Shifo.uz Bolalar Salomatligi Bolalarda meda – ichak kasalliklari

Bolalarda meda – ichak kasalliklari

Bolalarda meda – ichak kasalliklari

Kelajagimiz bo’lgan bolalar sog’ligini saqlash davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bolalar o’rtasida uchraydigan qizamiq, ko’kyo’tal va boshqa yuqumli dardlar bilan kasallanish kamayadi. Lekin bolalalarning o’tkir me’da-ichak kasalliklari bilan kasallanishi tez-tez uchrab turadi. Bu kasalliklarga qarshi kurashish faqat tibbiyot xodimlari emas, balki keng jamoatchilik va har bir inson oldidagi asosiy vazifa bo’lmog’I kerak. Shuning uchun ota-onalar bolalarda meda-ichak kasalliklarining kelib chiqish sabablarini, tarqalish yo’llarini, oldini olish choralarini bilishlari zarur. Bolalarda me’da-ichak kasalliklari nima uchun tez-tez paydo bo’lib turadi? Buning uchun bolalarning ovqat hazm qilish sistemasi qanday tuzilganligini qisqacha bulsada bilish zarur.

Ovqat hazmi og’iz bo’shlig’idan boshlanib, bu yerda ovqat maydalanadi va so’lak bilan aralashadi. So’lak ta’sirida ovqatdagi kraxmalning ko’p qismi eriydi, ovqat og’iz bo’shlig’idan qizilo’ngach orqali me’daga tushadi. Yosh bolalarda me’daga kirish yo’li to’la berkilmaydi va nozik bo’ladi. Shuning uchun yosh bola emganini tez-tez qaytarib tashlaydi. Me’dadan ovqat 12 barmoq ichakka so’riladi, bunda ona suti 1,5 soat ichida, sigir suti 3,5 soatda hazm bo’ladi. 12 barmoq ichak bo’shlig’iga ajraladigam shira aralashmalari ta’sirida ovqat aminokislotalar, yog’, gulyukoza va tuzlarga parchalanib, ingichka ichakka tushadi. Bolalar ichagi yaxshi rivojlangan bo’lib, kattalarnikiga qaraganda birmuncha uzunroq bo’ladi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida har yili bir milliardga yaqin bola ana shu kasalliklar bilan og’riydi. Umuman har yili yer kurrasida 5 millionga yaqin bola ich ketishi xastaliklari tufayli hayotdan ko’z yumadi. Ko’pincha bunday ko’ngilsiz oqibat bolaning ko’p miqdorda suv-tuz yo’qotishi natijasida ro’y beradi. Ana shu yo’qotilgan suv-tuz mutanosibligini tiklash shifokorlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun bolaga tuzli gulyukoza eritmasi ichirib organism yo’qotgan suyuqlik va tuz o’rnini tez to’ldiradigan davolash usuli (ORD) oral-regidratatsiya juda foyda beradi. Gulyukoza-tuzli eritma ichirib, bolalarni o’tkir ichak kasalliklaridan davolash fiziologik usul bo’lib, deyarli asorat bermaydi. Bu davolash usuli erta boshlanganda o’lim xodisasi juda kamayadi. Regidron va gulyukosalan ayniqsa keng qo’llanilmoqda. Eritmani 1 litr qaynatilgan suvda eritib ichiriladi. Eritma bir sutka davomida qoshiqchada 5-10 minut ichirib turiladi. Emizikli bolalar har 2 soatda emiziladi. Katta bolalarga qatiq mahsulotlari , choy berilib turiladi. Bemoq qusishdan qolib, ichi to’xtab, vazni ortsa eritma ichirish to’xtatiladi. Uyda regidron yoki gulyukosan bo’lmasa, 1 litr  1 choy qoshiq osh tuzi va olti choy qoshiq shakar solib, bemor bolaga tez-tez ichirib turilsa, juda yaxshi bo’ladi. Ichak infeksiyalarining oldini olish shaxsiy gigienaga rioya qilish, ichimlik suvlarini qaynatib ichish kerak. Ayniqsa ozodagarchilikka rioya qilish juda zarur.

Agar bolangiz meda-ichak kasalliklari bilan og’rib qolsa o’zingizcha harakat qilmang, albatta bolalar shifokoriga murojaat eting.   

18 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5