Shifo.uz Bolalar Salomatligi Bola kunduzi uxlashi shartmi?

Bola kunduzi uxlashi shartmi?

Bola kunduzi uxlashi shartmi?

Ko’pchilik uylarda bolalarni kunduzi uxlashga ota-ona, buvilar zo’plashmaydi, mayli uxlamasa uxlamasin, deyishadi. Bolalar bog’chasida esa albatta, majburlab uxlatishadi.

Xo’sh bola kunduzi uxlashi kerakmi, kerak bulsa nima uchun?

Pediatorlar va bolalar nevropatologlari 5-6 yashar bola kunduzi kamida 1,5-2 soat uxlashi shart degan fikrni aytadilar. Bola qanchalik yosh bulsa, unda uyquga bo’lgan ehtiyoj shunchalik kuchli bo’ladi. Yangi tug’ilgan bola bir kunda 19 soat, 3-5 oylik 17 soat, olti oylik 15 soat., 9-12 oylik 13 soat , 2-3  yashar 12,5 s., 4-5 yashar 11,5 s., 6 yashar bola 10 soat uxlashi kerak. Bu bolaning sihat salomat o’sishi uchun tabiatning o’zi belgilab qo’ygan zaruriyat. Bola yorug’ dunyoga kelgan zahoti kun bilan tunni ajrata olmaydi, u bir sutkada 4 martadan 11 martagacha uxlaydi. 1,5 yashar bo’lganda har 4,5 soatda 1,5-2 soat uxlatiladi. 3 yoshga to’lguncha 2,5-3 soat, 4-6 yoshgacha 1,5- 2soat uxlaydi. Faqat 7 yoshga borib, bola organizmi tungi uyquga moslashadi. 7 yashar bola kechasi yaxshi uxlamagan bo’lsa, maktabda toliqsa, shamollagan yoki holi qurigan bo’lsa uni kunduzi uxlatish kerak, shunda quvvati tezroq asli holiga keladi. Demak bola kunduzi albatta uxlagani ma’qul. Chunki bola kunduzi uxlaganida organizmdagi eng muhim bo’lgan uyqu va tetiklik bioritmlarni tabiatning o’zi bir maromda ishlatadi. Bola kunduzi uxlamasa bioritmlar uyg’un bo’lmay qoladi. Natijada bola jaxldor bo’lib, tez toliqadi, asabiy-ruhiy va jismoniy rivojlanishi sekinlashadi, yaxshi o’smaydi, immuniteti pasayib ketadi, tez-tez shamollaydigan bo’lib qoladi, bolalar infeksiyalari salga yuqadi.

Bola kunduzi miriqib uxlaganda yangi bilimlarni yaxshi o’zlashtiradi, ish sifati yaxshi bo’ladi. Bola qanchalik yosh bo’lsa , shunchalik ko’p narsalarni bilib olishi va eslab qolishi kerak. Bola kunduzi uxlasa kechasi to’yib uxlaydi, ishonmaysizmi? Bolam kunduzi uxlasa kechqurun vaqtli uxlamaydi. Kunduzi uxlamasa uxlamasin, keyin ertalabgacha to’yib, miriqib uxlaydi, deb o’ylaysiz. Lekin ochig’ini aytay, adashasiz. Tegishli vaqtda dam olmagan bola kechga borib bezovtalanadi, xoxlasa ham uxlashga qiynaladi. Kunduzi  taasurotlarga to’lib toshgan miya ularni kechasi qayta ishlashga qiynaladi, binobarin bola aloq-chaloq tushlar ko’rib chiqadi.

Shaharda yashaydigan bolalar ko’proq uxlashi kerak. Chunki mashinalarning shovqin-suroni, zararli chiqindilar bolaning nerv sistemasini “zaxarlaydi”, bir maromdagi hayotini izdan chiqaradi. Shuning uchun ular qishloq bolalariga qaraganda ko’proq charchaydilar. Bola uxlab yotganda miyaning maxsus himoya oqsili ishlanib chiqadi, u esa miyani zo’r keladigan narsalarga moslashtiradi. Sizlarga maslahatimiz shuki 2,5 oygacha bo’lgan chaqaloqlarni emizib bo’lgan zaxoti uxlating. 3 oylik bolani qorni to’ygandan so’ng 15-20 minut o’tgach, kattarog’ini yarim soat yoki bir soatdan so’ng uxlating.

1,5 yoshli bolani kunduzi faqat bir marta uxlating. Ozroq tixirlik qiladiyu, lekin keyin ko’nikib ketadi. Faqat har kuni ma’lum bir vaqtda, o’rgangan joyiga uxlasin.

Tabiatning o’zi shunday tartib o’rnatganki, ayol kishi har 28 kunda hayz ko’radi, shuning uchun qizaloq bo’lsa shu kunlar kelganda 2-4 kun vaqt ichida uxlashga qiynaladi, uyqusi siyrak buladi, injiq, bezovta bo’lib qoladi, masalan o’rniga yotishga hecham unamasligi mumkin. Lekin baribir aldab suldab uni uxlatish shart. Buni qarangki, katta qiz bo’lganida hayz ko’rishi qizaloqqa bolaligidan belgi berar ekan.

Bola 15-20 minut yotsayu lekin uyqusi kelmasa, mayli turaqolsin, uxlamaydiganga o’xshaydi, deb o’ylamang. Bu fikringiz mutlaqo xato. Chunki u o’rniga yotar ekandam oladi, ikkinchidan 1,5-3 yashar bolaga naq bir soatda, 4-6 yashargacha 30 minutda uxlab qoladi. Eng qizig’I shuki, mazasi qochib turgan bolaning uxlashiga ancha ko’p vaqt ketadi. Endi bolalar bog’chasiga boradiganlar haqida ikki og’iz.

Bola kunduzi uxlar bog’cha sharoitiga moslashadi, tarbiyachisiga, o’rtoqlariga o’rganadi. Chunki bola o’rtoqlari bilan birga xuddi uyidagidek yechinadi. Karovatda ular bilan ma’lum bir vaqtda gaplashib, kulishib o’ynashib ketadi. Bir oyda bir martami, ikki martami, bolani hayvonot bog’iga yoki dalaga olib borsangiz, unda uxlamasa ham buladi. Ba’zan-ba’zan kun tartibini buzish bioritmlarni mashq qildiramiz. Bu esa bola sog’lig’I uchun faqat foyda keltiradi, xolos.

Nilufar Ziyamuhamedova,

Shifokor-nevropatolog.

Manba: "Sihat-Salomatlik" jurnalidan

14 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5