Shifo.uz Hayot darsi Aynan bugun dasturi

Aynan bugun dasturi

Aynan bugun dasturi

1. aynan bugun men baxtga erishaman.

2. aynan bugun men o’rab turgan hayotga moslashishga harakat qilaman, xoxishlarimga esa moslashishga urinmayman ham. Men oilam ishim va hayot sharoitimni aslida qanday bo’lsa, shunday qabul qilib, unga tenglashishga harakat qilaman.

3. aynan bugun men o’z tanam haqida g’amxo’rlik qilaman. Jismoniy mashqlar bajaraman, o’z jismimni parvarish qilaman. To’g’ri ovqatlanib, o’z sog’ligimga zarar yetkazmaslikka urinaman va ularga beparvo munosabatda bo’lmayman, shunga erishayki tanam talablarimni to’la bajaruvchi ideal mashinaga aylansin.

4. aynan bugun o’z aql idrokimni rivojlanishiga alohida e’tibor qarataman. U yoki bu foyda beruvchi manbalarni o’rganaman. Aqliy jihatdan dangasa bo’lishni istamayman. Kuch-quvvatni mulohaza yuritish va fikrlarni bir joyga to’plashni talab etuvchi manbalarni o’qib chiqaman.

5. aynan bugun men ahloqiy kamolot bilan mashg’ul bo’laman. Buning uchun uchta ishni amalga oshirishni mo’ljallayman: kimgadir foydali ish ko’rsataman, ammo uning o’zi bundan bexabar bo’lishi mumkin. O’z xatti harakatimni o’zgartiraman, ruhan baxtiyor bo’laman.

6. aynan bugun men barchaga hayrixoh kayfiyatdaman. Imkoni boricha yaxshi ko’rinishga: o’zimga juda yarashgan kiyim kiyishga, osoyishta ovozda gaplashishga, o’zimni ko’rkam tutishga, maqtovga saxiy bo’lishga, hech kim tanqid qilmaslikka, jig’iga tegmaslikka va kimnidir xatosini tog’rimaslikka harakat qilaman.

7. aynan bugun men faqat shu kun bilan yashashga urinaman, hayotning barcha muammolarini birdaniga hal qilishga urinaman.

8. aynan bugun men o’z ishlarim dasturini belgilab olaman. Har bir soatda nima ish qilishim zarurligimni yozib olaman.

9. aynan bugun men yarim soat tinch va yolg’iz qolib, a’zoyi badanimni bo’shashtiraman.

10. aynan bugun men baxtli bo’lishdan, go’zallikdan rohatlanishdan, sevish va ishonishdan, kimni yaxshi ko’rish va sevishdan also qo’rqmayman. O’zingizni hayotdan mamnun tarzda tuting, o’y fikrlaringizni ham shu tarzda yo’naltiring, shunda hayotdan ko’nglingiz to’q bo’ladi.

2 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5