Shifo.uz
Xalq Tabobati
Andiz ildizi va ildizpoyasi
- Xalq Tabobati
Andiz ildizi va ildizpoyasi
Andiz turlarining preparati balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida hamda me’da va ichak kasalliklarida ishlatiladi. Efir moyi antiseptik, gijja haydash xususiyatiga va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Uning gijja haydash xususiyati tarkibida santoninga o‘xshash ta’sir etuvchi moddalar - alantolaktonlar borligiga bog‘liq. Qora andiz ildizpoya va ildizidan allanton dorivor preparati olingan. Allanton mahsulotning seskviterpenlarining yig‘indisi bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, qon tomirlarini mustahkamlovchi va antiseptik ta’sirga ega hamda me’da yara kasalligida yaraning bitishini tezlatadi. Dorivor preparati. Qaynatma, allanton (tabletka holida). Ildiz va ildizpoyasi yo‘talga qarshi hamda balg‘am ko‘chirish uchun ishlatiladigan yig‘malar - -choylar tarkibiga kiradi.
DARMANA ShUVOQ GULI
Gul g‘unchasi va uning preparatlari dumaloq gijjalar (ayniqsa, askaridalar) ni haydash uchun ishlatiladi. Mahsulotdan olingan efir moyi – darminol bakteritsid ta’sirga ega, u antiseptik dori sifatida hamda bod, nevralgiya va boshqa kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Efir moyidan olingan gvayazulen yallig‘lanishga qarshi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bronxial astma, bod, ekzema va boshqa kasalliklarni hamda rentgen nuri ta’sirida kuygan joylarni davolashda ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Santonin kukun (poroshok) va tabletka holida chiqariladi), gul g‘unchasi (murabbo, asal, qand va sharbat bilan birga iste’mol qilinadi), efir moyi - darminol, gvayazulen.
27 ta ovoz
Ovoz berish: