Shifo.uz Hayot darsi Buni bilgan foyda

Buni bilgan foyda

Buni bilgan foyda

O’zingizni erkin tuting. Bu obro’ni oshiradi, nutqni ilhomlantiradi, ishga jon baxsh etadi. O’zini erkin tutgan inson hamma joyda osonlik va epchillik bilan atrofdagilardan o’zib ketadi. Ehtiyotkorlik va mahorat bilan erisholmagan maqsadga o’zingizni erkin tutishingiz va fikrlaringizdagi erkinlik bilan erishish mumkin. U jasorat, aql va donishmandlik belgisidir.

Ruhiyatingizni yuksaltiring. Ruhiy sog’lomlik va bardamlik aql va irodaning kuchiga tayanish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Bu donishmandlarga hos amal. Bunda fikrlar parvozi, yurakning kengligi, fel atvorning oliyjanobligi, siymoning salobati , go’zal taqdir chegarasiz imkoniyatlar mujassam. U muruvvat oliyhimmatlik va qahramonlik e’tirofidir.

Hech qachon nolimang va hech kimga hech narsani tushintirmang. Shikoyat qilish doim zarar keltiradi. U yozuv tuyg’ularni gij-gijlash, hafalik va dilozorlikni qo’zg’atish uchun xizmat qiladi. Yordam yoki taskin umidida qilingan ichiqoralik nafrat tug’diradi. Hayotda ma’lum toifadagi odamlari uchratasizki, ular doim nolish va diqqatbozlikdan huzur oladiganga o’xshaydilar. Ular o’z odatlaridan ayrilib qolishdan qo’rqib, baxtsizlik izlashga ham tayyorday taasurot uyg’otadi. 

9 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5