Shifo.uz Xalq Tabobati Foydasi behisob meva

Foydasi behisob meva

Foydasi behisob meva

O‘rik mevasini xoh xo‘l, xoh quritilgan meva tarzida doimiy iste'mol qiladigan odamning umumiy holati doimo a'lo darajada bo‘lar ekan. Ayniqsa yurak qon tomir kasalliklari, oshqozon-ichak va ortiqcha vazn bilan xastalangan bemorlar uchun o‘rik juda foydalidir.

Ushbu meva homilador ayollar va bolalarga foydasi xususida dietologlar allaqachon bir fikrga kelishgan. U organizmdagi modda almashinuvi, hazm qilish hamda ko‘p miqdorda temir moddasi mavjudligi uchun qon tizimiga ham foydali ta'sir ko‘rsatadi.

Organizmning karotinga bo‘lgan bir sutkalik talabi o‘rik sharbatining 150 grami bilan qondirilar ekan. 150 gramm o‘rik sharbatining foydasi 250 gramm jigar yegan bilan barobar bo‘larkan. Shuningdek o‘rik anemiyaning istalgan turida foydali hisoblanib, uni davolar ham ekan.

O‘rik mevasi gipo va avitaminozda ham yordam beradi. Og‘ir metall quyumlari bilan zaharlanganda, onkologik kasallar salomatligini bir maromda ushlab turishda ham o‘rikka teng keladigani yo‘q. O‘rik organizmning har xil kasalliklarga qarshiligini ham kuchaytiradi, shuningdek yaroqsiz holga kelgan organ faoliyatlarini tuzatadi. Agar ortiqcha vazndan qiynalayotgan bo‘lsangiz dietangiz menusiga albatta o‘rik mevasini kiriting.

O‘rik mevasida miya faoliyatini yaxshilovchi arteriya qon bosimini maromda ushlab turuvchi magniy va fosfor mavjud.

Ammo uning foydali xususiyatlaridan tashqari uni ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud. O‘rik mevasi qandli diabetda, gipoterioz hamda gepatit kasalliklarida qat’iyan man etiladi.


Manba: darakchi.uz

3 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5