Shifo.uz Maqolalar Eng yomon ta'sir qiluvchi 7 mahsulot

Eng yomon ta'sir qiluvchi 7 mahsulot

Eng yomon ta'sir qiluvchi 7 mahsulot

Ko'z yumushdan oldin yeyilgan ovqat nafaqat ortiqcha yog'larning yig'ilishiga va uxlashda bezofta qiladi, balki  tomoq hamda qizilo'ngach yo'llariga salbiy ta'sir o'tkazadi.

Shak shubhasiz, kechki ovqatdan so'ng siz oshqozonda ishlab chiqariladigan hazm qilish shirasining ko'krak qafasiga kelib qizdirishidan habaringiz bor. Undan tashqari ya'na "sokin reflyuks" degan tushuncha ham bor. U mutlaqo jig'ildon qaynashidan farq qiladi. U tashqi alomatlarsiz salbiy oqibatlarga olib keladi. Jumladan dispensiya (hazm bo'lmasligi)bilan bir qatorda, siz angina bilan og'rishingiz, doimiy yo'tal va yutunishda qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Shuning uchun doktorlar yotishdan 3 soat oldin ovqatlanishni maslahat berishadi. Hatto shunday qilsangiz ham quyudagi 7 mahsulotni yotarda yeyish umuman man etiladi, bular sog'liq uchun o'ta zaralidir.

  1. Spirtli ichimlik: Bu qizilo'ngach va oshqozon o'rtasini bog'lab turuvchi klapanlarni bo'shashtiradi, va natijada sizning organizmingizning ovqatni ushlab turish qobiliyati sustlashadi.
  2. Yog'li mahsulotlar: Ularga muzqaymoq, pishiriqlar va gamburger, chizburger kabilar. Ular iste'mol qilishga qulay mahsulotlar bo'lsada, ular ham klapanlarni yengillashtiradi va bo'shashtiradi.
  3. Shokolad: Bu ham yuqori yo'g'li mahsulotlardan biri sanalib, uning tarkibida kofein va teobromin stimulyatori mavjud bo'lib, u uch marta zaralidir.
  4. Pishloq: U ham yuqori yog'li mahsulotlardan biri. Agar siz ko'ngilchanlik qilsangiz u holda ozroq  Parmezan yoki Shvetsariya pishloqlaridan tanavvul qilishingiz mumkin, ularning ta'siri juda ham kam. Ammo bu kabi pishloqlarning topish o'zi bir muammo.
  5. Yong'oq: Agarda uni iste'mol qilsaningizdan so'ng o'zingizda qizish sezsangiz, bunda iste'mol qilmaganingiz maqul. To'g'ri yongo'qlar bu sog'liq uchun foydali mahsulot sanaladi, chunki unda ko'p energiya mavjud, shu sababdan agar energiyani sarflay olmasangiz, yotarda iste'mol qilishdan qoching!
  6. Sitrus mevalar: Bu ham juda kislotali mahsulotlar sirasiga kiradi. Bir stakan apelsin yoki yashil olmaning sharbati bu sizning eng yomon variantingiz. Lekin qizil olmani iste'mol qilishingiz mumkin.
  7. Kofe: U nafaqat kislotali mahsulot, balki kofein ham qo'shimcha oshqozon kislotasini ishlab chiqaradi. Agar siz kofeinsiz kofe ichmoqchi bo'lsangiz, bu so'g'liq uchun ancha yengil hisoblanadi.

Doktorlar tunda juda kam kislotali mahsulotlarni iste'mol qilishni maslahat beradi, jumladan banan, gradusi juda ham oz bo'lgan jom yoki sevimli romashkali choyimizni. Bu kabi mahsulotlar sizni to'ydiradi va oshqozoningizga yengillik qiladi.

To'g'ri ovqatlanish ham so'g'lom turmush tarzining bir bo'lagidir.

Manba: Healthdigezt.com

2 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5