Shifo.uz Yangiliklar 2015 - yilga munajjimlar bashorati

2015 - yilga munajjimlar bashorati

2015 - yilga munajjimlar bashorati

Qo'y burji vakillari (21 - martdan 20 - aprelgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Yaqinlashayotgan 2015 - yilda sizda Optimizm yo'qolishi mumkin. Bu esa uzoq vaqtlardan beri ishlayotgan loyihalaringizdan voz kechishingizga olib kelishi mumkin. Qaror qabul qilishda shoshmang. Haqiqiy natijaga erishishingizga judayam oz qoldi. O'z maqsadingiz sari intilishda davom eting va so'ngida sizning erishgan yutuqlaringizdan barcha hayratda qoladi. Barchasi o'z qo'lingizda!
Shuningdek, 2015 - yilda sizni katta o'zgarishlar kutayapti. Yilning birinchi sakkiz oyida sayohatga chiqishni tavsiya etamiz. Daromadingiz ortishi ham ko'zda tutilgan. Faqat bitta shart bor: yuzaga keladigan imkoniyatlarni o'tkazib yubormang.

- Buzoq burji vakillari (21 - apreldan 21 - maygacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Yangi yil siz uchun juda omadli bo'ladi. Ish faoliyatingizda sizni navbatdagi ko'tarishlar, rag'batlantirishlar kutayapti. Kelayotgan yilda siz istaganingizcha qaysarligingizni qilishingiz, ko'proq vaqtingizni o'zingizga ajratishingiz, 2014 - yilda umuman vaqt yetkaza olmagan ishlaringizga e'tibor qaratib muvaffaqqiyatli yakuniga yetkazishingiz mumkin.
Shuningdek, 2015 - yilda siz yangi gornizontlarni ishg'ol etishingiz kerak - Toifangizni oshirish bo'yicha kurslarni o'tash, qandaydur o'ta zamonaviy texnika bilan muomala qilishni o'rganish, biznesiningizni kengaytirishingiz lozim. Bularning barchasi sizdan bir qancha eskicha qarashlardan voz kechib, hayotga zamonaviy ko'z bilan nigoh solishni talab etadi.

- Egizaklar burji vakillari (22 - maydan 21 - iyungacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Kelayotgan 2015 - yilda siz yangi g'oyalar bilan yonasiz. Hali o'zingiz ham bilmaydigan xususiyatlaringiz yuzaga chiqadi. Bularning barchasi sizga mashxurlik va yaxshi daromad olib keladi.
Ammo qanchalik mashxurlik og'ushida qolgingiz kelsa ham, bari bir yerga tushishga to'g'ri keladi. Yaqinlashayotgan yangi 2015 - yil sizdan ma'suliyat talab etadi. Sizning bir qancha g'oyalaringiz juda omadli chiqishi, ba'zilari esa shunchaki g'oya bo'lib qolib ketishi mumkin.
Shuningdek o'zingizning sog'lig'ingizga ham e'tibor qaratishingiz lozim. Ayniqsa asab tizimi bilan bog'liq hastaliklardan uzoqroq bo'ling. Shunda barcha maqsadlaringizga erishish uchun imkoniyatlaringiz yanada oshadi.

- Qisqichbaqa burji vakillari (22 - iyundan 22 - iyulgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Siz uchun 2015 yil o'zgacha o'tadi. Biror martta ham pessimistik kayfiyatga tushib qolmasligingiz kerak. Bu hayotingizdagi o'zgarishlarni to'gri qabul qilishingiz uchun zarur. Agar, sizning yoningizda sizni himoya qiladigan va avaylaydigan insonlar bo'lsa, bu vaziyatlardan onsongina chiqib ketasiz. Shuning uchun yaqinlaringizdan yiroqlashmang, ularga yaxshi munosabatda bo'ling. Kelayotgan yangi yilda bunga ko'p narsa bog'liq bo'ladi.
Daromadingiz ham doim bir xil bo'lmaydi. Agar siz yillar davomida yaxshigina mablag' yeg'ib qo'ygan bo'lsangiz, uning kamayishi kuzatiladi. Bu mart va iyul oylariga to'g'ri keladi. Agar siz oylikdan - oylikka yashasangiz, u holda qo'shimcha daromad manbai topishingiz kerak bo'ladi. Negaki, siz olayotgan pul birinchi darajali istaklaringizga yetmay qolishi mumkin.

- Arslon burji vakillari (23 - iyuldan 23 - avgustgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Sizni ancha yengil yil kutmoqda. Ammo, bu bilan sizda hozir mavjud bo'lgan barcha muommolar yengilgina hal bo'ladi degani emas. To'g'risini aytganda siz o'z maqsadlaringizni o'zgartirasiz va hozir sizni qiynayitgan muammolardan xalos bo'lasiz. Shuningdek, bu hol sizga yoqmaydigan ishlar bilan shugullanishdan xalos etadi.
Bulardan tashqari sizni ajoyib loyihalar kutmoqda. Ular yordamida siz o'zingizning barcha iste'dodingizni namoyon etib, ishingizda yuqorilaysiz va albatta daromadlaringiz ham oshadi. 2015 - yil siz uchun sayohatlar yiliga ham aylanadi. Siz yo juda katta mashxurlikka erishasiz yo uni yo'qotasiz. Kuz oyiga kelib ishlaringizda omadsizliklar yuzaga kelishi mumkin.

- Parizod burji vakillari (24 - avgustdan 23 - sentabrgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Siz uchun 2015 - yil o'zgarishlarga boy bo'ladi. Qandaydur sabablarga ko'ra siz nafaqat ish joyingizni, balki turar joyingizni ham o'zgartirishingiz mumkin. Yodingizda tuting, agar siz bu ishni avgust o'rtalarigacha amalga oshirsangiz, o'zingizga noma'lum bo'lgan joyga yo'l oling. Shuni esda tutingki, taqdiringizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan qarorlarni shoshilinch qabul qilmang. Yakunida nimaga erishishingizni emas, nimani yo'qotishingiz mumkinligini hisobga oling.
"Krizis" - bu hali shu paytgacha bor kuchingiz va sabringizni tikkan ishlaringizdan voz kechish payti degani emas. Agar siz o'z yo'nalishingizda davom etsangiz, oxir - oqibat aql bovar qilmas omadga erishasiz va moliyaviy mustaqillikka erishib, muammolaringiz bo'lgan odamlar bilan munosabatlaringizni yaxshilab olasiz. Shuningdek kuzda sizni juda muhim voqea kutmoqda.

- Tarozi burji vakillari (24 - sentabrdan 23 - oktabrgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Siz uchun 2015 - yil kichik yo'qotishlar va katta g'alabalar yili bo'ladi. Siz nimaiki yo'qotmang, ularning barchasi sizga nurli kelajak eshiklarini ochadi. Shuning uchun yoqimsiz xotiralarni yodda saqlamang va taqdir sizga nima sovg'a qilsa ularni boricha qabul qiling. Sizda hozirgidan ko'ra ko'proq pul ishlash imkoniyati bor. Ish jarayoni esa sizga yanada yoqimli tuyula boshlaydi. Faqat, buning uchun sizga nimalarnidur o'rganish talab etiladi. Dangasalik qilmang, vaqtingizni to'g'ri taqsimlang.
Shuningdek yangi yilda siz ko'chmas mulk bilan bog'liq savollarni ham qilishingizga to'g'ri keladi - sotib olish, sotish yoki almashish. Bu sizning qarindoshlaringiz bilan yoki shaxsiy statusingiz o'zgarishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Sizni yana o'zingiz o'ylagandanda ajoyib sayohat kutmoqda.

- Chayon burji vakillari (24 - oktabrdan 22 - noyabrgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Sizni 2015 - yilda sezilarli o'sish kutmoqda. Shu kungacha sizga halal bergan, oyog'ingizdan tortgan barcha to'siqlar hayotingizdan yo'qoladi.Siz o'zingizni juda erkin xis etasiz, siz uchun turli yo'llar paydo bo'ladi. Muhimi to'g'ri yo'lni tanlay olish. Sizga hech bo'lmaganda kuzgacha uyingizni yoki ish joyingizni o'zgartirish tavsiya etilmaydi. Avgust o'rtasigacha qilingan har qanday ko'chish siz uchun omadli bo'lmasligi mumkin.
Ammo katta omadni sizga yangi biznes aloqalar taqdim etadi, agar o'z biznesingiz bo'lsa. Uni kengaytirish va yanada foydali yo'nalishlarni yo'lga qo'yishingiz imkoni paydo bo'ladi. 2015 - yilda orttirgan hamkorlaringiz esa bunda sizga yordam berishadi. Agarda siz birovga ishlasangiz sizni juda tez bo'lmagan, ammo ishonchli bo'lgan o'sish kutmoqda. Ham ish faoliyatingizda, ham daromadingizda

- O'qotar burji vakillari (23 - noyabrdan 21 - dekabrgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Siz 2015 - yilda avval hech ham duch kelmagan yetishmovchiliklarga guvoh bo'lasiz. Sizning ishingiz bilan bog'liq qandaydur cheklovlar paydo bo'lish ehtimoli katta. Bunday paytda siz yo bu holatga ko'nikishga, yoki boshqa yo'llarni izlashga harakat qilasiz. Balkim eng, bunday cheklovlar yo'q ishga o'tganingiz yaxshi bo'lar.
Bunday paytda chet tillarni o'rganishingiz zarar qilmaydi, balkim o'z ishingizni xorijda davom ettirish imkoniyati paydo bo'lib qolishi mumkin. Bundan tashqari sizni qandaydur o'zgacha bilimlar ham kutib turibdi - uning yordamida siz o'z darajangizni yanada yaxshilab olishingiz mumkin.

- Tog' echkisi burji vakillari (22 - dekabrdan 20 - yanvargacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Tog' echkilari uchun 2015 - yil belgilagan maqsadlariga erishish uchun halal berayotgan to'siqlarni yengib o'tish uchun navbatdagi davr hisoblanadi. To'siqlarni yengib o'tish uchun qanchalik faol harakat qilsangiz, sizning shaxsiy hayotingiz ham shunchalik omadga boy bo'ladi. O'zingizni qanchalik yengil xis etsangiz, daromadingiz ham, o'zingizga ishonchingiz ham ortishi imkoni paydo bo'ladi.
Shuningdek kelayotgan yilda, siz teatr, kino va ijodiy ko'rgazmalarga ko'proq boradigan bo'lib qolasiz. Sizda uyg'onayotgan ijodga bo'lgan muhabbat sizni o'zgartirishi mumkin. Shu kungacha biror martta ham qo'lingizga mo'yqalam olmagan yoki birorta ham hikoya yozmagan bo'lsangiz ham bu vaqtda o'zingiz ham sezmagan iste'dod paydo bo'lishi mumkin.

- Qovg'a burji vakillari (21 - yanvargacha 18 - fevralgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Qovg'alarni 2015 - yilda ijodiy yuksalish kuzatilishi kutilmoqda. Buning natijasida siz nafaqat o'z yurtingizda, balki xorijda ham nom orttirishingiz mumkin. To'g'ri bu paytda vizalar va boshqa hujjatlar bilan qandaydur muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun sayohatlarni re'jalashtirayotgan bo'lsangiz, yaxshisi soliqlarni o'z vaqtida to'lashingizni maslahat beramiz.
Shuningdek, kirib kelayotgan yil sizga ishxona yoki o'qishdagi do'stlaringiz bilan aloqalaringiz yanada mustahkamlanishiga imkonlar yaratadi. Siz o'z do'stlaringiz va hamkorlaringiz bilan onsongina umumiy tilni topa olasiz. Shu bilan sizning ishonchli do'stlar ro'yhatingizdagi ismlar soni oshib boradi.

- Baliq burji vakillari (19 - fevraldan 20 - martgacha) uchun 2015 - yilgi munajjimlar bashorati.
Baliqlarga 2015 - yil O'zingizga ortiqcha muammolarni sotib olmang, yangi yil haqida o'ylang va asosiy e'tiboringizni qarindoshlaringizga qarating.
Shuningdek, ishxonangizda ham o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Agar siz bo'yningizga qo'shimcha ma'suliyatni olishga tayyor bo'lsangiz siz nafaqat ko'proq o'rganishingiz shuning bilan yangi aloqlarni o'rnatishingiz ham tavsiya etiladi. Agar, aksincha sizga ishingiz yoqmasa va ortiqcha ma'suliyatni ko'tara olmasangiz yaxshisi ish joyingizni o'zgartirganingiz ma'qul.

Manba: Megauz.uz

175 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5