- Bolalar Salomatligi
FOYDASIDAN KO‘RA ZARARI KO‘PMI?
Sizni kompьyuter mavzusi qiziqtiradimi? Kompьyuter oldida ko‘p vaqt o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, albatta uning sog‘¬liqqa ta’sirini bilib qo‘ysangiz, foydadan holi bo‘lmas.
Demak, biz kompьyuterdan uzoq muddat foydalangan insonga uning ta’siri, zararini kamaytirish yo‘llari hamda salomatlikni saqlash uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz lozimligi to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.
Kompьyuterdan foydalanuvchi insonlar salomatligiga ta’sir etuvchi zararli omillar:
uzoq muddat o‘tirib ishlash jarayoni;
monitordagi elektromagnit nurlanishlar ta’siri;
ko‘ruv organlariga tushadigan yuklamalar, ya’ni ko‘z toliqishi;
qo‘l-kaft bo‘g‘imlariga tushadigan yuklama;
axborotlar yo‘qolib qolish paytidagi stress holatlar.
Kompьyuterda uzoq muddat o‘tirib ishlash, ya’ni kamharakatlilik – gipodinamiya deyiladi. E’tibor bersangiz, kompьyuter oldida o‘tirgan insonda bo‘yin, bosh, qo‘l va elka mushaklari tarang holda bo‘lishi oqibatida umurtqa pog‘onasiga xam ortiqcha yuklama tushadi. Ba’zida umurtqa pog‘onasi charchashi tufayli bolalar stol¬ ustiga yotgan holda undan foydalanadilar. Buning oqibatida kattalarda osteoxondroz, bolalarda esa skolioz kasalligi paydo bo‘ladi.
Shuningdek, ko‘p o‘tirish davomida stul bilan tana o‘rtasida o‘ziga xos "issiq kompress" hayoti yuzaga kelib, u o‘z navbatida prostata bezlari yallig‘lanishi, prostatit, gemorroy kasalliklarini yuzaga keltiradi. Kam-harakatlik o‘z navbatida moddalar almashinuvi buzilishi xamda "semirish" kasalligiga ham zamin yaratadi.
Elektromagnit nurlanishlar
Kompьyuter va boshqa elektr asboblari o‘zidan elektromagnit nurlarini tarqatuvchi manba hisoblanadi. Ulardan chiqayotgan elektrostatik nurlar hamda mayda chang zarralari terining ochiq joylariga tushishi oqibatida turli xildagi allergik kasalliklar kelib chiqadi. Hatto, sochlar to‘kilishi, teri qurishi ham kuzatiladi.
Bu holatlarning oldini olish uchun quyidagilarga ahamiyat bering: kompьyuter bor xonalarda ventilyatsiya tizimi yaxshi yo‘lga qo‘¬yilsa, maqsadga muvofiqdir. Xonani tez-tez shamollatib turing. 1 ta monitor uchun maydon sat¬hi 9-10 m2 bo‘lishi lozim. Xonaning nam¬lik holatini yaxshilash maqsadida maxsus havoni namlovchi moslamalardan foydalaning. Xonani tez-tez ho‘l doka bilan artib turing.
Ko‘rish organlariga ta’siri
Kompьyuter bilan ishlash davomida ko‘zimiz doimiy ravishda ekranda bo‘ladi. Monitor yorug‘lik manbai bo‘lib qolmay, balki muntazam ravishdagi jimirlash holatlari ko‘zni ta’sirlantiradi.
Ko‘zdagi qattiq og‘riqlar, ko‘z yoshlanishi, qorachiq va qovoqlar qizarishi, peshona sohasidagi og‘riqlar, tez charchash ho¬latlari "displey" kasalligi deb ataladi.
Ko‘z charchab qolmasligi uchun quyidagi talablarga rioya qiling:
monitor bilan ko‘z oralig‘idagi masofa 45 sm.dan kam bo‘lmasligi;
yorug‘lik monitor ekraniga tushib, yarqirab, ko‘rishga xalaqit bermasligi;
ekran sathini tez-tez artib turish;
ko‘zga dam berish uchun 10-15 daqiqalik tanaffus qilish.
Bu mashqlar ko‘z uchun juda muhim:
- 10 soniya ko‘zlaringizni yumib turing;
- 5-10 soniya ko‘zni ochib-yopish mash¬q¬lari;
- ko‘z soqqalarni aylantirish mashq¬lari;
- oynadan uzoq va yaqinga (oynaga qog‘oz yopishtirishingiz) qarash mash¬qlari ko‘zingiz dam olishiga imkon yaratadi.
Demak, ushbu ta’sirlardan yiroq bo‘lish hamda sog‘ligimizni asrash uchun kompьyuter yonida me’yor darajasida faoliyat olib borganimiz maqsadga muvofiqdir.
Azizbek NIZAMOV, Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti Toshkent shahar filiali mutaxassisi.
Manba: http://uzssgzt.uz
5 ta ovozOvoz berish: