- Maqolalar
Depressiya nima?
«Erkaklarda depressiyaning belgilari:
1. Asabiy bo‘lib qolish;
2. Biron bir qarorni qabul qilishda o‘ziga bo‘lgan ishonchning
yo‘qolishi;
3. Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish;
4. «O‘z-o‘zidan yonib ketish» sindromi;
5. «To‘satdan atrofdagilarga tashlanish» sindromi;
6. Sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanish va h.k.»
«Depressiya nima? Depressiya holati qachon kuzatiladi? Depressiyani davolash mumkinmi?
Depressiya-bu inson his-tuyg‘ularining ma’lum vaqtda izdan chiqishi va normal hayot tarzining buzilishiga aytiladi.
Depressiya ruhiy zarba yoki bo‘lib o‘tgan noxush voqealar ta’sirida rivojlanishi mumkin (masalan: yaqin odamining o‘limi, ishdan to‘satdan chetlanish vah.k.).
Ba’zan esa depressiya holati hech qanday sababsiz ham kelib chiqadi.
Depressiyaning
belgilari:
1. Qo‘zg‘aluvchanlik;
2. Uyqusizlik, kechalari uyg‘onib ketish yoki tong otmasdan
uyquning o‘chib ketishi;
3. Ishga yoki oilaga, umuman normal hayot tarziga bo‘lgan
qiziqishning yo‘qolishi;
4. Maqsadsiz yo‘nalish;
5. Bo‘lib o‘tgan noxush hodisalarda o‘zini aybdor sezish;
6. Doimiy charchoqhissi;
7. Vaznning yo‘qolishi yoki aksincha vaznning ortishi;
8. Bosh og‘riqlar, yurak sohasidagi og‘riqlar, belning og‘rishi;
9. O‘z-o‘zini o‘ldirishga harakat qilish yoki suiqasd qilish;
Depressiya asosan fe’l-atvori bo‘shang odamlarda kelib
chiqadi. Kuzatuvlarga qaraganda, depressiya holatida yaxshi kayfiyat gormoni serotonin kam ishlab chiqariladi. Ayollar yig‘lab dardlarni engillatishadi. Biroq erkaklar barcha muammolarni ichga yutishadi. Natijada erkaklarda depressiya holati ko‘proq uchraydi.
Depressiyaning
erkaklarda uchrashi
Erkaklarda depressiya holatini aniqlash bir oz qiyinchilik tug‘diradi. Chunki ko‘pchilik erkaklar o‘z muammolarini spirtli ichimliklar qabul qilish yo‘li bilan bartaraf etishga harakat qilishadi. Ba’zilar esa ishga boshdan oyoq sho‘ng‘ish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, ko‘ngilochar o‘yinlarga berilish yo‘li bilan dardlarini unutishga harakat qiladilar.
Erkaklarda depressiyaning belgilari:
1. Asabiy bo‘lib qolish;
2. Biron bir qarorni qabul qilishda o‘ziga bo‘lgan ishonchning
yo‘qolishi;
3. Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish;
4. «O‘z-o‘zidan yonib ketish» sindromi;
5. «To‘satdan atrofdagilarga tashlanish» sindromi;
6. Sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanish va h.k.
Depressiya simtomlari nafaqat ishda, balki shaxsiy
munosabatlarda ham yarq etib ko‘zga tashlanadi.
Davolash: depressiyani davolashda antidepressantlar qo‘llaniladi. Barcha ruhiy buzilishlar orasida depressiya davolanishga juda tez beriladi. Davolash samarasi juda tez kelib chiqadi. O‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yilishi, maqsadli
"Bekajon" xaftanomasi
7 ta ovozOvoz berish: