Shifo.uz Bekajon Butun dunyodagi sochlar parvarishining 10 siri

Butun dunyodagi sochlar parvarishining 10 siri

Butun dunyodagi sochlar parvarishining 10 siri

1. Kolumbiya: Sochlaringiz ipakdek mayin bo’lishi uchun 2 dona tuxum oqi va mango mevasi suvini aralashtirib boshga 15 daqiqa davomida niqob qilinadi, keyin iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

2. Braziliya: Agarda sochlaringiz mayin va maftunkor bo’lishini istasangiz, kakao yog’idan tayyorlangan niqobni o'zingizda sinab ko’ring. Boshimizga niqobni kiyganimizdan keyin 30 daqiqa kutamiz, keyin kakos suvi bilan yuvib tashlaymiz.

3. Argentina: Sochlarini chigalligini bartarash qilish uchun, o’zlarining sevimli shampunlariga bir necha tomchi aloe sokidan qo’shadilar.

4. Gayana: Sochlarning yaltirashini ta’minlash uchun, aholi omega-3 foydali yog’ manbaiga ega bo’lgan sardina baliqlaridan iste’mol qiladilar.

5. Meksika: Sochlarni quritishda, fen o’rniga oddiy puxli sochiqdan foydalanadilar. U tezda namlikni shimadi va shochlaringizni shikastlamaydi.

6. Yamayka: Sochlarni jonlantirish uchun kaktus soki(sharbat)dan foydalanadilar, uni soch terisiga suradilar, ma’lum vaqtdan so’ng iliq suv bilan yuvib tashlaydilar.

7. Kanada. Agarda sochingiz yorqinligini qaytarmoqchi bo’lsangiz, odatdagi dush qabulidan so’ng sovuq suvda bir necha soniya yuvib turing:)

8. Shotlandiya: Sochlarni yorqin rangini saqlash uchun, shampunni moychechak choyiga almashtirishadi.

9. Fransiya: Uyquga yotishdan avval sochlarni jonlantiruvchi niqob kiyishadi, bosh terisiga esa shi daraxti yog’idan surishadi.

10. Italiya: Sochlarni sog’lom va jozibakor bo’lishi uchun zaytun yog’idan foydalanishar ekan. Shunchaki sochlarni ildiziga zaytun yog’ini surtishadi, keyin sochlarni uchigacha taroq yordamida tarqatiladi. Ma’lum vaqtdan keyin shampun bilan boshni yuvib tashlanadi.

Manba: Gippokratlechit.com

 

2 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5