- Maqolalar
Bregg Pol Yurak
Taniqli parhezshunos, sog‘lom hayot targ‘ibogchisi Pol Bregg ushbu kitobi orqali yurakni asrab-avaylash, uning maromida ishlashiga oid ko‘plab tavsiyalar beradi. Bu borada, avvalo, tabiiy ozuqalarni iste’mol qilish lozimligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga inson doimiy harakatda bo‘lishi jismoniy mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullanishi lozimligini e’tirof etadi. “Ovqat eyish, jismoniy mashqlar, nafas olish, uyqu, kiyinish va oddiy hayot - barida Tabiat bilan to‘liq uyg‘unlikka erishing”. deydi u. Zotan, Bregg qayd etganidek, ana shunda yurak xurujlari kamayishi, noxush xastaliklar chekinishi mumkin.
MENING IShGA BOG‘LIQ HAYoTIM
Bo‘lajak naturalist sifatida men minglab odamlarning sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini o‘rganib, butun dunyoni aylanib chikdim. Kamina har yili etti ming odamga unumli ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar beraman. Mening shogirdlarim orasida opera, balet, kino artistlari, radio va televideniening mashhur xodimlari bor.
Shu bilan birga men mineral o‘g‘itlarsiz o‘stiriladigan ulkan sabzavot va meva plantatsiyalarini kuzataman hamda o‘simliklar, hayvonlar va insonning ovqatlanishi bilan bog‘liq tadqiqot ishlariga rahbarlik qilaman. Ish kunim o‘rtacha o‘n ikki soatni tashkil etadi, ammo men na og‘riqni, na charchashni, na yoshim ulug‘ligini his etaman.
MEN JUDA ZAIF, NIMJON BOLA BO‘LGANMAN
Menga juda katta qanoat baxsh etadigan mustahkam sog‘liq, bu - qo‘lingizdagi kitobda bayon etilgan usullar yordamida yuzaga kelgan. Men tamaki va cho‘chqa etishtirishga ixtisoslashgan Virjiniya shtatining ichki tomonidagi plantatsiyalardan birida tug‘ilgan edim. Tavallud topgan daqiqadan boshlab yuragim juda zaif bo‘lgan. Hatto hozirgi zamonaviy kasalxonalarda ham bunday bolalarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi.
Dastlabki o‘n to‘rt oy davomida mening hayotim uchun to‘xtovsiz kurash borgan. Kamina yuragim sekin urishidan aziyat chekar edim. Sakkiz yoshimda menga revmatik bezgak yopirildi, o‘n bir kun davomida men hayot va o‘lim orasida nari-beri borib kelganman. Zaif yuragim tufayli men o‘zimning sog‘lom tengdoshlarim qatori chopib yoki o‘ynay olmas edim. Sal o‘tmay boshqa kasalliklar: sinusit, astma, bronxit va keyinroq sil xastaligi bilan og‘ridim. Bir necha yilimni sanatoriylarda o‘tkazdim, u erda meni bir necha bor o‘limga duch qilishdi. Yashab ketishdan umid qolmagan edi.
QULAShDAN PARVOZ TOMON
Ammo qaerda hayot bo‘lsa, u erda umid ham bo‘ladi. Men doktor RollÑŒennng Shvetsariyada joylashgan tabiiy usullar bilan davolovchi mashhur sanatoriysida bo‘lishni juda istagan edim. RollÑŒeni sof havo, suv, quyosh, jismoniy faollik hamda tabiiy oziq-ovqat doktori, deb atashar edi.
Qisqa muddatda u mening organizmimni tiklashga muvaffaq bo‘ldi va men sog‘lomlik hamda kuch-quvvat tomon yo‘l oldim.
Mana shu vaqt mobaynida yana bir muhim voqea ro‘y berdi. Men o‘zimning butun xayotimni odamlarning bebaho salomatliklarini tiklash uchun bag‘ishlashga qaror qildim. Ha, aynan shu yo‘lga bor kuch-quvvatim va hayotiy faoliyatimni sarflashga ahd qildim.
O‘n yillar davomida men sog‘liqni tabiiy usullar bilan tiklash usullarini o‘rgandim va bilimimni dunyodagi minglab odamlarga «uzatdim». Mening izdoshlarim doimiy ravishda ko‘payib bormoqda va ular yurak faoliyati hamda organizmni deyarli har qanday holatlarda butunlay tabiiy usullar bilan davolash borasida guvoh bo‘lib turibdilar.
Endi esa men ushbu davolashning tabiiy usullariga asoslangan hayotiy dasturni tavsiya etaman. U menga qanday ta’sir etgan bo‘lsa, sizga ham aynan shunday ta’sir qiladi.
DUNYoDAGI ENG AJOYIB MEXANIZM, BU—SIZNING TANANGIZ
Tasavvur qiling, qandaydir sehrgar sizga hamma ishni harakat qilish, ta’mirlash, turli aqliy va jismoniy vazifalarni bajaradigan g‘alati mashinani tuhfa qildi, dey-lik. Va uning bajaradigan ishi davomiyligi 120 yil, hatto undan ham ziyod. Siz uni xuddi to‘tiyo kabi ko‘zingizga surib, ehtiyot qilasizmi? Albatta-da! Siz uning yanada ko‘proq uzunroq samarali ishlashi uchun zamin yaratib berishga harakat qilasiz. Va har kuni bu mo‘’jizaviy mashinani takomillashtirishga intilib, undan hayratga tushasiz.
Endi bir lahza to‘xtang va o‘ylab ko‘ring. Yaratgan Egam sizga eng ajoyib mashina — o‘z tanangizni tuhfa etgan. Mo‘’jizalarga to‘lib-toshgan bu mashina hech qachon to‘xta- maydigan motor (yurak), yonish tizimi (hazm qilish a’zolari), filÑŒtrlash tizimi (jigar), fikrlash apparati (miya v asab tizimi), haroratni boshqaruvchi (ter ajratish bezi va hokazolardan iborat. Shu bilan birga mazkur mashina yana ajabtovur kashfiyot ishlab chiqarish, ya’ni nasl qoldirish qobiliyatiga ham ega.
UShBU MAShINANING SAMARALI IShLAShIGA IMKON BERING
Hali sog‘lom ekansiz, o‘z tanangiz qanday qilib g‘amxo‘rlik qilish kerak bo‘ladi? (Tanaga g‘amxo‘rlik deganda, o‘zini ayashni emas, balki muayyan ehtiyotkorlik, hayotning zamonabop talablarini bajarishga qaratilgan holatlarni nazarda tutaman).
Ko‘pchilik odamlarning omadi chopgan - ular sog‘lom dunyoga kelishgan. Ammo ular ushbu qimmatbaho boylikni o‘z-o‘zidan yuzaga kelgan deb hisoblashadi. Tabiat hamisha beparvolikni kechirib kelgan. Har qanday avtomobilni ham unga nisbatan ehtiyotsizlik bilan qilingan munosabat ishdan chiqarishi mumkin. O‘z vujudingiz, tanangiz bilan ham aynan shu holat ro‘y bermog‘i ehtimoldan xoli emas.
Ammo inson baribir o‘z organizmining qanday vazifalarni ado etishini bilmasdan turib, unga o‘z vaqtida g‘amxo‘rlik ko‘rsata olmaydi.
Aksariyat kishilar inson tanasida ro‘y berayotgan jismoniy jarayonlar to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurga ega. Bu kitobdan siz quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin:
Organizm qanday ishlaydi?
Turli psixik va hissiy omillar unga qay tarzda ta’sir etadi?
Organizm to‘liq kuch bilan ishlashi uchun nimalar qilish kerak?
YuRAK XURUJLARINING SABABLARI XUSUSIDA
Ko‘pchilikning fikricha, bugun shitob bilan yashashga urinish istagi yurak xurujini keltirib chiqaradi. Zo‘riqish, asabiylashish kabi gap-so‘zlar esa mazkur xastalikni keltirib chiqaruvchi oqibatlarni oshirishni xaspo‘shlash uchun keltiriladi, xolos.
Aslida esa yurak xurujlari qon so‘ruvchi tomirlarning torayib qolishi tufayli ro‘y beradi. Bu kasallik sezilmasdan etiladi: qon tomirlari devorlarida cho‘kindi va «zang» yopishib turib qoladi, siz uni payqab qolganingizda esa vaqt o‘tgan bo‘ladi.
Tomirlar qanday holatda bo‘lganini qay tarzda bilish mumkin, deb juda ko‘p savol berishadi. Tananing ba’zi qismlarida, masalan, oyoqlardagi naylarda qon yurishi-pasayi-shi, bu esa og‘riqlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aslida esa yurakda asab tugallanmalari yo‘q, shu sababli ular bu borada signal bera olmaydi.
Aynan shuning uchun oldiga nima qo‘yilsa, paydar-pay paqqos tushiradigan mijozi zaif tabiatli ayrim kishilar o‘z sog‘lig‘idan bexabar holda yoki salomatliklari uchun g‘amxo‘rlik qilishni esdan chiqarib, men juda dadilman, deb aytaveradi. Yurak xuruji ro‘y berganidan so‘ng ular buning asl sababini o‘zlarining zaifliklarida deb bilisharmikan? Aslo! Hammasiga tig‘iz ish, zo‘riqish, asabiylik sabab emish.
Keling, zo‘riqib ishlash, ruhiy zarba, asabiylashish nimalardan iborat ekanligini birma-bir ko‘rib chiqaylik. Eng qadimgi davrdan boshlab hozirgacha inson turli vaziyatlarning dahshatli zulmi ostida yashab keladi. Bir narsa aniq: hayotning o‘zi butunlay asabiylikdan iborat. Yashash — butun yigirma to‘rt soatda har tomondan turli-tuman bosimlarni his etib, boshdan kechirish, demakdir. Biz bilgan inson hech qachon xotirjam, tinch yashamaydi.
AVLOD-AJDODLARIMIZ HAYoTIDA VAHIMA, HAYaJON
Bizning ajdodlarimiz shunchalik zo‘riqish vaziyatida yashashganki, biz hozir o‘sha sharoitga mutlaqo chiday olmagan bo‘lardik. Ibtidoiy odam har lahzada uni o‘ldirish yoki tilka-pora qilib emoqchi bo‘lgan vahshiy yovvoyi hayvonlar emishiga aylanishi mumkin edi. Uning ortidan o‘ziga o‘xshagan og‘aynilari ham ta’qib etardi. Qabilalar, hatto oila-lar o‘rtasida qam doimiy dushmanlik mavjud edi. Shamol, yomg‘ir, qor - bularning bari dahshatli qo‘rquv va zo‘riqishni yuzaga keltirardi... Inson hamisha o‘ziga yopirilib kela-digan tabiatning buyuk kuchlari — er yorilishi, zilzila, suv bosishi, dovul, epidemiya, ocharchilik balosidan qutilish uchun shay turar edi. Shunday ekan, ruhiy zarba, zo‘riqish inson uchun yangilik emas.
Men ishonaman, inson o‘ziga yopirilgan eng og‘ir sinovga chidaydi, buning uchun jonli aql hamda sog‘lom vujud bo‘lsa kifoya. Ana shuning o‘zi tabiiy tanlanish bo‘la oladi.
Yurak xastaliklari hozirgi zamon kishisiga hamroxlik qiluvchi asabiylik va zo‘riqishlarning doimiy yo‘ldoshi emas, albatta. Bizning ajdodlarimiz ana shu jihatdan yanada og‘irroq sharoitlarda umrguzonlik qilishgan. Ularning chidamli ekanligiga sabab esa ochiqko‘ngillilik, tabiiy oziq-ovqat hamda yuksak darajadagi jismoniy faollik hisoblanadi.
YaShASh UChUN KURASh SIRLARI
Ammo qadimul ayyomda qanday bo‘lsa, hozir ham aynan shunday bo‘lmog‘i kerak. Kuchli, mustaqkam tanaga ega bo‘lsangiz, xar qanday hayotiy mashaqqatlarga qarama-qarshi tura olasiz. Salomatlik, kuch-quvvat, sabr-toqat hayotiy kuch zaxirasiga egalik hamda quvvat - mana shular turli asabiylik hamda hayotdagi noxushliklarga qarshi sizning qurolingiz bo‘la oladi.
Dalillarga murojaat qilaylik. Axir ayni paytda biz shafqatsiz, jinoyatkorona, qo‘pol va his-tuyg‘ulardan mahrum dunyoda yashab turibmiz-ku! Zaif, notavonlar uchun azob-uqubat-ku!
