan yakunlang. Kechki tushlikda biror shirinlik bilan tamaddi qiling. Kechki ov­qatga go‘sht va pishloqli omlet iste’mol qilib, bir stakan iliq sut iching. Yoki grechkali bo‘tqa tanovul qilishingiz mumkin.

Manba: Bekajon.com

153 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti:

    Bildirilgan fikrlar

  1. baliq moyi oshqozon ichak kasalida mumkinmi

    ...
  2. Огар йордам болмаса шу маслахатдан,унда дохтирга кориниш тавсия этилади,гижжа ва шунга охшаш микроблар тогрисида соранг дохтирингиздан

    ...
  3. Men 7yildan beri sport bilan shugullanaman lekin semirmayman ovqatlanishim ham yaxshi

    ...
  4. Men juda ozg'inman lekin har kuni mashq qilaman lekin foydasi bömayabdi semirishim uchun nimani maslahat berasiz.

    ...
  5. kuniga kamida 6 marta tamaddi qilish oshqozon buzilishiga olib kemiydimi

    ...
  6. Бекчанов Бекчанов Лочинбек Мухаммаджонович

    Бу берган маслахатизда хечканака таъсир курсатмади

    ...
  7. Bulardi foydasi bolmasa nima qilish kere lekin maslahat uchun raxmat

    ...