Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati tubdan yaxshilanadi!

6947
0

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi bo‘lgan sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasini rivojlantirish borasidagi “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” tamoyilini izchillik bilan hayotga tatbiq etish ustuvor vazifa deb belgilangan.

Ma’lumki, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash bo‘yicha bosqichma-bosqich diqqatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi natijasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika ­bazasi mustahkamlandi, davolashning eng ilg‘or uslublari keng qo‘llanilmoqda, aholiga birinchi davolash-profilaktika yordami ko‘rsatilishining zamonaviy tizimi yaratilgan. Aholiga shoshilinch va maxsus tibbiy yordam ko‘satish tizimi izchillik bilan ­takomillashtirilmoqda.

Xususan, bugungi kunda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning viloyat bo‘limlari, bir yuz yetmishdan ziyod subfiliallari, “103” tez tibbiy yordam hamda sanitar aviatsiya xizmati el salomatligini asrash yo‘lida tunu-kun uzluksiz faoliyat olib bormoqda. Shoshilinch tibbiy yordam muassasalarining avtoparklari ham keyingi yillarda chaqiriqlarga o‘z vaqtida yetib borish maqsadida to‘rt yuzta maxsus transport bilan ta’minlandi.

Mustaqillik yillarida qishloq joylarda uch mingga yaqin qishloq vrachlik punktlari barpo etilib, mazkur muassasalar yangi tibbiy texnologiyalar bilan ta’minlandi. Ushbu ixtisoslikda ishlaydigan umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi, shuningdek, patronaj hamshiralik xizmati shakllantirildi. Shuningdek, aholiga yuqori sifatli diagnostika yordamini ko‘rsatish, ona va bola skriningi, perinatal xizmatlar, shoshilinch hamda ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining zamonaviy tizimi yaratildi. Bularning bari salomatlik bilan bog‘liq ko‘plab muammolarning oldini olish va eng muhimi, keng jamoatchilikning tibbiy madaniyat darajasini yuksaltirish, aholi sog‘lig‘ini saqlash borasida salmoqli ko‘rsatkichlarga erishish imkonini bermoqda. Masalan, mamlakatimizda keyingi besh yil ichida har 100 ming chaqaloqqa nisbatan onalar o‘limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‘limi 11 tadan 10,7 taga kamaydi.

Shuning uchun ham nufuzli “The Lancet” tibbiyot jurnali tomonidan e’lon qilingan tabobat, hayot va salomatlik bilan bog‘liq barqaror rivojlanishning ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytingda O‘zbekiston MDH mamlakatlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. “Doyalar ishtirokidagi tug‘uruqlar” mezoni bo‘yicha O‘zbekiston maksimal darajadagi bahoni, “Kasalliklar tibbiy profilaktikasi darajasi” bo‘yicha — 93, “Havo ifloslanishi tufayli kasallikka chalinish” mezoni bo‘yicha — 89, “Oilani rejalashtirish va reproduktiv yosh” bo‘yicha — 84, “Chekish” hamda “Ichishga yaroqsiz suv ­iste’moli bilan bog‘liq kasalliklar” mezoni bo‘yicha 81 ball to‘pladi va salomatlik reytingida jahondagi 188 davlat o‘rtasida 55-o‘rinni egalladi.

Yana bir e’tiborli jihati, O‘zbekiston jahondagi nufuzli tashkilot — “Save the children” (“Bolalarni asraylik”) xalqaro muassasasi tomonidan tuzilgan dunyo reytingida bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta ­g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan eng ilg‘or o‘n mamlakat qatoridan joy olgan.

Xalqimizda “Tani sog‘lik – tuman boylik”, degan naql bejiz aytilmagan. Tani sog‘ odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi, yurti ravnaqi uchun butun kuch-qudratini ishga soladi. Partiyamiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovoldi dasturida sog‘liqni saqlash sohasini yanada isloh qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish maqsadida qishloq vrachlik punktlari, tez tibbiy yordam stansiyalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha, shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha bir qator dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Har bir yurtimiz fuqarosini prezidentlik saylovlarida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodiga ovoz berishga chaqiramiz.

Manba: Sharh.uz

Novosti iz mira vыsokix texnologiy na HiTech24.News

1 ta ovoz

Shifo.uzni Telegram orqali kuzatib boring: https://telegram.me/shifouzchannel

Ovoz berish:
1 2 3 4 5

ULASHISH

Komment qoldirish

O'zbekiston poytaxti: