Shifo.uz Bolalar Salomatligi Anemiya nima?

Anemiya nima?

Anemiya nima?

Anemiya yoki kamqonlik atamasi ostida qon hajmining birligida qizil qon pigmentining (gemoglobin) yoki qizil qon tanachalarining (eritrositlar) yetishmasligi tushuniladi. Anemiya quyidagi sabablarga ega bo'lishi mumkin: o'tkir yoki surunkali qon yo'qotish (yara, operasiya, oshqozon-ichak sohasida qon yo'qotish); qon hujayralarining tez nobud bo'lishi yoki eritrositlar hayotining davomiyligining qisqarishi; bir xil, balanslashtirilmagan oziqlanish, qon uchun foydali bo'lgan elementlarning tanqisligi (oqsil, temir, foliy kislotasi, B12 vitamini, mis); ichakda muhim elementlarning so'rilishining buzilishi (surunkali oshqozon-ichak kasalliklari tufayli). Eng keng tarqalgan anemiyaning turidan biri bu - temir moddasining tanqisligidir. Uning oziq-ovqatlardagi yetishmovchiligi uning organizmdagi defisitga olib keladi. Qon tizimi yetarli darajada temir moddasini qabul qilmasa, u o'z navbatida gemoglobinning yetarli miqdorini ham ishlab chiqara olmaydi. Oqibatda esa eritrositlar unga yetarli darajada qoniqmasdan, organizm yetarli miqdorda kislorodga erishmaydi.

Anemiyada bolaning terisi rangsiz, oq bo'lib, bolaning tirnoqlari ostida, lablari va ko'zning shilliq qatlamining shunday rangda bo'lishi kuzatiladi. Agarda ushbu holatda bola o'zini toliqqan, e'tiborning susayishi, holsizlik hamda ishtahaning pasayishi qo'shilsa albatta vrachga murojaat eting. Anemiya faqat qon taxlilidan so'ng aniq belgilanadi. Muhim: aksariyat bolalar rangsiz yuz va toliqqan ko'rinishda bo'lsalar ham, kamqonlik kasalligidan aziyat chekmaydilar.

Kasallik qanday kechadi?

Bolalarda anemiya toliqish, rangsizlik, ishtahaning yo'qolishi, bosh og'riqlari, teri quruqligi, tirnoq va sochlarning sinuvchanligi, og'iz burchaklaridagi yoriqlar va turli yuqumli kasalliklarga tez chalinishlari bilan namoyon bo'lishi mumkin. Kasallikning og'ir shakllarida qiyin nafas olish, bosh aylanish, tez yurak urishi, shilliq qatlamlarning o'zgarishi (silliq malina rangidagi til, ta'm, hid sezishning o'zgarishi, yutishning murakkablashishi), shu bilan birga jigar va taloqning shishishi ham kuzatiladi.
Agarda emizikli bola rangsiz, holsiz, ishtahasining bo'g'ilganligi, rivojlanishning sustligi va yuqiumli kasalliklarga tez chalinishi kuzatilsa - bu kamqonlikning belgilaridan biri bo'lishi mumkin.

Simptomlar
• Rangsiz lablar va tirnoqlar.
• Rangsiz ko'zlar.
• Toliqish.
• Nafasning bo'g'ilishi
• Ishtahaning yo'qligi
• Tez yurak urishi



Anemiyani shubha qilsangiz albatta bolani vrach nazoratidan o'tkazing. Anemiya boshqa kasallikning simptomi bo'lishi mumkin. Qonning taxliliga muvofiq vrach chindan ham bolangizda anemiya mavjudiligi haqida to'liq axborotni beradi. Ayrim hollarda kasalxonada yanada chuqurroq tekshirish amalga oshirilishi mumkin. Agarda anemiya temir moddasining yetishmovchiligi natijasida vujudga kelgan bo'lsa, u holda vrach temir moddasi mavjud tomchi, sok yoki tabletka ko'rinishidagi dori vositalarini yozib beradi. Muddatdan ilgari tug'ilgan bolalarda yoki bola faqat ona suti bilan oziqlansa, profilaktik usul bilan temir moddali tomchilarni qabuli yordamida anemiyaning oldini olish mumkin.

Uy muhitidagi yordam
Bolaga temir moddasi mavjud mahsulotlarni bering. Bu - baliq, potroxa, tuxum sarig'i. To'q yashil bargli sabzavotlar va yong'oq ham temir moddasiga boydir.
S vitamining qabuli ham temir moddasining yaxshi so'rilishiga sabab bo'ladi.

Davolanish
Agar bolangizda anemiya mavjud deb hisoblansangiz uni albatta vrach nazoratidan o'tkazing. Faqat qon taxlili yordamida anemiya boshqa kasallik simptomimi yoki uning bir turimi - buni aniq holda vrach yordamida bilib olasiz.
Bolaga turli xil oziq-ovqatni taklif eting. U temir moddasiga boy bo'lsin: go'sht, tuxum, boshoqli non, suli yormasi, sabzavotlar, mevalar bering. Chunki bir xil tusdagi mahsulot va taomlar ham bola organizmida temir moddasining tanqisligiga olib kelishi mumkin. Ovqatdan so'ng tortiq etiladigan C vitaminiga boy turli mevali soklar temirning yaxshi so'rilishiga olib keladi.
Anemiyani maxsus parhezga amal qilgan holda davolay olmaysiz. Shu sababli vrach temir moddasi mavjud dori vositalarini yozib beradi. Ularni iloji bo'lsa ertalab nahorga bersangiz, ta'sir etish kuchini oshiradi. Yomon hazm etish yoki temir moddasining yetarli darajada ichaklarda so'rilmaslik holatlarida preparat in'eksiya ko'rinishida belgilanadi.
Barcha dori vositalari singari ushbu dorilar ham bola qo'li etmaydigan joyda saqlanishi lozim. Katta hajmdagi temir moddasining qabuli bola organizmining zaharlanishiga olib keladi. Ushbu dori-darmonlardan bola axlatining rangi to'q tusga ega bo'ladi.

Manba: Kichkintoy.uz

8 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5