Shifo.uz Maqolalar Foydali ovqatlanishning 8 qoidasi

Foydali ovqatlanishning 8 qoidasi

Foydali ovqatlanishning 8 qoidasi

“Ovqatingni tezroq e, kechikyapmiz!” gapidan, hatto eng mukammal ona ham qocha olmaydi. Shuningdek, “Ovqatingni oxirigacha eb qo‘y” gapi ham barcha onalarga ma’lum.

Biz qanday ovqatlanishimiz haqida gap ketganda “madaniyatli ovqatlanish” gapini kamdan-kam ishlatamiz. Axir, avvallari chiroyli bezatilgan dasturxon degan tushunchaning o‘zi bo‘lmagan. Turli xil qo‘shimchalar solingan ovqatlar odatiy holga aylanib qolgan. Ovqat tsivilizatsiyasining zararli turlaridan qochish uchun bolalarni to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish zarur. Garvard universiteti olimlari 6 yoshdan keyin bolalarni noto‘g‘ri yoki me’yorsiz ovqatlanish odatini qoldirishning imklni yo‘qligini ta’kidlashadi. Ya’ni, ota-onalar farzandlarni foydali ovqatlanishga o‘rgatishlari etmagandek, buni maktabga chiqqungacha o‘rgatib olishlari kerak ekan. Shuning uchun to‘g‘ri echim toping va bolalarga “zararli mahsulotlar” safidan o‘rin egallagan mahsulotlar ista’molini kamdan-kam hollarda ruhsat bering.

1. Ovqatini oxirigacha eb qo‘yishini zo‘rlamang
Boladan hech qachon likopchasidagi ovqatni oxirigacha eb qo‘yishi talab qilmang. Bu – uning irodasiga qarshi borishdir. Bola ruhiy qiynalishi va oshqoniga og‘ir botishi mumkin.

2. Bolaga yurgan joyida narsa eyishini taqiqlab qo‘ying
Har bir taomning o‘z tartibi bo‘lishi lozim: bezatilgan dasturxon, chiroyli idishlar va bola o‘z vaqtida eb ulgurishi uchun etarlicha vaqt kerak.

3. Farzandingiz kimyoviy qo‘shimchi mahsulotlarni kamroq eyishiga e’tibor qarating
Umuman ma’n qilmasangio‘da, konfet, xo‘rozqand, jvachka va boshqa kimyoviy qo‘shimchali shirinliklar iste’molini kamaytirishiga harakat qiling. Keyinchalik bolangiz ushbu odatlarga o‘rganib qoladi va uning talablari maktab yoshiga etganda bilinadi. Bundan tashqari, u yoshligidan meva hamda sabzavotlarni eyishga odatlanib, ularni yaxshi ko‘rib qolsa, sog‘lom ovqatlanish tarziga o‘rgatgan bo‘lasiz. Shirinliklar o‘rnida esa mevali marmeladlar va tabiiy shokoladni issiq choy bilan ichiring.

4. Zararli yog‘lardan saqlang
Bolalarni kolbasa, sosiska, fastfud kabi mahsulotlar bilan boqmang. Margarin va boshqa turdagi uzoq vaqt saqlanuvchi sun’iy sintezlangan yog‘lar oksidlanmaydi. Do‘konlarda sotiluvchi kimyoviy maza berilgan chips (qovurilgan kartoshka), suxariklar ham shular qatorida.

5. Gazlangan suvdan voz keching
Bolangizni tabiiy sharbatlar, kompot va qaynatilgan suv ichishiga o‘rgating. Shunda siz uni gazlangan kimyoviy suvdan chetlatasiz.

6. Taomdan mukofot yoki jazo o‘rnida foydalanmang
O‘zingni yaxshi tutsang, senga konfet olib beraman so‘zlari ostida kelajakda bolangiz asabiy anoreksiya yoki bulimiya bilan hastalanishi kabi ildiz yashirindir. Taom bilan jazolash ham: “Ovqatingni emasang, muzqaymoq ham yo‘q” – bu ham yuqoridagi sababga ko‘ra noto‘g‘ri chora.

7. Ovqatni edirish uchun tuz yoki shakar qo‘shib bermang
Mahsulot tarkibida me’yordan ko‘p tuz yoki shakar jiddiy hastaliklarga olib kelishi mumkin. Boshidagi 10 oy davomida bolalar uchun bir sutkalin me’yor 0,2 grammni tashkil qiladi, 10-12 oylik bolalar uchun esa – sutkasiga 0,35 gramm. Bu yoshda bolalar tuzni qo‘shimcha ovqatdan (sabzavot, go‘sht va donli mahsulotlar) olishadi. Bir yoshdan keyin bolalarning tuzga bo‘lgan ehtiyoji sutkasiga 0,5 grammni tashkil qiladi. Vaqti bilan bu ko‘rsatgich sutkasiga 4-5 grammgacha (kattalar uchun me’yor) o‘sadi.

8. Hamjihatlikni saqlang
Oila a’zolaringiz bilan birdamlikni saqlang va oiladagi boshqalarni ham ushbu “oltin qoida” ga o‘rgating. Shundagina farzandingiz madaniy shakllanib, yoshligidan to‘g‘ri ovqatlanish odoblariga rioya qilishni o‘rganadi.

Manba: Fikr.uz

1 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5