- Xalq Tabobati
ALOE TOMOQ OG‘RIG‘INI DAVOLAYDI
Rossiyaning Kostroma shahrida yashaydigan V.Tarusova shunday yozadi:
-Tomog‘im og‘riy boshlashi bilanoq aloedan foydalanaman. Aloening barglaridan sharbatini siqib olib tomoqni chayqash lozim. Bu darhol ijobiy ta’sir qiladi.
-Shifokor-terapevt Galina Fisenko bu holga shunday izoh beradi:
-Aloe sharbati shamollashga, mikroblarga qarshi kurashuvchi foydali doridir. U mikroblarga qiron keltiradi. Shu narsa isbotlanganki, aloe sharbati hattoki, stafilokokka, streptokkok, difteriya tayoqchalariga qarshi ham kurasha olish xususiyatiga ega. U og‘iz va xalqum jabhasidagi zararkunandalarni bartaraf qiladi. Aloening pastki barglaridan terib oling va bir kecha-kunduzdan oshirmasdan sharbatini olganingiz ma’qul. Imkon boricha har gal yangi sharbat bilan og‘iz chayqashingizni maslahat beraman.
Ovoz berish: