Shifo.uz Bekajon Ayol go'zalligining 10 ta siri

Ayol go'zalligining 10 ta siri

Ayol go'zalligining 10 ta siri

1. Ayolning yurishi chiroyli bo'lishi kerak. Qaddi rostlangan, qadamlari yengil va beg'ubor bo'lishi ayolni erkakdan farqini namoyon qilib turishi lozim. Yoga va fitnes bilan shug'ullanish ayol qaddini go'zalligini ochib berishga yordam beradi.

2. Yuz va badan terisi sog' va parvarishlangan bo'lishi lozim. Buning uchun haftada bir marta mahsus o'tli damlanmalardan, yoki dengiz tuzlarini qo'shgan holda vanna qabul qilishni unutmang. Yuzingizga vaqti-vaqti bilan muntazam ravishda niqoblar qiling.

3. Ayol ko'zlari uning eng katta boyligidir. Ko'zlari tiniq, charchamagan va parvarishlangan bo'lishi lozim. Buning uchun uyquga to'yib, ko'zga vitaminli tamponlardan qo'yib, o'tli danlanmalardan ko'zni chayib turish lozim.

4. To'g'ri ovqatlaning. Foydali ovqatlanish go'zallik garovidir. Yog'li, sho'r, shirin yeguliklardan bosh torting. Ko'proq meva va sabzavotlardan iste'mol qiling.

5. Toza havoda ko'p bo'ling. Toza havo organizm xujayralarini yangilanishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Har kuni saxarda toza havoda jismoniy mashg'ulotlarni amalga oshirsangiz jismonan va ruham yosharasiz.

6. Sochingizga alohida ahamiyat bering. Soch ham ayolning go'zalligini ochib beradi. Sochingizni parvarish qiling. A, E va B vitaminlariga boy mahsulotlardan iste'mol qiling. Soch doim toza va parvarish qilingan bo'lishi lozim.

7. Tirnoqlarga ahamiyat bering. Tirnoqlar toza, manikyur qilingan va sog'lom bo'lishi kerak.

8. Did bilan kiyining. Modani orqasidan qulamasdan, yarashib turadigan, sizning bor kamchiligingizni berkitib, go'zalligingizni ochib beradigan kiyimni tanlang.

9. Makiyajni to'g'ri qiling. Ortiqcha bo'yanish, didsiz boyanish va yoshiga mosmas bo'yanish ayolni go'zal qila olmaydi.

10. Qalbingizni go'zal qiling. Tashqi go'zallik doimo ichki go'zallik bilan birga namoyon bo'lishi lozim. Ayolda ichki qalbdagi go'zallik bo'lmasa uning tashqi ko'rinishi jalb qila olmaydi.

Manba: forum.ziyouz.com

15 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5