Shifo.uz Xalq Tabobati Bebaho sabzi sharbati

Bebaho sabzi sharbati

Bebaho sabzi sharbati

Sabzi sharbati o’zining shirin ta’mi  bilanboshqa sabzavotli sharbatlarda ajralib turadi. U vitaminlarga boy bo’lib, inon organizmni A darmondorisi bilan yetarli miqdorda ta’minlaydi. Sabzi sharbatining noyob xususiyatlaridan biri shundaki u birqancha kasalliklarni davolashda yordam beradi. Bulardan biri ateroskleros, bo’qoq, miokard infarkti, buyrakda tuz yig’ilishi va dermatit, ekzema va boshqa kasalliklarni davolashda koni foyda.

Shuningdek, ishtahani ochib, immunitetni mustahkamlaydi, ko’rish qobilyatini oshiradi, jigar buyrak, bo’qoq va teri kasalliklarida sabzi sharbati foydalidir. Sabshi sharbati yoshlik eleksiri deb ham  nomlashadi. Haftada ikki marotaba sabzi sharbati iste’mol qilish, organizmni infeksiyalarga qarshi himoya kuchini oshiradi, ishtahani yaxshilab, ko’rish qobilyatini maromiga keltiradi. Terini taranglashtirib rangni, tiniqlashtiradi.

Tarkibida bir qancha mikro elementlar, beta-karotin, B guruhiga mansub vitaminlar, flavonoid, fermentlar, mineral tuz, kaliy, magniy, tsinka, yod va bariy mavjud. Shu bilan birga sabzi tarkibidagi A darmondorisi organizmni kasalliklarga qarshi himoya kuchini oshiradi. Sabzi sharbatini yosh bolalarga berish mumkinmi? Shu kabi savollar yosh onalarni qiziqtirishi tabiiy. Shifokorlarning takidlashicha, go’dak uchun sabzi sharbati nihoyatda foydali bo’lib, bolaning suyak tizimini rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilar ekan. Sabzi tarkibidagi D vitamini bola suyaklarini rivojlanishida muhim o’rin egallaydi.

Agar farzandingizga sabzi sharbatini ta’mi yoqmasa, unday holda sabzi sharbati bilan olma sharbatini aralashtirib bering. Shunda ta’m uyg’unligi farzandingizg yoqishi shubhasiz.

"Begoyim" gazetasi

43 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5