O‘z-o‘zini ehtiyot qilish hayotning birinchi qonuni. Mening kitobim aynan ana shu haqda. Siz, Er yuzida yashov-chilar...Siz dadil va sog‘lom bo‘lishingiz,toki me’yordagi hayot quvonchini ta’minlash uchun kurash olib borishingiz kerak.
Xoh boy, xoh kambag‘al bo‘ling, salomatligingizni tabiiy ozuqa bilan ta’minlab. jismoniy faollikni yarating.
SOG‘LIG‘INGIZNI ASLO BOYLIKKA ALMAShTIRMANG
Dunyoda shunday nodon odamlar ham borki, ular 15-20 yillar davomida o‘tirib olib «pul topish»ga mukkasidan berilib ketishadi. Shundan so‘ng yuragi xurujiga uchrasa yoki biror xastalikka duchor bo‘lsa, shunday deydi: «Men nihoyatda berilib, kuchim boricha ter to‘kdim, barcha kasalliklarim asabiylik, zo‘riqish tufayli».
Safsata! Agar bu odamlar o‘z organizmiga etarli darajada z’tibor berishganida, pul ham topgan, o‘zlarining sog‘lig‘ini mustahkamlab, quvongan ham bo‘lishar edi.
Biz badavlat kishilarning bir necha bor: «Men o‘z sog‘lig‘im uchun barcha boyligimni bergan bo‘lardim», deganini eshitganmiz. Ammo ular biroz kallani ishlatib, sog‘lom fikr yuritishganida, unisiga ham, bunisiga ham egalik qilgan bo‘lishardi. Buning uchun ulardan bor-yo‘g‘i jasadning tuzilishi to‘g‘risida oddiygina bilim-u, sog‘lom fikr talab qilinadi, xolos. Inson organizmning asosiy vazifalarini bilishi va turli suiiste’molliklardan o‘zini nari tutishi kerak.
Aksariyat odamlar amal, martaba ilinjida yillab vaqt sarflashsa-da, ammo o‘z tanasini mukammal holga keltirish uchun nimalar kilish va qilmaslik kerakligini bilishga besh daqiqa ham vaqt ajratishni xohlashmaydi. Salomatlik uzoq va farovon hayotning asosi hisoblanadi.
SALOMATLIKNI QANDAY TIKLASh KERAK?
Inson organizmi mashinada bo‘lmagan bitta imkoniyatga ega, u ham tiklanish qobiliyatidir.
E. Kreyl
Ha, inson organizmining eng ajoyib xususiyatlarida biri, bu— tiklanish xususiyatidir. Agar siz, masalan, bir joyingizni kesib olsangiz, u holda yangi to‘qima jarohat olgan, zaxa egan joyni egallab, jarohat bitib ketadi. Deylik, suyak singuday bo‘lsa, u oldingisidan yanada mustahkam bo‘lib o‘sadi. Har qanday jarohat tezlik bilan bitib tuzaladi, buning uchun ozgina g‘amxo‘rligingiz kifoya.
Sizning yillar davomida noto‘g‘ri turmush tarzi kechirib, organizmga etkazgan zararingiz ochiqdan-ochiq ma’lumdir. Shu bilan birga organizmga uzoq vaqt davomida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lib, bunda vaqt va xatti- harakatni ayamasangiz, u etarli darajada yaxshi tiklanadi.
Ammo bunda mo‘’jiza kutmay qo‘ya qoling. Organizmni xarob qilish uchun ko‘p vaqt talab etilgan edi, endi esa uni tiklashga ham ancha vaqt kerak bo‘ladi.
XASTALIKNI DAVOLAShDAN KO‘RA UNDAN ERTA XABARDOR BO‘LGAN AFZAL
Tabiiy mahsulotlarni tanovul qilish va jismoniy faollik tamoyiliga amal qilib yashash tufayli biz salomatlik hamda uzoq umr kechirish yo‘liga tushib olamiz. Ko‘pgina kishilar xastalik haqida ogohlantirish o‘rniga hech narsa qilmay, qo‘l qovushtirib o‘tiradilar. Tabiiy hayot kechirish dasturida men sizga ogohlantiruvchi tizimni ko‘rsatib beraman, u salomatlikni saqlash uchun nihoyatda kerak. Siz, ehtimol, navqiron, sog‘lom yurak bordir har kanday yoshda!
Siz bugundan boshlab yurak faoliyatini me’yorida tiklash bilan ish boshlab qo‘ymasdan o‘z tanangizni takomilga etkazishga qo‘l urasiz.
Biz quvvatning katta qismini o‘zimiz tanovul qiladigan oziq-ovqatdan olamiz, unda quyosh energiyasi zaxirasi mavjud. Shuning uchun salomatlikka daxldor ozuqa sog‘liq-ni mustahkamlashda eng muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Diqqat qilishimiz zarur bo‘lgan ikkinchi omil tananing keng yoyilgan qon aylanish tizimidagi qon tsirkulyatsiyasi hisoblanadi. Qonning yaxshi aylanishi doimiy ravishda jismoniy faollikni ta’minlaydi.
Natijalar ushbu ishga sizning qanchalik harakat sarflashingizga bog‘liq bo‘ladi. Jasaddagi har qanday asabiylikka dosh beruvchi sog‘lom yurak, bu- sohadagi mukofotdnr. Hayotda uchraydigan har kanday eng noxush hodisani ham siz tabassum bilan qarshi olasiz.
YuRAK XURUJI BIRINChI DARAJALI QOTILDIR
Yurak xastaligi hamda qon-tomir tizimi kasalligi AQShda har yili bir millionga yaqin kishining yostig‘ini quritadi. Bu barcha kasalliklardan halok bo‘lganlar sonidan ham ko‘proq. Shu bilan birga ular salomatlikni barbod etuvchi asosiy omillardir. Amerikada barcha yoshdagi 22 milliondan oshiq kishi yurak va qon-tomir xastaliklaridan aziyat chekadi. Kimki bir marta yurak xurujini o‘tkazgan bo‘lsa, boshqasini kutib, doimiy vahima ichida yashaydi. Aytish mumkinki,ko‘pgina amerikalik erkaklar(bugungi kunda 92 million kishi) agar ogohlantiruvchi choralar tizimi asosida yashashni boshlamasa, yurak xastaliklari oqibatida dunyodan ko‘z yumadilar.
Amerikadagi yurak kasalliklari uyushmasi taqdim etgan klinik tadqiqot natijalariga qaraganda, har bir odam to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik tufayli sog‘lom yurakka ega bo‘lishi mumkin. Baxtga qarshi, bu ma’lumotlar matbuotda tegishlicha yoritilib, qiziqish uyg‘otmadi. Faqat shov-shuvli va arzimas yangiliklarga juda katta sarlavhalar beriladi.
SOG‘LIQ, BU—SIZNING BOYLIGINGIZ
Salomatlik ozodlik va tinchlik misoli uni saqlashga harakat qilingan ondan boshlab mavjud bo‘ladi, bularning bari esa butunlay sizga bog‘liqdir. Siz yo sog‘liq hamda hayotiy kuch-quvvatdan bahramand bo‘lasiz, yoki xarob bo‘lgan sog‘liq bilan yashayverasiz, bu holat hayot kechirish darajasi nihoyat yuqori mamlakatlar uchun xosdir. Mazkur mamla-katlarda asosiy qotillar yurak tomirlari xastaliklari hisoblanadi. Hayot kechirish darajasining yuqoriligi har doim ham sog‘lom turmush tarzi bo‘lavermaydi.
Men, agar odamlar to‘g‘ri ovqatlanib, doimo mashq qilib turishsa, yurak kasalliklari epidemiyasi aslo ro‘y bermaydi, deb hisoblayman. Ular shuni tushunishlari kerakki, barcha quvvat-kuch o‘zlarining qo‘lida bo‘lib, har qanday xastalikdan himoyalana oladilar.
Aksariyat odamlar jismoniy sog‘lom bo‘lish mislsiz kuch yog‘ilishi hamda charchash his-tuyg‘usini hech qachon sezmaslikdan iborat ekanligini mutlaqo bilishmaydi. Ular eng buyuk boylik hisoblanmish salomatlikka ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy beradilar.
Bregg Pol Yurak.- T., 2010
Ovoz berish: