- Maqolalar
Bodom foydalari
Bodom mag'zi tarkibida ko'p miqdorda moy emulsin fermenti , B1 va B2 vitaminlari qand,oqsil va boshqa moddalar bor . Xalq medetsinasida shirin bodom mag'zining qand bilan aralashtirilgani darmonsizlik , nafas qisish , bosh aylanish va yo'talga davo sifatida ishlatiladi . Achchiq bodomning musallas bilan qo'shilgani eshakemini davolashda , asal bilan aralashtirilgani esa toshma yaralarini quritishda davodir . . Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburug'li kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi . Qariqiz o'simligining ildizini bodom moyiga qo'shib damlab , so'ngra boshqa surtilsa , sochning to'kilishi anchagina kamayadi . Moyi ajratib olingan shirin bodomning turupi teriga qo'yilsa , uning rangi tiniqlashib , latif va chiroyli bo'ladi . Shirin bodom moyi yoki mag'zi suvga obdon ezib aralashtirilsa , bodom "suti" hosil bo'ladi . Tayyorlangan bodom "suti"dan ichilsa , beozor siydik haydovchi omil bo'lib xizmat qiladi . Shirin bodom moyidan bolalarga surgi dori qilingan. Qizamiq chiqqan bolalarga chuchuk bodom urug'i po'chog'ining qaynatmasi ichirilgan . Chidamli navi sovuqqa anchagina chidamli . Kech gullaydi . Bu esa o'simlik gullarini sovuq urib ketishidan saqlaysi .
2 ta ovozOvoz berish: