- Maqolalar
Do'lana haqida
Do'lana mevalarining tarkibida 20 % qand , 8 % yog' , flavonoidlar (giperozid ,kversetin , viteksin ) , fitosterinlar , xolin , asetilxolin , oshlovchi moddalar , karotin , vitamin C , organik kislotalar , krategin moddalari mavjud . O'zbekiston sharoitida o'sadigan do'lanalarning ba`zi turlarida vitamin B1 , B2 , PP , C , E borligi aniqlangan . O'simlik gullarida yuqorida qayd qilingan moddalardan tashqari , 0,16 % ga yaqin efir moylari bor . Xalq medetsinasidan do'lanadan kishi toliqqanda , aqliy xorg'inlikda , uyqusizlikda , yurak atrofida og'riq paydo bo'lganida davo sifatida foydalanilgan . Abu Ali Ibn Sino do'lana mevasini ich ketishini to'xtatuvchi vosita sifatida tavsiya etgan . Do'lananing shifobaxsh xususiyatlaridan hozirgi zamon medetsinasida ham keng foydalaniladi . Do'lananing spirtli nastoykasi va ekstraktini vrachlar angionevroz (qon tomirlarining nevrozi , qon tomirlarining funksional kasalligi ), yurak faoliyatining buzilishi , qon bosimining ortishi , yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar yuragining quvvatsizlanishi , tanglay murtaklarini yallig'lanishi kabi kasallillar bilan og'rigan bemorlarga ichishni tavsiya qiladilar . Do'lana kardiovalen preparati tarkibiga kiradi . Do'lana preparatlari yurak mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi , uning bezovtalanishi , qon tarkibidagi xolesterinni kamaytiradi . Keyingi vaqtlarda do'lana preparatlarini ateroskleroz (arteriya devorlarining zichlashuvi va elastikligining yo'qolib ketishi) kasalligiga davo bo'lishi haqida ma`umotlar bor (Jafarov,1965) . Shuningdek do'lana preparatlari sut bezlarining faoliyatini yaxshilaydi . (Guseynov ,1961). Do'lana mevalaridan dorivor tayyorlash uchun kuzda mevalari pishganda ular bandi ham yot aralashmalardan ajratiladi va quritiladi . Do'lananing gulto'plamlari o'simlik gullagan davrida yig'ib olinib,salqin , havo almashib turadigan joylarda quritiladi . Tabiatshunos olimlarimizning bergan ma`lumotlariga qaraganda , Toshkent viloyatining Bo'stonliq zonasida Burchmulla va Chirchiq o'rmonxo'jaligida 1214 gektar maydonda 326800 tupdan ortiq do'lana bor . Agar do'lana zaha qilinmay terilsa 30-40 kungacha saqlanishi mumkin . Do'lana mevasidan uy sharoitida qaynatma tayyorlash uchun 20 g do'lanaga yarim choynakcha (200 g) qaynoq suv solib yengil alanga ustidan 15 daqiqa qaynatiladi . Qaynatma sharbatini choy o'rnida ichilsa ham bo'ladi Do'lana mevasidan xonaki qiyom ham tayyorlanadi . Buning uchun 25 g do'lana mevasi 200 g qaynoq suv bilan qaynatilib quyiltiriladi . Qiyomsimon moddadan kuniga 3 mahal ovqatdan so'ng 40 tomchidan ichiladi . Do'lana gullaridan qaynatma (otvar) tayyorlanishi mumkin : buning uchun 2 osh qoshiq quritilgan do'lana guli ustiga bir stakan miqdorda qaynoq suv solib , yengil alanga ustida 10 daqiqa qaynatiladi . Qaynatma sovutilgach , dokada suzilib , osh qoshiqda kuniga uch mahal ichiladi .
10 ta ovozOvoz berish: