Vaqt bilan sinalgan yoxud go‘zal bo‘lishning eng oddiy usullari

Vaqt bilan sinalgan yoxud go‘zal bo‘lishning eng oddiy usullari

6679
0

Bugun qaysi do‘konga kirmang, go‘zallik vositalari to‘ldirilgan peshtaxtalar darhol ko‘zingizga tashlanadi. Haqiqatan vositalar juda ko‘p, lekin ular orasida o‘zingizga keraklisini va foydalisini tanlab olish juda mushkul ish. Bundan tashqari, do‘konda sotiladigan qimmatbaho vositalarning deyarli har birida zararli kimyoviy unsurlar mavjud bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bugun biz e’tiboringizga havola etmoqchi bo‘lgan go‘zallik retseptlari har bir xonadonda topiladigan oddiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Eng qizig‘i, bu retseptlar bizning momolarimiz tomonidan sinalgan. Demak, ulardan hech ikkilanmay foydalanishimiz mumkin.

Suli yormasidan niqob
Maqsad: terining chuqur tozalanishiga yordam beradi.

Jarayon: bir osh qoshiq suli yormasini biroz issiq suv (agar yuz teringiz yog‘li yoki aralash bo‘lsa) yoki sut (quruq va normal teri uchun) bilan aralashtirib, idish ustini 7-10 daqiqaga qo‘ying. Hosil bo‘lgan bo‘tqa sovishini kutib, so‘ngra 15-20 daqiqaga yuzingizga surtib qo‘ying.

Unutmang: yuqoridagi niqobni tayyorlashda suv yoki sutni ko‘p solmang, niqob quyuq bo‘tqaga o‘xshashi lozim. Aks holda uni yuzga surtish noqulay bo‘ladi.

Sochlar uchun xantalli (gorchitsa) niqobi
Maqsad: sochlarni mustahkamlab o‘sish jarayonini jadallashtiradi va to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Jarayon: 2 osh qoshiq xantal kukunini 2 choy qoshiq shakar, bitta tuxum sarig‘i va 2 choy qoshiq o‘simlik yoki zaytun moyi va 2 osh qoshiq iliq suv bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan massani soch ildiziga surtib, boshingizni yarim soatga polietilen xaltacha bilan o‘rab qo‘ying.

Unutmang: hissiyotlaringizga yaxshilab quloq tuting, agar boshingiz biroz qichisa bu tabiiy hol, mabodo boshingizda «olov» paydo bo‘layotganini sezsangiz, unda tezkorlik bilan boshni yuving.

Bodringli niqob
Maqsad: terini namlantirib, husnbuzarlar paydo bo‘lishining oldini oladi va ulardan samarali xalos etadi.

Jarayon: bodringni qirg‘ichning mayda tishidan o‘tkazib, bitta tuxumning ko‘pirtirilgan oqi bilan aralashtiring. Tayyor niqobni 15-20 daqiqaga yuzingizga surtib qo‘yib, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlang.

Unutmang: ushbu niqobni tayyorlashda faqat yangi uzilgan va so‘lmagan bod­ring­lardan foydalanish tavsiya etiladi. Aks holda kutilgan natijaga erishish qiyinlashadi.

Tuxumli niqob
Maqsad: bosh teri holatini normallashtiradi, qazg‘oq tushishining oldini olib, soch­larni mustahkamlaydi.

Jarayon: tuxum sarig‘i, asal, konÑŒyak va aloe suvini bir xil miqdorda olib aralashtiring. Aralashmani boshga surtib, 1-2 soat kuting, keyin shampunÑŒ yordamida yaxshilab yuvib tashlang.

Unutmang: bunday niqobni aslo iliq yoki bundan ham yomoni, issiq suv bilan yuvib tashlamang.

Qatiqli niqob
Maqsad: sochlarni aminokislotalar bilan to‘yintiradi va soch gullashining oldini oladi.

Qanday: qatiqni suv hammomida biroz isitib boshingizga surtib, polietilen xaltacha hamda sochiq bilan o‘rab qo‘ying. Bir yarim soatdan so‘ng boshingizni iliq suv bilan yuvib tashlang.

Unutmang: niqobni yuvgandan ke­yin, achqimtir qatiq hidi kelmasligi uchun qatiq ichiga bir necha tomchi efir yog‘i tomizish tavsiya etiladi.

Limonli niqob
Maqsad: terini oqartirib, pigmentli dog‘lardan qu­tulishga yordam beradi.

Jarayon: bir choy qoshiq limon suviga, 50 g asal, bir osh qoshiq qaymoq (agar yuz teringiz yog‘li bo‘lsa qaymoq qo‘shish shart emas) va ozgina un qo‘shib bo‘tqasimon massa hosil qiling. Niqobni yuzingizga surtib, ustini doka yoki engil tabiiy mato bilan yoping. 15-20 daqiqadan keyin niqobni yuvib tashlang.
Unutmang: oqartiruvchi niqoblarni ertalab yoki kunduzi emas, aksincha kechki payt surtish tavsiya etiladi. Shunda istalgan natijaga tezroq erishasiz.

Zaytunli niqob
Maqsad: sochlarni yumshatib, ularga sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi va jilolanishini yaxshilaydi.

Jarayon: zaytun moyini biroz isitib, bosh ildizi va sochlarga yaxshilab surtib chiqing. Keyin polietilen xaltacha bilan boshni o‘rab, kamida bir soat ushlang. Belgilangan vaqt o‘tganidan keyin shampunÑŒ yordamida yuvib tashlang.

Unutmang: boshingizni yuvishdan avval shampunь surtib, yaxshilab uqalang. Undan keyin yuvib tashlang. Shunda sochlarni yuvish jarayoni osonlashadi.

Manba: Bekajaon.com

43 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel


Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: