- Xalq Tabobati
Achchiq shuvoq (Ermon)
![Achchiq shuvoq (Ermon)](/upload/iblock/50b/50b3cceb6f252ca7945b104e275a7766.jpg)
1.Xalq tabobatida shuvoqning 500 grammi 6 litr suvda mil-mil qaynatilib ,10 kun 3 mahal 50 grammdan parhez bilian ichilsa,ovqat hazmi buzilganida,jigar,me'da,taloq,o't pufagi kasalliklarida foyda qiladi.
2.Shuvoq qaynatmasidan 10 kun 3 mahal 50 grammdan parhez bilian ichilsa ,bavosil,bezgakni tuzatadi,ishtahani ochadi,uyquni joyiga keltiradi,gijjalarni tushiradi.
3.Qaynatmani 15 kun 2 mahal bitishi qiyin yara-jarohatlarga surtib bog'lansa ,tuzatadi.
4.Shuvoq qaynatmasi eski ko'z kasallariga 12 kun 3 mahal tomizilsa ,foyda qiladi.
5.Qaynatmasi 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa ,hayzni meyoring holga keltiradi.
6.Shuvoqning ho'lligida siqib olingan suvi sariq va istisqo kasalligida 20 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichilsa,foyda qiladi.
7.Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan och holda ichilsa ,nafas yo'llari shamollash, kamqonlik,revmotizm,bronxial astma va uyqusizlik kasalligining oldini oladi .
8.Shuvoq qaynatmasi me`da -ichak yo'li ishini jonlantirib ,o't ajralishini va me`da osti bezi funksiyasini kuchaytiradi,ovqat hazmini yaxshilaydi . Ovqat tarkibidagi zararli bakteriya va zamburug'larni o'ldirib , yallig'lanishga qarshi ta`sir ko'rsatadi ,markaziy nerv sistemasini qo'zg'atib ,yurak ishini joyiga keltiradi.(qaynatmani 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichish kerak .)
![](/images/5.jpg)
Ovoz berish: