Shifo.uz Bolalar Salomatligi Bolaning immuniteti. Bolalarning immunitetini oshirish uchun 5 qadam

Bolaning immuniteti. Bolalarning immunitetini oshirish uchun 5 qadam

Bolaning immuniteti. Bolalarning immunitetini oshirish uchun 5 qadam

Bolaning pasaygan immunitetini qanday oshirish mumkin?

Hozirgi paytda 70% maktabgacha yoshdagi bolalarning immuniteti pasaygan, ayniqsa bu shaharlarda istiqomad qiluvchi bolalarga tegishlidir. Bola immunitetini oshirish uchun ko’p usullar mavjud. Lekin aksariyat ota-onalar bola kasal bo’lishni boshlaganda, ayniqsa kuz mavsumi boshlanganida bu haqda qayg’urishni boshlaydilar.

Bolaning immunitetini baquvvutlashtirish bu bir zumlik ish emas. Bunga biroz kuch va vaqt talab etiladi. Bola tanasining infeksiyalarga qarshi kuchni paydo qilish uchun kamida ikki oy talab etiladi. Immunitetni baquvvatlashtirishning ayni vaqti bu – yoz mavsumidir. Bolani sog’lomlashtirish o’ta murakkab ish emas.

Bunda sizlarga quyida keltirib o’tilgan 5 qadam yordam beradi. Har birini e’tibor bilan o’qib chiqing va so’ngra sekin-asta to’g’ri yo’lni tanlang.

Birinchi qadam

Dispanserizatsiya

Agar bolakay yil davomida ko’p va uzoq vaqt davomida kasalliklarga chalingan bo’lsa, u holda bolani pediatr, gastroenterolog, immunolog, LOR va stomatolog ko’rigidan o’tkazish lozim. Ularga uchrashdan avval esa ayrim taxlillarni oldindan topshirib tayyorlab qo’yishingiz mumkin.  Bular disbakteriozni aniqlash uchun axlat, immun va interferon holatini aniqlash uchun qon taxlili.

Shifokorlar taxlillar asosida maxsus taxlillarni ham buyurishi mumkin. Masalan yo’tal bosilmasligi holatida mikoplazma, pnevmocistni aniqlash uchun taxlil topshirishlar buyuriladi (qon, og’iz bo’shlig’idan surtmalar), og’iz bo’shlig’idan surtmalar surunkali tonzillitlarda topshirish buyuriladi. Surunkali kasalliklarga alohida e’tibor berib, ularni davolashga astoydil yondashish lozim. Bolada surunkali kasallikning mavjudligi uning organizmining himoya vazifalari sust bo’lishiga va tez-tez shamollashlarga sabab bo’lishi mumkin. Surunkali gaymoritlar, tonzillitlar, adenoidlar, atipik infeksiyalar (mikoplazma, pnevmocist, xlamidiya, gijjalar) bolaning immunitetiga salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Oddiy bo’lib ko’ringan kariesli tishlar ham bolaning immunitetining pastligiga va tez-tez shamollashlarga sabab bo’lishi mumkin. Har tomonlama tekshiruvlardan so’ng surunkali infeksiyaning koni topilsa va u bartaraf etilsa, bola keyingi yilda bu qadar tez-tez kasal bo’lavermaydi.  

Ikkinchi qadam

E’tiborni ichakka qarating

Bola immunitetining umumiy holatiga ichak florasining ahamiyati nihoyat kattadir. Chunki aynan ichaklarda immunoglobulin va immunkomponent hujayralarning hosil bo’lishi sodir bo’ladi. Bola tanasiga kirgan foydali moddalar, foydali oziq-ovqatlar aynan ichakda so’riladi. Shu bilan birga aynan shu yerda bir necha milliard immunokomponent limfoid hujayralar yashaydi, ular doimiy ravishda bizning sog’ligimizni himoya qilish uchun shay turadilar. Shlaklari ko’p ichaklar ham immunitetning pastligiga sabab bo’lishi mumkin, chunki normal ichak bajaradigan, foydali moddalarni so’rish qobiliyati unda sust bo’ladi. 

IMMUNITET – nima u? Ichaklar joyida bo’lishi va normal ravishda o’z vazifasini bajarishi uchun bola ko’proq gazsiz mineral suv, sut-qatiq mahsulotlari hamda klechatkaga boy mahsulotlarni yetarli darajada iste’mol qilishi lozim. Agarda immunitetning pastligiga disbakterioz sabab bo’lsa, u holda shifokor buyurgan taxlilni amalga oshirib, aynan qaysi bakteriyalar yetishmasligi aniqlangandan so’ng, bolaga xos davolash kursini o’tkazish lozim.

Bola immunitetini oshirishda ichaklar uchun foydali bo’lgan suli qaynatmasini ichish ijobiy natija beradi. Ushbu muolajani yozda bajarish lozim. 6 oylikdan bir yoshgacha bo’lgan bolalarga bunday qaynatmani 1 choy qoshiq, bir yoshdan – bir oshqoshiq, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarga – 2 osh qoshiq, 5 yoshdan so’ng esa – 100 ml. berish tavsiya etiladi. Suli qaynatmasi quyidagicha tayyorlanadi: yarim stakan yuvilgan suli (suli yormasi emas) ustiga 1,5 litr fil'trlangan suv quyiladi (sirlangan idishda). Ertalab 1,5 soat davomida, past olovda yopiq qopqoqli holatda qaynatiladi. Shunday holatda sulining ustki qatlamida mavjud B  guruhi vitaminlari suvga o’tadi. So’ng ushbu qaynatma tindirilib, suvi siqib olinadi. 

Ushbu qaynatmani ikki kungagina tayyorlash kerak va u muzlatgichda saqlanishi lozim. Qaynatma bolaga ovqatdan oldin berilishi lozim. Uning mazasi deyarli yomon emas va bolajon uni bir zumda ichib quyadi deb o’ylaymiz. Faqat unutmang suli bolaning ichini bo’shashtiradi. Shu sababli ushbu qaynatmani berishdan avval bolangizning shifokori bilan maslahat qilganingiz ma’qul, ehtimol u sizning farzandingizga mos miqdorni belgilab beradi. 

Uchinchi qadam

Sog’liq uchun vitaminlar

Immunitetni oshirishda faol ish ko’rsatuvchilar qatoriga antioksidantlar kiritiladi. Ular molekulalar, hujayralar va to’qimalarni stabillashtiradi va inson organizmini turli kasalliklardan himoya qiladi. Antioksidantlarga C, E vitaminlari, beta-karotin, glyutation-6, selen, cink, mis, marganec va L-cistein aminokislotasi kiritiladi. Ushbu moddalar don-dun mahsulotlarida, dukkaklik o’simliklarda, yangi uzilgan sabzavotlar va mevalarda, shuningdek o’simlik yog’larida mavjuddir.

Bola immunitetini oshirish uchun nima qilish kerak?

Afsuski, noma’qul ekologik holat, turli nobop o’g’itlardan foydalanish, sifatsiz suv, mahsulotlarning termik ishlov berilishi insonning vitamin va minerallarda bo’lgan sutkalik ehtiyojini qondira olmaydi.

Shu sababli yoz mavsumida yangi mevalar va sabzavotlar bisyor paytida ularni ko’p va to’g’ri iste’mol qilish, shu bilan birga polivitamin vositalardan shifokor maslahati bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

To’rtinchi qadam

Immunbaquvvatlashtiruvchi vositalar

Shifokor bolaning immunitet holatini o’rganib chiqqandan so’ng bolaga uning immunitetini baquvvatlashtirish va iziga tushirish uchun dori vositalaridan foydalanishi mumkin. Bular shifokorlar tilida o’simlik adaptogenlari deb ataladi. Bunday dori vositalariga exinaceya, jen'shen', eleuterokokk, qizilmiya ildizi (solodka), limonniklar va b. asosida tayyorlangan vositalar kiritiladi.

Profilaktik maqsadlarda foydalanilgan ushbu vositalar bolaning immunitetini baquvvatlashishiga yordam beradi. Albatta, profilaktik kurs jadvalini va uning miqdorini faqatgina shifokor belgilaydi. Chunki noto’g’ri dozirovkalangan yoki oshiqcha berilgan dori vositasi teskari natijaga – ya’ni immun tizimining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Otit, angina, bronxit bilan ko’p kasallangan bolajonlarga stafilokokk, streptokokk, gemofil tayoqchasi va klebsielladan himoya qiluvchi vositalardan yordamida profilaktik kurslarni o’tkazish tavsiya etiladi. Albatta buni faqat bolajonni davolovchi shifokor nazorati ostida olib boriladi.

Undan tashqari bola tez-tez shamollaydigan bo’lsa, u holda bolani baktericid ichimlik yordamida uning organizmi uchun profilaktikani olib borish maqsadga muvofiqdir. Bu – moychechak, kalendula, zveroboy damlamalaridir. Yoki bola uchun maxsus tayyorlangan bolalar choyini taklif eting (shipovnik, yalpiz, moychechak). Bunday bolalar uchun maxsus choylar bolaning og’zidan ovqat qoldiqlarini yuvib tashlaydi va og’izga bakterecid ravishda ta’sir etadi.

Beshinchi qadam

Davolovchi gimnastika

Maxsus davolovchi gimnastika bolani shamollashlardan himoya qilishi mumkin va bu bilan uning immun tizimiga ham ijobiy ta’sirini o’tkazadi. Bunday mashqlarni bir yarim yoshlik bola ham bajarishga qodir.

Bola tishlarini tozalaganda yoki yuz-qo’lini yuvganida undan bir mashqni bajarishiga odatlantiring, unga ko’ra – bola tilchasi bilan engagiga qadar imkon qadar cho’zishini iltimos qiling, bunday holatni taxminan 3 dan 10 soniyagacha ushlab turish tavsiya etiladi. Bunday mashq yordamida tomoqdagi qon aylanishi yaxshilanadi, turli kasalliklar va muammolarni keltirib chiqaruvchi, turib qolgan shilliq qatlamlar, turli infeksiyalar ortga chekinadi.

Gripp Har tong bo’yinni mashq qilish foydalidir. Bola boshini asta-sekin harakatlar bilan avval o’ngga, so’ng chapga qarab aylantiradi. Ushbu mashq quloq orqasidagi limfatik bezlarga ta’sir etadi va ularni yallig’lanishdan asraydi.

Bola o’z jajji mushtumchasi bilan ko’krak qafasini nafas chiqarishda asta-sekin harakatlar bilan dukillatadi, bunda "a", "o", "u" harflarini aytib nafasni chiqarish lozim. Bunday o’z-o’zining ko’krak qafasining massaji bronx va o’pkaning tabiiy himoya kuchlarini rivojlantiradi.

Manba: Kichkintoy.uz

115 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5